Mavzu: Neft moylari tarkibidagi suvni aniqlash
Download 13.48 Kb.
|
Mavzu: Neft moylari tarkibidagi suvni aniqlash. Qazib olingan neft tarkibidagi suv neftda yomon eriydi va neft emul’tsiyasini hosil qiladi. emul’tsiya turgunligi suv tomchilarining o`lchamiga bog’liq. Bir necha un mikron o`lchamli tomchilar o`zaro oson birlashib, tindirib ajratilishi mumkin. Ammo 1mkm.dan kichik o`lchamli tomchilar emul’gatorlar ta`sirida o`ta turg’un emul’tsiya hosil qiladi. Ularni faqat deemul’gatsiya va suvsizlantirish qurilmalarida ajratish mumkin. Neft mahsulotlari tarkibida juda oz miqdorda suv bo`ladi. Neftni qayta ishlash jarayonida emul’gator rolini bajaruvchi ko`p miqdordagi oltingugurt birikmalari, naften kislotalar va tuzlar ajraladi. Moylar, dizel yoqilg’isi tarkibida suvning bo`lishi maqsadga muvofiq emas. Moy tarkibidagi suv uning oksidlanishini, metall qismlarning zanglashini tezlashtiradi. YOqilg’i tarkibidagi suv karbyuratorni ifloslantiradi va forsunkalarning tiqilib kolishga olib keladi. Moy tarkibidagi suvni aniqlashning sifatiy usuli Moyni 1500S gacha isitganda uning tarkibidagi suv ko`pik hosil qiladi, moy loykalanadi. SHu belchgilarga karab moyda suv borligi haqida xulosa qilish mumkin. Aniqlash usuli. 10-15 mm diametrli 120-150mm uzunlikdagi shisha probirkaga 80 - 90 mm balandlikda moy kuyiladi. Probirka ogzi termometr va bug chikish teshigi bo`lgan tikin bilan bekitiladi. Termometr tikin o`rtasiga probirka tagidan 20-30 mm balandlikda o`rnatiladi. 170 S gacha qizdirilgan moy vannasiga probirka tushirilib, 150 S kiziguncha bir necha minut qizdiriladi. Ko`pik hosil bo`lishi, chirsillash, probirkaning titrashi va loyikalanish moyda suv borligidan dalolat beradi. Suvni aniqlashning miqdoriy usuli. Download 13.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling