Mavzu: Naim Karimovning adabiy tanqidga qo’shgan hissasi


Download 109.31 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi109.31 Kb.
#1133385
Bog'liq
tanqid


Mustaqil ish


Mavzu: Naim Karimovning adabiy tanqidga qo’shgan hissasi
Reja:
1.Naim Karimov - adabiyotshunos olim
2.Naim Karimovning ilmiy faoliyati
3. Naim Karimovning tanqidiy maqolalari
Taniqli yozuvchi va olim, filologiya fanlari doktori, professor, ilmiy va ommabop asarlar muallifi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Naim Karimov butun umrini adabiyot sohasiga bag‘ishlab, el-yurtiga xizmat qildi. Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish yo‘lidagi beminnat xizmati uchun “El-yurt hurmati” unvoniga sazovor bo‘lgan.
Adabiyotshunos Naim Fatihovich Karimov 1932-yilning 12-dekabrda Toshkentda ziyolilar oilasida tug‘ilgan. U 1955-yil O‘ODU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan.
O‘qishini aspiranturada davom ettirib, 1958-yil tamomladi. Aspiranturadan so‘ng yosh olim O‘zbek SSR FAning til va adabiyot institutiga ilmiy xodim bo‘lib ishga kiradi, yetakchi ilmiy xodimlikdan bo‘lim mudirigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. 1993-yil Naim Karimovga filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi taqdim etiladi, 1994-yil esa professorlik darajasi beriladi.
Naim Karimovning ilmiy faoliyati asosan, XX asr o‘zbek adabiyotini, Cho‘lpon, Fitrat, Hamza kabi jadidchi yozuvchilar ijodini o‘rganish bilan bog‘liq. Olim Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Hamzaning asarlari to‘plamini tayyorlashga faol bel bog‘laydi. Uning qalamiga “Hamid Olimjon” (1979), “Oybek” (1985), “Usmon Nosir”, “Usmon Nosir hayotining so‘nggi yillari” (1993-1994) kabi ilmiy-ommabop kitoblar tegishli.
O‘ndan ortiq kitoblar, yuzdan ziyod maqolalar yozgan, turli anjuman va simpoziumlarda ma’ruzalar o‘qigan, yorqin ilmiy faoliyati uchun Beruniy nomidagi respublika davlat mukofotiga sazovor bo‘ladi, professor va filologiya fanlari doktori unvonlariga loyiq topilgan. Bir so‘z bilan aytganda, yarim asrlik ijodiy faoliyati davomida u o‘zbek adabiyotining betakror namoyondalaridan biriga aylangan. XX asr o‘zbek adabiyoti rivojini Naim Karimovsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Naim Karimov mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish ustida ish olib bormoqda. U “Shahidlar xotirasi” memorial majmuasiga hamda “Qatag‘on kurbonlari xotirasi” muzeyiga asos solinishida ko‘p hissa qo‘shgan. “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi yaratilishi og‘ir ish bo‘lgan, zero, o‘sha vaqtlar suratlari, qo‘l yozmalari, hujjatlari, kiyim-kechaklari va boshqa ashyolarni topish qiyin bo‘lgan. Shunga qaramay, eksponatlar topilgan va muzey belgilangan vaqtda ochilgan.
Olim «XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari va milliy istiqlol maflkurasi» (1994) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. U «O'zbekiston ma’rifatparvarlar jamiyati» raisi, «Shahidlar xotirasi» jamg‘armasi kengashi raisi hamda «Qatagkon qurbonlari” xotirasi muzeyi direktori lavozimlarida ham fidoyilik bilan mehnat qildi. Nohaq qatag‘on bo‘lganlar xotirasini tiklashda qatag‘on davri adabiyotini o‘rganishda katta g‘ayrat ko‘rsatib kelmoqda. XX asr adabiyotimizning qator namunalari rus tiliga taijima qilinib, 0‘zbekistondan tashqaridagi kitobxonlar qo'liga yetib borishida, ma’lum ishlar qilingan. M.Qo‘shjonov, S.Mirzayev, N. Xudoyberganov, P.Shermuhammedovlaning sobiq markaz va Toshkentda rus tilida chop etilgan ayrim tadqiqotlarini hisobga olmaganda, adabiyotshunoslik sohasida bu fikni aytish qiyin. Respublikamizdan tashqaridagi akademik nashrlarda e ’lon qilingan ishlar esa barmoq bilan sanarli. Shu ma’noda, umuman, o‘zbek adabiyoti, xususan, ayrim ulkan adiblar ijodini tahlil etib, keng miqyosdagi mutaxassislar va kitobxonlarga tanishtirishda N.Karimov xizmatlarini ta’kidlash o‘rinli. Olimning ana shunday dastlabki tadqiqotlaridan biri «Uzbekskaya sovetskaya literatura na sovremennom etape» — bundan salkam ellik yil avval Moskvada chop etilgan «Istoriya uzbekskoy sovetskoy litemturi» (1967) nomli kitobdan o‘rin olgan edi. Rossiya Fanlar akademiyasining Jahon adabiyoti instituti tayyorlagan «Istoriya sovetskoy mnogonatsionalnoy literaturi» ko'p jildligiga bir guruh olimlar tomonidan yozilgan o‘zbek adabiyotiga doir tadqiqotlar o‘z davrida jiddiy muvaffaqiyat sifatida baholangan edi. Bu tadqiqotning IV va V jildlaridagi ( 1971, 1974) qismlarini yozishda I.Sultonov rahbarligidagi bir guruh taniqli olimlar qatori N .Karimov ham ishtirok etdi. N. Karimov izlanuvchan va yuksak ilmiy-estetik did hamda qarashlarga ega munaqqid. U o‘zining Cho‘lpon, Hamza, Oybek, H.Olimjon, U.Nosir, Shayxzoda ijodiga doir tadqiqotlarida asarlarini o‘rganish bilan cheklanmay, ularning ijodiy laboratoriyasiga ham chuqur kirib boradi, har bir san’atkorning xos uslub va mahorati yo'nalishlarini ilmiy-estetik, tarixiy-ma’rifiy jihatdan chuqur tahlil etadi. Shakldagi go‘zallik bilan kompozitsiyadagi topqirlik, ilmiylikka zid bo'lmagan erkin badiiy taxayyul N.Karimov tadqiqotlarining o'ziga xosligini belgilaydi, qiziqarli o‘qilishi va jozibasini ta ’minlaydi.
Shoir hayoti va ijodi haqida Oybek. Shayxzoda. G \ Karimov, S. Azimov, S. Mirvaliyev, S. Mamajonov, H. Umurov kabi adib va munaqqidlar qator tadqiqot hamda maqolalar yaratdilar. Bu ulkan shoir ijodini chuqur va atroflicha o‘rgangan, uning poetik mahorati sirlarini ochishga intilgan munaqqidlardan biri N.Karimovdir. T o‘g‘ri, N. Karimovning sho‘ro davrida yaratgan maqolalari, tadqiqotlarida barcha adabiyotshunoslar singari mafkuraga, ijtimoiy asoslarga, tuzumga, sinfga va shulardan sizib chiquvchi g‘oyaviylik muammolariga alohida e’tibor beriladi. Lckin, bundan qat’i nazar, o ‘tgan asrning 70-90-yillaridagi aksar maqola, tadqiqotlar bilan qiyoslansa, N .Karimov ishlarida shoir asarlarining badiiy jihatlarini, estetik qimmatini, san’atkor mahoratini o‘rganish asosiy o ‘rin tutishini sezmaslik mumkin emas. Umuman, adabiyotshunoslikka N .Karimov Hamid Olimjon ijodiyotining tadqiqotchisi sifatida kirib keldi. Olimning jiddiy ishlari Hamid Olimjon ijodini o‘rganishdan boshlandi. Masalan, «Zaynab va Omon» dostonini tadqiq etarkan, asarning siyosiy-ijtimoiy ahamiyatidan tashqari, undagi badiiy san’atlarning o'rnini ochishga intiladi. Shoirning ruhiyatdagi, tabiat manzaralarini chizishdagi san’atkorligini tahlil ctadi. Mahoratni, poetik uslubni aniqlashda, olim nainki fikr, jumla, obraz, so‘z boyligi yoki bo'yoqlari, balki musiqiylik, ohang, ritm, she’riy nutq unsurlaridan tortib, poetik intonatsiya, uning tur va xillarigacha e’tibor beradi. Tanqidchi she’rning ichki musiqasini tinglay oladi, «nafis undoshlar», «kuydor unlilar» bilan almashinishidagi go‘zallikni his etadi, «tovush tovlanishlarini» ko‘ra biladi. Bu har bir tanqidchiga ham nasib etavermaydigan xususiyat. Bunday fazilat nafis va nozikta’b didli tanqidchigagina nasib etadi. Ba’zan hatto shoirning o'zi ham o ‘zidagi bu fazilatni sezmasligi, bu hol tabiatidagi ichki ong oqimi natijasi ekanini payqamay qolishi mumkin. Lekin nozikta’b tanqidchi buni sezadi, anglaydi. Shoir tabiatidagi bu sezimlarning sehrlarini ochishga intiladi. Bir vaqtlar hassos shoir E.Bagriskiy «she’rning har bir harfi organizmdagi hujayra yanglig‘ nafas olishi va tebranishi zarur”, degan edi. Tanqidchi o‘zbck she’riyatidagi namunalar asosida ana shu jonli jarayonni kuzatadi, aniq misollar asosida ko'rsatadi, qalbimizga she’riyatning go‘zalligini olib kiradi. «Zaynab va Omon»da quyidagi misralar bor: Niyatingga yetkur, quloq sol, Alamlaring ketkur, quloq sol. Oddiy kitobxon bu misralami shunchaki o‘qib ketaverishi mumkin. Ularni har bir tanqidchi o ‘z maqsadidan kclib chiqib, turli yo'nalishda tahlil etadi. N. Karimov esa poeziyadagi musiqaviylik nuqtayi nazaridan kclib chiqib, har bir harf ohangi zamiriga yashiringan shoir mahoratini quyidagicha talqin etadi: «L harfining mayin jarangi asosiga qurilgan radif ana shu misralardagi ohangdosh va qofiyadosh so'zlar bilan uyg'unlashib, she’m ing latif musiqasini, qo‘shiqchanligini yuzaga keltiradi». Olimning «Hamid Olimjonning poetik mahorati» (1964) monografiyasida shoir she'riyatining falsafiy-estetik mohiyati, inson ichki dunyosi va his-tuyg‘ularini tasvirlash mahorati chuqur yoritildi. H.Olimjonning hayotga bo‘lgan otashin muhabbati, Vatan va insonga atalgan eng ezgu tuyg'ulari, baxt haqidagi falsafiy shc'rlarining tahiili misolida ko‘rsatiladi. XX asrdagi buyuk shoir, yozuvchilar hayotini uning aniq asartari yozilish sababi, tarixi bilan, muallifning tabiati, fe’li, turmush tarzi, oilasi, muhiti, davrasi bilan aloqdorlikda, keng o'quvchilaiga m o‘ljalIab yaratilgan asarlar, bundan, taxminan, yigirma besh yil avval paydo bo‘ldi. Bu yo‘lni boshlovchilardan biri Naim Karimovdir. Bu kitobga qadar H .Olimjon haqida ko‘plab maqola, kitob, dissertatsiyalar yozilgan. Biroq ularning aksarida shoir hayoti va ijodidagi muayyan qirralargina yoritilgan, xolos. N. Karimov asarida esa, ulug‘ snoiming butun hayoti va ijodiga yaxlit nazar tashlanib, ulardagi eng muhim nuqtalar: bobolariyu bolaligidan tortib umrining so‘nggi daqiqalarigacha kechgan manzaralar davr bilan mustahkam aloqadorlikda sururli bir hayot yo‘li sifatida aks ettiriladi. Kitobda shoir hayoti va ijodiga daxldor yangi ma’lumotlar ilk bor muomalaga kiritiladi. Shunisi e’tiborliki, muallif kitobning ko'pdan ko'p sahifalarida o‘z taxayyuliga, xayolotiga erk beradi, bu uslub, o ‘z navbatida, asarning badiiyligini oshirib, uni yanada o‘qishli, sehrli, qiziqarli qiladi. Olim taxayyulidan to‘yingan shoir hayoti va ijodiga doir ayrim ma’lumotlaming hujjatli asosi bo‘lmasligi mumkin, lekin ularga biz to‘liq ishonamiz, chunki ular shoir turmushi, ijodi va taqdiriga doir shart-sharoitlar bilan ajralmas uyg‘unlikda zohir bo‘ladi. Bu tarixiy biografik tadqiqotning muhim yutuqlaridan bilan unda tarixiy-ma’rifiy yo‘nalish uyg‘unligida H.Olimjon hayoti va ijodining butun qirralari qamrab olinganligidadir. Oybek ijodi olim talqinida. N. Karimov Behbudiy va Hamzadan tortib, H.Xudoyberdiyeva va Usmon Azimgacha bo'lgan ko‘plab shoir va adiblar haqida tadqiqotlar yaratdi, maqolalar yozdi. Bunga ishonch hosil qilish uchun uning birgina «XX asr adabiyoti manbaalari» nomli salmoqli kitobiga nazar tashlashning o‘zi kifoya. Oybek shaxsi va ijodi N .Karimov uchun tom m a’nodagi sehrli ma’no bo ‘lib qoldi. XX asning so‘nggi choragidan buyon Oybek hayoti va ijodini tadqiq hamda targ‘ib etish N .Karimov hayotining mazmuni bo‘lib qoldi. Chorak asr ichida Oybek haqida e’lon qilingan yuzga yaqin maqola, besh kitob, yigirma jildlik nashrga bosh-qosh bolish buning dalili bo'la oladi. Gap faqat maqola, kitob, bajarilgan ish sanog'idagina emas, ularning salmog‘ida, mohiyatida, yangitigida, yangi zamonning yangi talablariga munosib ekanida. Haqiqatan ham olim umrining deyarli yarmidan ko‘pi yoxud mutaxassis sitatidagi butun faoliyatining izchil va sistem davri bevosita Oybek hayoti, ijodini o‘rganish, targ‘ib etish, buyuk adib xonadoni muhiti bilan chambarchas aloqadordir. Oybek vafotidan keyin bu xonadonda o‘tgan birorta adabiy, madaniy, udumiy tadbir yo‘qki, unga bu fidoyi olim bosh-qosh bo‘lmagan bo‘lsin. Ulug‘ yozuvchi merosi jamlanib, izchil nazardan o'tkazilib, variantlari-yu, izohlari bilan yigirma jildlik akademik nashr sifatida kitobxonlar qo‘liga yetib borishida adibning rafiqasi muhtarama Zarifa aya Saidnosirovaning hamda mutaxassis sifatida, bunday nashning prinsiplarini 0 ‘zbekistonda birinchi bor ishlab chiqqan va amalga oshirgan N.Karimovning xizmatlari juda katta. Bu mehnatlar evaziga u haqli ravishda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Mamlakatimiz hayotida jiddiy madaniy hodisalar sifatida e ’tirof etilgan G. G ‘ulomning 12, H.OIimjonning 10, H.H. Niyoziyning 5 jildlik ulkan - mal asarlar to ‘plamlari ham uning bevosita rahbarligi va ishtirokida nashr etildi. N. Karimov Oybekning 20 jildlik «Mukammal asarlar»ini nashrga tayyorlash jarayonida adibning ish uslubini, roman yozishga tayyorgarlik ko‘rishi, obrazlar ustida ishlashi, qahramonlari prototipiarini, tarixiy manbalarni kuzatadi. Tahlil asnosida ulug‘ Oybekning zahmatkash yozuvchiligini yoritib beradi. Adib umr bo‘yi ilm bilan badiiy ijodni qo'shib olib borganiga e’tibor qaratadi. Oybek hayoti va ijodini tinimsiz o‘rganish natijasida N .Karimov «Oybek» (1985), «Oybek gulshanida qolgan g'unchalar» (1985), «Oybek va Zarifa» (1990), «Ilhom chashmasiningajib mavjlari» (1982) singari asarlarini chop ettirdi. Bundan tashqari Zarifa Saidnosirova hayotligida chop etishga ulgunnagan «Oybegim mening» kitobini muallif iltimosiga ko‘ra Naim Karimov nihoyasiga yetkazdi. Nashrga tayyorlashdan tashqari, unga muharrirlik qildi. Opa xotiralari asosida shakllangan ma’lumotlar bilan kitobni juz’iy ravishda yanada boyitdi. N.Karimovning «Ajoyib kishilar hayoti» turkumidagi «Oybek. mashhur o‘zbek adibining hayoti va ijodidan lavhalar» asari Z.Saidnosirovaning ushbu «Oybegim mening» nomli kitobi bilan birgalikda oybekshunoslik va, ayni vaqtda, ulug bir siymolarimiz qiyofasini nainki, shu kunning o'quvchisi, balki kelgusi avlodlarga barhayot yetkazishda, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega. Bu ishlar qatoriga tanqidchining «Tarix so'qmoqlari izimdan cho‘tir..”, «Oybek: Tosh ekan bu boshim..», «Tkki darg‘a», «Yozilmagan durdona», «Oybek o‘gitlari». «Oybekning so‘nggi qo‘shigki» singari o ‘nlab maqolalarini qo'ysak, N.Karimovning oybekshunoslikka qo‘shib kelayotgan ulushi haqiqatan ham beqiyosdir. Asosiysi, munaqqid maqolalarining deyarli har birida adib haqida adabiyotshunoslikka nom a’lum bo‘lgan yangiliklarni olib kirishga intiladi. Masalan, yozuvchining yozib tugallanmagan «Bobur» nomli dostoni haqidagi «Oybekning so‘nggi qolshig‘i» hamda adibning «Qahqahai husn» nom li pyesasiga bag‘ishlangan «Yozilmagan durdona» m aqo lalarin i deysizm i, «Oybek gulshanida qolgan g‘unchalar» risolasini olasizmi - kitobxonga yangi-yangi ma’lumotlar beradi. Naim Karimovning Oybek ijodiga munosabati buyuk siymolarimiz qiyofasini kitobxonlarga, shu bilan birga kelgusi avlodlarga barhayot yetkazishda, shubhasiz, katta ahamiyatga egadir. Essenavis mahorati. N. Karimov mehr-muhabbat va ixlos bilan hayot yo‘lini, ijodini tadqiq etgan shoirlardan biri Usmon Nosirdir.U shoir ijodini o‘rganish bilan birga, adabiyotimiz tarixiga shoir hayoti, taqdiriga hamda shu vaqtgacha noma’lum bo‘lib kelgan ko‘pdan ko‘p ma’lumotlarni olib kirdi. Tanqidchi fidoyi bir inson sifatida o ‘z xalqining madaniy înerositii avlodlarga yetkazishdek xayrli ishlami amalga oshirib, shoir surgun qilingan Kemerovo, Biyskkacha bordi, u haqdagi hujjatiar bilan tanishdi, arxivlarni o ‘rgandi, shoim ing zamondoshlari bilan suhbatlashib, ko‘p m a’lumotlami qo‘lga kiritdi. Bu tinimsiz m ehnat natijasi o‘laroq «Istiqlol fidoyilari» turkumidagi «Usmon Nosir. Hayotiy lavhalar. Hujjatiar. Rivoyatlar» (1993), «Usmon Nosiming so‘nggi kunJari” (1994) nomli kitoblar dunyo yuzini ko'rdi. Birinchisida, Usmon Nosiming Toshkentga ko‘chib kelgungacha (1935) kechgan hayoti va ijodi, ikkinchisida to umrining oxirgi kunlarigacha yaratgan asarlari, umr yo‘li tadqiq etilgan.Olim shoir asarlarining yaratilish tarixiga e'tibor berish bilan bir qatorda, ulaming yangi talqinini yaratadi. Bu talqin aksar holiarda davming adabiy, madaniy, ijtimoiy hodisalari bilan mustahkam aloqadorlikda boUishdan tashqari, shoiming o‘z tabiati, ichki dunyosi, a’mollar va omillar olami bilan uzviy bog‘lanishda kechadi. Bu asarlar esse janrida yaratilgan, shuning uchun ularda essenavis munaqqidning keng imkoniyatlari bor bo‘y-bastini ko'rsatgan. Bizda XX asming 90-yillarigacha o‘rganilayotgan shoir-yozuvchining faqat ijobiy fazilati haqida gapirish m um kin deb tushunilgan. Uning tabiatidagi har bir oddiy odamga xos ayrim past-baland xususiyatlarni oshkor etish go‘yo «ayb» sanalardi. Jahonning ilg‘or adabiyotshunosligi esa bu yo‘lni allaqachon inkor etgan va ijodkor shaxsi tabiatiga oid barcha. hatto eng nozik ma’lumotlarni ham o ‘m i bilan aytishni to ‘g‘ri deb biladi. Naim Karimov bizda H.Olimjon, Oybek, U.Nosir haqidagi asarlari bilan ana shunday — ijodkor shaxsiga yaxlit qarash tamoyilini boshlab berdi. Masalan, Usmon Nosirga inson va ijodkor sifatida qarab, uning chapaninoma tabiati haqidagi m a’lum otlarni taqdim etadi va bu m a’lumotlar buyuk shoirni o‘quvchidan uzoqlashtirmaydi, balki unga yanada yaqinroq qiladi. Choipon tanqidchi nigohida. Mustaqillik davriga kelib, cho‘lponshunoslikning jadal sur’atlar bilan qadam tashlashida N.Karimovning hissasi kattadir. Uning «Istiqlolni uyg‘otgan shoir» (2000) kitobi C hoipon hayoti va ijodining ko‘pchilikka m a’lum bo‘lmagan qirralarini ochishga qaratildi. N .Karimov esse-roman janri tabiatiga xos xususiyatlarni H.Olimjon va Oybek haqidagi tadqiqotlarida sinab ko‘rgan edi. Bu yo‘nalishdagi tajribasini mustaqillik yillarida Cho'lpon haqidagi yirik tadqiqotida yanada chuqurlashtirdi. Olimning Cho’lponga bag‘ishlangan maqolalari, risolalari davlat arxiviarida yillar mobaynidagi tinimsiz mehnat, shoir zamondoshlari va qarindosh-uruglari bilan olib borilgan suhbatlar va boshqa turli yo‘nalishdagi izlanishlar - bu yirik asarning yaratilishiga zamin bo‘ldi. Asarda ilk bor shoir hayoti, ijodi va mufassal qiyofasi yaratilib, u haqdagi haqiqat to ‘ldirildi va oydinlashtirildi. Uni o'qir ekansiz, eng muhimi, ko‘z o ‘ngingizda millatning cho‘ng va nurli qoyaiaridan biri — Cho'lponning keng, mukammal obrazi namoyon bo‘ladi: Cho‘lpon — qalbi hissiyotga to ‘!a iste’dodli shoir va adib. Cho’lpon — o‘z davridan oldinga ketgan tanqidchi va mohir tarjimon. Cho‘lpon — o‘z millatining baxti, kelajagi uchun o‘zini fido qilgan millatparvar inson. Cho‘lpon — nihoyatda nozik qalb egasi; keng miqyosdagi shaxslar bilan qiyoslana oluvchi va ular bilan bir safda turishga munosib o‘z davrining ulkan siymolaridan biri. «Cho‘lpon» m a’rifiy romani yosh avlodning estetik tafakkurini rivojlantirishda uni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Maqsud Shayxzoda haqida yangi esse, izlanuvchan olim M.Shayxzoda hayoti va ijodiga bag‘ishlab yangi m a’rifiy romanini e’lon qildi (2010). Xuddi «Cho‘lpon» ruhida yozilgan bu salmoqli asar kitobxonlar tomonidan qizg‘in kutib olindi. Unda ham obrazli ifodalar, tasviriy vositalar yordam ida shoirning ham nozik, ham viqcrli qiyofasini chizadi. Ayni vaqtda Shayxzoda qiyofasini chizayotgan muallifning hayajonlari ko‘pincha dramatizmga to'liq ekanligi, eng muhimi, qaynoq qalbi bu asarda ham ko'rinib turadi. «Maqsud Shayxzoda» asari boshqa ko‘pdan ko‘p fazilatlari qatori shoir haqidagi haqiqatlarni oydinlashtirishda ham muhim o‘rin tutadi. Unda shoir hayoti va ijodi to‘g‘risida nashr etilgan deyarli barcha maqolalar-u, risolalardagi dalillar, ma’lumotlar, kuzatishlar, qarashlar va talqinlar, xotiralar o'zaro qiyoslanib, sarasi-saraga, puchagi puchakka ajratilib, shaxsiy kuzatuvlar va xulosalar umumlashtirilib, shoir bosib o ‘tgan yo‘lning keng, mufassal manzarasi yaratiladi. Muhimi, asarda kitobxon ko*zi oldida millatparvar shoir Maqsud Shayxzodaning yorqin va shu vaqtgacha yaratilganlari ichida eng to‘laqonli obrazi namoyon bo‘ladi. N .Karim ov asarida shoir obrazi quyidagi fazilatlarda b o ‘y ko‘rsatadi: Maqsud Shayxzoda - qalbi hissiyotga, armonga to ‘la lirik shoir, dram aturg; o ‘z davridan ancha ilgarilab kcta olgan, kelajakni his eta bilgan mutafakkir; tanqidchi, mumtoz adabiyotning bilimdom; millat baxti uchun qayg'urgan insonparvar; do'slga sodiq, xushfe'l hamsuhbat; qalbi toza, yurt deb, mustaqillik deb o‘zini fido etgan buyuk shaxsdir. Asarda N.Karimovning tanqidiy-biografik xarakterdagi barcha asarlanga xos mushtarak xususiyat ilmiy va obrazli tafakkuming o‘zaro omuxtaligi, tanqidchi qalbining ijodkorga, san’at asarlariga bo‘lgan muhabbatga limmolim yurakning ehtirosga to‘lgan holda namoyon bo‘lishidir. Iste’dodli olim, zukko munaqqid N.Karimovning ma nfiy romanlari yosh avlod estetik tafakkurini rivojlantirishda, uning baduy saviyasini oshirishda muhim rol o ‘ynaydi. Tanqidchining adabiy jarayonga munosabati. N . Karimov o'zbek adabiyoti bilan bir qatorda jahon va qardosh xalqlar adabiyotining buyuk san atkorlan ijodini ham ladqiq etuvchi, ularning o ‘zbek adabiyoti vakillari bilan ijodiy rishtalarini o ‘rganuvchi scrqirra adabiyotshunos. Uning A.S.Pushkin, Shekspir, Muxtor Avezov, Gabriel Garcia Markes, Chingiz Aytmatov singari daho san’atkorlar haqidagi risola va maqolalari shunday deyishga asos beradi. Bu san’atkorlar haqida yozilgan ishlar, shunchaki yubileylar yoxud gazeta-jurnallar buyurtmasigina emas, tadqiqotchining qalb da’vati, ijodiy qiziqishlari hamda jiaaiy izlamshlari samarasi sifatida maydonga kelgan. Masalan, Pushkmning Oybekka ko‘rsatgan ta'sirini o'rganar ekan tadqiqotchi Yozuvchilar uyushmasi arxiviga murojaat etib, 1936-yildagi nuijatlar bi an tamshadi, Oybekning «Chimyon daftari* turkumiga kirgan asarlaridagi Pushkin ta ’sirining ildizlarini ochishga alohida e tibor beradi. Pushkin haqidagi 80-yiIlarning awalida paydo bo'lgan «Teran va toshqin daryo» maqolasidagi g‘oya rivojlantirilib, 1988-yilda nashr ettirgan va «O’zbek adabiyoti» risolasi darajasiga ko‘tarildi. N.Karimov ijodida «Adabiy tanqid va adabiy jarayon», «Hozirgi o'zbek she'riyatida janrlar taraqqiyoti», «She’riy shakllar va uslubiy ízlanishlar» singari ayrim muammolarni yoritishga bag‘ishlangan ham adabiyotning muayyan bosqichlari va alohida davrlari umumlashtirilgan holda tadqiq etilgan ishlar ham salmoqli o‘rin egallaydi. Muxtasar aytilsa, XX asr o ‘zbek adabiyotining taraqqiyot tamoyili va bu tamoyil o‘zida mujassam eta olgan san’atkorlar ijodining o'ziga xosligini, bu xoslikni belgilagan omillarni o'rganish adabiyotshunos N.Kanmov ijodining yetakchi xususiyatidir. O'z ifodasini topdi. . Ikkinchi tomondan ular yangi bosqichdagi o‘zbek adabiyotshunosligi tamoyillarini o ‘zida ifoda etdi, uchinchidan, bu tamoyillar o‘zbek adabiyotshunosligi yangi metodoiogiyasi shakllana boshlashida m uhim roi o ‘ynadi. O .Sharafiddinov, M .Q o‘shjonov, A.Ahyev, U .N orm atov, E.K arim ov, B.Qosimov kabi olimlarning yangi turdagi maqolalari bilan birga N .Karimovning bunday maqolalan misolda o‘zbek adabiyotshunosligi bu davrga kelib, XX asr adabiyotiga munosabatda yangi yo‘nalish ola boshlaganini ko‘rsatdi. Adabiyot ilmi yangi bosqichga o ‘ta boshlash pallasida N .Karimov H.H.Niyoziy ijodiga adolat va haqgo'ylik bilan munosabatda bo'lishni boshlab berganlardan biri bo‘ldi. U Hamza ijodi va ayrim asarlari noo‘rin va asossiz ko’klarga ko‘tarilganini dadillik bilan ko‘tarib chiqdi. Hamzashunoslikdagi mushakbozlik hodisasining asosiy sababini sho'ro siyosati va mafkuraviy mutelikda deb bildi. Olim o ‘z harakatlarini, ayrimlar talqin qilmoqchi bo'lganidek, aybim izni o ‘zim iz ochish, o ‘zim izni o‘zimiz yerça urish em as aksincha adabiyotim iz va adabiyotshunosligim izning ayrim m uhim masalalaridagi adolatni tiklash, haqiqatni o‘z o‘rmga qo‘yLsh, deb hisobladi. «Boy ila xizmatchi» pyesasining ijodiy taqdin», Ham zanm g «Q orasoch» operasi haqidagi «Q orasoch va Oltoyxon», «H am za grajdanin*, «H am zani kim o ‘ldirgan yoxud Shohim ardonning qora bahori», « H am za H akim zoda N iyoziy» singan m aqolalarida u H am zani soxta, zo‘rm a-zo‘raki, sun’iyyorliq va nohaq, balandparvoz m aqtovlar iskanjasidan qutqarib, shoim ing adabiyotimizdagi haqiqiy o ‘rnini belgilashga, asarlarining asl bahosini berishga intildi. N .K arim ovning, nainki XX asr adabiyotimiz tarixi, balki, shu kungi adabiy jaray o n bilan ham faol shug'ullanib kelayotganim ta ’kidlash zarur. Shukrulloning «Kafansiz ko‘milganlar» rom anxronikasi va « 0 ‘g‘rini qaroqchi urdi» komediyasi haqidagi taqnzlan, E.Vohidov va A.Oripov bilan m uloqotlari («She’riyat - m ehr dem akdir>, «D unyoda diyonat hali mayjuddir*), H.Xudoyberdiyeva haqidagi «Dunyo kirm oqdadir shoir qalbiga», «Shunchaki yozmoq bu - shoirga o'lim « (A .Rashidov bilan ham korlikda) nomli maqolalan, hozirgi o'zbek she’riyati haqida mushohada yuritilgan risolasi, mustaqillik davrining ilk yillari she’riyatimizda ro‘y bergan izlanish va yangilanishlar (tahlil etilgan «Milliy badiiy tafakkur» va «Pishqirgan daryo sohilida» deb atalgan maqolalar, shuningdek, Rauf Parfi, Usmon Azim she’rlari haqidagi «Tong sirlari» singan chiqishlari harakatdagi adabiy jarayonning yutuq va kamchiliklari haqida muxtasar tasawur bera oladi. Istiqlol arafasi va mustaqillik davriga kelib, N.Karimovning Behbudiy, A.Qodiriy, C ho‘lpon, Fitrat, Hamza, U.Nosir kabi shoir, yozuvchilar hayoti va ijodi haqida tom ma’nodagi yangi maqolalari, risolalaridan tashqari, asr tongi va 20-yillardagi jadidchiiik harakati, jadid adabiyotining tug‘ilish, rivojlanish yo'llarini o'rganishi natijasi o‘laroq, «XX asr boshlaridagi tarixiy vaziyat va jadidchilik harakatining vujudga kelishi» singari tadqiqotlari maydonga kcldi. Buning uchun muallifga oylab, yillab 0‘zbekiston Davlat arxivida, Davlat Xavfsizlik Boshqannasi, Yozuvchilar uyushmasi arxivlarida, sobiq Ittifoq hududida joylashgan qator maxfiy arxivlarda ishlashea to‘g‘ri keldi. Olimning arxivdagi izlanishlari nalijasi o‘laroq maydonga kelayotgan Abdulla Avloniy, Botu, Abdulla Alaviy, Vadud Mahmud, Rahmatulla Sultonov, Said afandi, Saidnosir Mirjalolov singari 20— 30-yillar adabiy muhitida faol o‘rin tutgan ziyolilar haqidagi maqolalari adabiyotimiz, madaniyatimiz, istiqlolimiz uchun kurash tarixidan yangi-yangi ma’lumotlar beradi. Umuman, so nggi o ‘n yil ichida qatag'on qurbonlarining nomini abadiylashtirish yo‘lida olib borayotgan fidoyi m ehnatlari, bu yo'nalishda c’lon qilayotgan yuzlab publitsistik maqolalari, uning rahbarligida tayyorlanib, chop etilayotgan shahidlar xotirasi turkumidagi «Surgun» singari kitoblar bu olim va jamoat arbobining faoliyati havas qilarli darajada jo‘shqin hamda serunum kechayotganidan dalolat beradi. Bu mehnatga davlatimiz va hukumatimiz munosib e ’tibor berayotgani, ayniqsa, quvonarlidir.N Karimovning fan arbobi faxriy unvom hamda «El-yurt hurmati» ordcni bilan mukofotlanishi mustaqillik davrida ziyolilarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborning yorqin dalilidir. Mustaqillikning fan, ta’lim, tarbiya mutaxassislari oldiga qo'ygan dastlabki muhim vazifalaridan biri barcha fanlar, ayniqsa, ijtimoiy gumanitar yo‘nalishlar bo’yicha yangi zamon, yangi tuzum , mustaqil Vatan talablariga javob bera oluvchi darsliklar, qo'lianmalar yaratish va bu davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan nihoyatda muhim vazifa edi. Bu borada alohida faollik ko'rsatayotgan N.Karimov va U. Normatovning 5-sinf uchun yaratgan darslik-xrestomatiyalari jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. N.Karimovning hamkorlikda 11-sinflar uchun yaratilgan «XX asr o‘zbek adabiyoti» darsligi qisqa muddat ichida uch marta nashr etildi. Hamkorlikda 9-sinf uchun yaratilgan adabiyot darsligi esa shu fan bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lini standarti asosida yozilgan dastlabki yakunlovchi kitobi bo‘ldi. Universitetlar va pedagogika institutlari talabalari uchun yozilgan «XX asr o'zbek adabiyoti tarixi» darsligining mualliflaridan bin ham N.Karimovdir. 0‘zbekiston Qahramoni O.Sharafiddinov, S.Mamajonov, U.Norm atov, B .N azarov hamkorligida yozilgan bu darslik (1999) mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Buyuk o ‘zbek shoiri G ‘afur G ‘ulom tavalludining 100 yilligi munosabati bilan N.Karimovning yangi risolasi bosilib chiqdi. «XX asr adabiyoti manzaralari» (2009), «Maqsud Shayxzoda» (2010) kabi tadqiqotlar olimning tinimsiz izlanishlari samarasidir. Jonkuyar olim o‘zining mo‘tabar 80 yoshini yangi-yangi ijodiy samaralar bilan qarshi olmoqda.



O`zbekiston Respublikasi
Sog`liqni saqlash vazirligi
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti




Ministry of Health
of the Republic of Uzbekistan
Bukhara State Medical Institute named after Abu Ali Ibn Sino




BUYRUQ

№______ «____» ______ 2023 yil Buxoro shahri


2022/2023 o‘quv yilida xorijiy abiturientlarni talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qaroriga muvofiq 2022/2023- o‘quv yilidan boshlab quyida ism-sharifi qayd etilgan Belorus davlat tibbiyot universitetidan va Qoraqalpog’iston tibbiyot instituti davolash fakultetidan o’qishni ko’chirib kelgan Turkmaniston fuqarolarining shartnoma to‘lovlarini amalga oshirganligini va fanlardan farqlarni topshirganligini inobatga olib, 5-kurs Xorijiy talabalar fakulteti davolash ishi yo‘nalishi bo‘yicha 2023-yil 10-yanvardan talabalik safiga qabul qilinsin.


Eminova Feruza Mominovna 60910200-Davolash ishi
Kozibayev Ilxam Egamberdiyevich 60910200-Davolash ishi
Rashidov Adilbek Rashidovich 60910200-Davolash ishi
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.06.2018 yildagi PQ-3775 sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori.
Rektor v.v.b G.J.Jarilkasinova
Loyihani tayyorladi: D.A.Xasanova

Kelishildi: G.J.Jarilkasinova




Katta yurist konsult X.X.Xamidov
Download 109.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling