Mavzu: Nitrat kislota. Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad


Download 55.5 Kb.
Sana14.05.2020
Hajmi55.5 Kb.
#105888
Bog'liq
2 5325517515827185215


8-sinfda “Nitrat kislota” mavzusidagi dars ishlanma

Mavzu: Nitrat kislota.

Darsning maqsadi:

1. Ta`limiy maqsad: Nitrat kislota haqida bilim, ko`nikma va malaka berish

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

nutqini oshirish va tarbiya berish;



3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,

dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.

Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob

Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.

Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsning bayoni.

Molekulyar formulasi – HNO3. Azotning ikkinchi energetik qavatida (tashqi energetik qavati) d-energetik qavatcha yo‘q. 2s2 energetik qavatchadagi juft elektron qo‘zg‘ala olmaydi. Azot beshinchi guruhda joylashgan element bo‘lsada besh valentli bo‘la olmaydi. Azotning yuqori valentligi to‘rt. Shuning uchun nitrat kislotaning tuzilish va elektron formulasini

quyidagicha yozish mumkin. Demak nitrat kislotada azot IV valentli, oksidlanish darajasi esa +5.

Olinishi. XX asr boshlariga qadar nitrat kislota konsentrlangan sulfat kislotani chili selitrasiga (NaNO3) ta’sir ettirib olingan. Hozirda bu usuldan laboratoriyada nitrat kislota olish uchun foydalaniladi. NaNO3 + H2SO4 = NaHSO4 + HNO3

Sanoatda nitrat kislota olish uchun ammiakdan foydalaniladi. 1. Ammiakni katalizator (Cr2O3 yoki MnO2) ishtirokida oksidlash. 4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O

2. Azot (II)-oksidni oksidlab azot (IV)-oksid olish. 2NO + O2 = 2NO2

3. Azot (IV)-oksidni kislorod ishtirokida suvga yuttirish. 4NO2 + 2H2O + O2 = 4HNO3

Fizikaviy xossalari. Toza nitrat kislota rangsiz, o‘tkir hidli suyuqlik, zichligi 1,5 g/sm3. -410N

da kristallanadi. Suvda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalari. Nitrat kislota bir negizli kuchli kislotadir. Suyultirilgan eritmalarda to‘liq dissotsiatsiyalangan bo‘ladi.

HNO3=H+ + NO3Nitrat kislota beqaror. Yorug‘lik va issiqlik ta’sirida parchalanib

turadi.4HNO3 = 4NO2 + O2 + 2H2O

Nitrat kislota ham boshqa kislotalar kabi ksilotalarga xos umumiy reaksiyalarni beradi.

CuO + 2HNO3 = Cu(NO3)2 + H2O Fe(OH)3 + 3HNO3 = Fe(NO3)3 + 3H2O

Na2CO3 + 2HNO3 = 2NaNO3 + H2O + CO2 CuO + 2HNO3 = Cu(NO3)2 + H2O

Nitrat kislotaning metallarga ta’siri boshqa kislotalardan farq qiladi.Kislotaning konsentratsiyasi va metalning faolligiga qarab nitrat kislota quyidagicha qaytariladi:

1. Passiv metallar masalan, Cu va Pb lar bilan konsentrlangan nitrat kislota reaksiyaga kirishib (a va b) NO2 gazini hosil qiladi, suyultirilgan nitrat kislota esa (d) NO ni hosil qiladi.

2. Aktiv metallar masalan, Mg, Zn, Fe lar bilan kislotani konsentratsiyasi va haroratga ko‘ra turlicha reaksiyaga kirishadi.

a) Cu + 4HNO3 = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O

b) Pb + 4HNO3 = Pb(NO3)2 + 3NO2 + 2H2O

d) 3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O

e) 4Fe + 10HNO3 = 4Fe(NO3)2 + NH4NO3 + 3H2O

Bir mol nitrat kislota bilan uch mol xlorid kislotaning aralashmasi “zar suvi” deyiladi. Zar suvi juda kuchli oksidlovchi, u hatto juda passiv metallar oltin va platinani ham erita oladi.

Au + HNO3 + 3HCl = AuCl3 + NO + 2H2O 3Pt + 4HNO3 + 12HCl = 3PtCl4 + 4NO + 8H2O

Yog‘och qipig‘i, skipidar (organik modda) lar nitrat kislotada alangalanib yonib ketadi.

Nitrat kislota tuzlari Nitrat kislota tuzlari nitratlar deb ataladi. Nitratlar asosan metal190

larga, metallarning oksidlariga, ishqoriy metallarning va ishqoriy yer metallarning

karbonat tuzlariga nitrat kislota ta’sir ettirib olinadi. Ammoniy nitrat esa ammiakga nitrat kislota ta’sir ettirib olinadi. NH3 + HNO3 = NH4NO3 Barcha nitratlar suvda yaxshi eriydi.

Nitratlar qizdirilganda parchalanadi. Metallarning faollik qatorida magniydan chapda joylashgan metallarning nitratlari nitrit va kislorod hosil qilib parchalanadi. Metallarning faollik qatorida magniy bilan mis oralig‘ida joylashgan metall nitritlari metall oksidi, azot (IV)-oksidi va kislorod hosil qilib parchalanadi. Metallarning faollik qatorida misdan keyin joylashgan metallarning nitratlari parchalanganda metall, azot (IV)-oksid va kislorod hosil qiladi. Nitratlarning parchalanishini quyidagi umumiy sxema bilan ifodalash mumkin. Ammoniy nitrat parchalanganda azot (I)-oksid hosil bo‘ladi. Nitrat kislota tuzlarini aniqlash uchun uning tarkibida nitrat ioni NO3– borligini bilish kerak. Buning uchun nitrat tuzi konsentrlangan sulfat kislota bilan qo‘shib qizdiriladi va mis qo‘shiladi. Reaksiya natijasida qo‘ng‘ir gaz NO2 hosil bo‘lishi tekshirilayotgan tuz nitrat ekanligini bildiradi.

2NaNO3 + H2SO4 = Na2SO4 + 2HNO3 4HNO3 + Cu = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O

Nitratlardan asosan mineral o‘g‘it sifatida qishloq xo‘jaligida foydalaniladi



Mavzuga_oid_mashqlar_yechish__Uyga_vazifa.'>Yangi mavzuni mustahkamlash.

Mavzuga oid mashqlar yechish

Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

Mustaqil bajarish uchun topshiriq.

Mavzuga oid dars ishlanmasi tayyorlash


8-sinfda “Mineral o’g’itlar” mavzusida dars ishlanmasi

8-sinf

Mavzu: Mineral o`g`itlar.

Darsning maqsadi:

1. Ta`limiy maqsad: Mineral o`g`itlar haqida bilim, ko`nikma va malaka berish

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida

nutqini oshirish va tarbiya berish;



3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,

dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.



Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.

Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob

Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.

Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsning bayoni.

O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda o‘g‘itlar kimyosi va texnologiyasi ustida juda katta ilmiy ishlar qilgan. Fosforitlarni nitrat kislota bilan ishlab, yangi kompleks o‘g‘itlar olishga muvaffaq bo‘lgan. O‘zbekistonda fosforli, kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun xomashyo manbalarini o‘rgangan. Qoraqat fosfatlari asosida superfosfatlar olish texnologiyasini ishlab chiqqan. Kam zaharli defoliantlar ishlab chiqarish ustida qator tadqiqotlar olib borgan.

M.N.Nabiev Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureate Mineral o‘g‘itlarning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish uchun mineral o‘g‘itlarning ahamiyati juda katta. O‘simliklarning normal hayot kechirishi uchun uglerod, vodorod, kislorod, azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir kabi elementlar zurar. Ayniqsa, ushbu elementlardan azot, fosfor va kaliyni ahamiyati juda muhimdir. O‘simliklarning kimyoviy tarkibi tahlil qilinganda kimyoviy elementlar davriy jadvalidagi 70 ga yaqin element mavjud ekanligi aniqlangan. Ularning ayrimlari o‘simliklar uchun ko‘proq ayrimlari esa ozroq miqdorda kerak.

O‘simliklar uchun ko‘proq miqdorda zarur bo‘ladigan elementlar makroelementlar, ozroq miqdorda kerak bo‘ladigan elementlarni esa mikroelementlar deb ataladi.

Makroelementlar: C, O, H, N, P, S, Mg, K, Ca Mikroelementlar: Fe, Mn, B, Cu, Zn, Mo, Co

Azot, fosfor va kaliy elementlari o‘simliklar uchun muhim ahamiyat-ga ega bo‘lib, ko‘p miqdorda kerak bo‘ladi. Shuning uchun bu elementlarni o‘simliklar o‘zlashtira oladigan moddalar ko‘rinishda ko‘proq ishlab chiqarish zarur. O‘simliklarda azot etishmaganda uning o‘sishi kechikadi. Barglari och-yashil bo‘lib qoladi, hatto sarg‘ayib ketadi. Fotosintez jarayoni buziladi. Bu o‘simliklarning hosildorligini keskin kamaytirib yuboradi.Fosfor o‘simliklar hayotida zarur bo‘lgan oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etuvchi moddalar tarkibiga kirib, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Kaliy o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayonini tezlashtiradi. Uglevodlar to‘planishini jadallashtiradi. Masalan, qand lavlagisida shakarni, kartoshkada kraxmalni, g‘o‘zada paxta tolasi sellyulozani va hokazo.

O‘simlik poyasini mustahkamlaydi. Temir o‘simlikda azot, fosfor va kaliylarni o‘zlashtirishini tezlashtiradi. Mis, rux va marganetslar o‘simlikda sodir bo‘ladigan oksidlanish-qaytarilishjarayonlarini tezlashtiradi. O‘simliklar makro va mikroelementlarni ionlar tarzida o‘zlashtiradi.

Tuproq eritmasida ionlarga moddalar mineral o‘g‘itlar deyiladi. Qishloq xo‘jaligi o‘simliklaridan yuqori hosil olish uchun mineral o‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish kerak. Mineral o‘g‘itni o‘simlikka qachon, qanday, qancha miqdorda berish kerakligini albatta bi lish zarur.

Agar o‘simlikka keragidan ortiqcha o‘g‘it berilsa, uning ortiqcha miqdori o‘simlik organizmida to‘planib qoladi. Bunday o‘simliklardan olingan mahsulotlar iste’mol uchun yaroqsiz bo‘ladi.

Mineral o‘g‘it tarkibida ozuqa elementlarni (N, K2O, P2O5) uchrashiga qarab oddiy va kompleks o‘g‘itlarga farqlanadi. Oddiy o‘g‘itlar tarkibida faqat bitta ozuqa elementi bo‘ladi (NaNO3, KCl, NH4NO3, Ca(H2PO4)2 va boshqalar) kompleks o‘g‘it tarkibida ikki yoki uch xil ozuqa elementi uchraydi (KNO3, NH4H2PO4 va boshqalar). “Agro” yononcha so‘z bo‘lib, “dala” egan ma’noni anglatadi. Agrokimyo – dala kimyosi demakdir. 1840 yilda nemis kimyogari Yu.Libix “Kimyoning dehqonchilikka tadbiqi” kitobida o‘simliklarni oziqlanishi uchun N, P, K elementlarinitutgan tuzlar va shuningdek, boshqa elementlar tutgan moddalar zarur ekanligini tushuntirib bergan.Agrokimyogarlar tuproqni kimyoviy tarkibini o‘rganuvchi mutaxassislardir. Tuproq – murakkab tarkibli, doimo o‘zgarib turuvchi tuzilma.



Yangi mavzuni mustahkamlash.

1.Natriyli selitra tarkibidagi ozuqa elementining miqdorini aniqlang.

2.Tarkibida 75% kaliy xlorid bo‘lgan 1 t kaliyli o‘g‘itdagi ozuqa

modda miqdorini hisoblab toping.

3. Fosforli o‘g‘itlar turlaridan birining tarkibida 40% Ca(H2PO4)2

bo‘ladi. 1 t ozuqa elementi P2O5 bu o‘g‘itning qancha miqdorida bo‘ladi?



Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

Mustaqil islash uchun topshiriiq.
Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling