Mavzu: Mis-Rux rudasini flotatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasini hisoblash


Download 0.72 Mb.
bet1/10
Sana15.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1201811
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kur ish 1


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI

“KONCHILIK ISHI” kafedrasiI


“FOYDALI QAZILMALARNI BOYITISH TEXNOLOGIYASI” fanidan

KURS ISHI


MAVZU: Mis-Rux rudasini flotatsiya usulida boyitishning texnologik sxemasini hisoblash.


BAJARDI:


GURUH:


QABUL QILDI: MUTALOVA M


Komissiya a’zolari:

OLMALIQ-2020




MUNDARIJA

Kirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .


I.Mis-rux rudasining qisqacha tasnifi . . . . . . . . . . .
I.II. Mis boyitmalarga qo’yiladigan talablar . . . . . . .
I.II.Misning asosiy minerallari . . . . . . . . . . . . . . . . . .
I I.Ruxning asosiy minerallari……………………. . .
III.Mis-rux rudalarni boyitish nazariyasi.....................
IV. Mis-rux rudalarni boyitish fabrikalari… . . . . . . . . . V.Maydalash va yanchish sxemasini tanlash
va hisoblash……………………. . . . . . . . . . . . . . . . .
VI. Flotatsion sxemasini tanlash va hisoblash . . . . . .
VII.Texnika xavfsizligi qoidalari……………………
VIII.Ekologiya……………………………………… .
Xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Foydalanilgan adabiyotlar..........................................


Kirish
“O’zbekiston Respublikasini mustaqilligi ya’ni 1991-yilning 1-sentabr shubhasiz, ozod va obod Vatanimiz, ona yurtimiz tarixida tub burilish davrini boshlab bergan, sana sifatida yodda qolishini ta’kidlash lozim. Zero, mustaqillikning O’zbekiston atalmish jannatmakon o’lkada istiqomat qilayotgan, uning buyuk kelajakini turli millat va elat vakillari turmushi, hayot tarzi, ongu shuuriga yetkazgan ijobiy ta’sirining chegarasi o’lchov mezonlari yo’qdir. Istiqlol yillarida mehnatkash va bag’ri keng o’zbek xalqi hech kimdan kam emasligini, kam bo’lmasligini dunyo ko’z o’ngida amalda isbotlab kelmoqda. O’zbekiston sobiq sho’rolar ittifoqi tarkibida hayot darajasi bo’yicha eng oxirgi o’rinlardan birini egallgan, iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlangan, qoloq agrar Respublikada bugungi kunda sanoati jadal sur’atlar bilan o’sib iqtisodiy qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan davlatga aylandi. Respublikada iqtisodiyoti katta mavqega ega bo’lgan korxonamizda istiqlol yillarida qator ishlab chiqarish o’byektlari qurib bitkazilib foydalanishga topshirildi, mavjudlari eng zamonaviy texnika bilan jixozlandi. 3 va 4-gidrometallurgiya, emulsion portlovchi moddalar zavodlari, Qizilqum fosforit majmuasi, ”Gujumsoy koni”, ”Sugrali”, ”Istiqlol”, ”Shimoliy konimex”, ”Ko’hnur”, ”Moylisoy” uran konlari shular jumlasidandir.
“Muruntov” konida rudani 270-metr balandlikda tashib beradigan, yillik unumdorligi 14-million tonnani tashkil etadigan tik-qiya konveyer majmuasi foydalanishga topshirildi.
Natijada konda 900-1000 metrchuqurlikda ham foydali qazilmalar qazib olish imkoniyati yaratildi.
Konchilik sanoatining rivojlanishi shonli O’zbekistonimizni iqtisodiy tomondan qay darajada rivojlantirayotganini ko’rishingiz mumkin”.
O‘zbekiston rangli metallar – mis, qo‘rg‘oshin, ruh, volfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning aniqlangan zaxiralariga ega.
Mis rudalari bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi, chunonchi, oltin, kumush, molibden, kadmiy, indiy, tellur, selen, reniy, kobalt, nikel, osmiy va boshqalar ham qazib olinadi.
Muhimi shundaki, ruda asosan ochiq usulda qazib olinadi.Bu esa konlarning rentabelli ishlashini ta’minlaydi.Ishlab turgan konlar mis va unga yo‘ldosh metallarni 40 – 50 yil, rux va qo‘rg‘oshinni 100 yildan ko‘proq vaqt qazib olishni ta’minlaydi.
Rangli metallar rudalarining zaxiralari asosan Olmaliq ruda maydonida joylashgan.Qalmoqqir koni noyob konlardan bo‘lib, u mis – molibden rudalarini qazib chiqarish bo‘yicha chet ellardan ancha ustun turadi. Bu konning rudasini Olmaliq kon – metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Kombinat O‘zbekistondagi eng yirik koxonalardan biridir.
Bundan tashqari, istiqbolli Dalnee mis koni topilgan. Uning mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurt zaxiralari katta.
Bu konda chet el sarmoyasi ishtirokida mis ishlab chiqaradigan va yo‘ldosh metallarni ajiratib oladigan ishlab chiqarishlar qurilishni amalga oshirish yangi boyitish fabrikasi qurishni talab qiladi. Bu
fabrikani ruda xomashyosi bilan taminlash ikki yuz yilga mo‘ljallangan.
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar bilan bir qatorda uran ham ishlab chiqariladi.Uning uchun yirik mineral – xom ashyo bazasi barpo etilagan. Aniqlangan uran zaxiralari 50 – 60 yil mobaynida qazib olishga etadi.
O‘zbekiston reniyning noyob zaxiralariga ega. U Olmaliq konlaridagi rudalari bilan bog‘liq.Molibden konsentratidagi reniyning miqdori jihatidan bu rudalar jahon amaliyotida tengsizdir. Sanoatda reniydan aviatsiya va kosmik texnika uchun o‘tga chidamli qotishmalar, elektron uskunalar, neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
Jahonda oliy izotoplari oilasida osmiy 187 bor – yo‘g‘i 1,6 foizni tashkil etadigan tabiiy manbalar ( Afrika, Shvetsariya, Rossiyada) mavjud. Ayni vaqtda O‘zbekiston konlaridagi tarkibida reniy bo‘lgan mis – molibden rudalarida barqaror izotopning foiz miqdori ancha yuqori.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling