Mavzu: Nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasi va ularni hisobdan chiqarish Reja: 3 Xulosa. Nomoddiy aktivlarning mohiyati va turlari Nomoddiy aktivlarni sotib olish
Download 0.68 Mb.
|
Nomoddiy aktivlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomoddiy aktivlar
- Moddiy (natural)-buyum shakliga ega emas
- Хo`jalik faoliyatida uzoq muddat foydalaniladi
- Mualliflik huquqi
- Kompьyuter dasturiy ta`minoti
- Nomoddiy aktivlarni baholash quyidagicha amalga oshiriladi
- Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi.
- Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishning sabablari
Nomoddiy aktivlar hisobini vazifalari Bajardi:Mahammadjonov A. Mavzu: Nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasi va ularni hisobdan chiqarish Reja: 1 2 3 Xulosa. Nomoddiy aktivlarning mohiyati va turlari Nomoddiy aktivlarni sotib olish va ularni baholash Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlarida nomoddiy aktivlarga quyidagicha ta`rif beriladi: «Nomoddiy aktivlar – bu xo`jalik faoliyatida foydalanish uchun yoki boshqarish uchun xo`jalik sub`ekti tomonidan nazorat qilinadigan, shuningdeq uzoq (bir yildan ortiq) muddat ishlatishga mo`ljallangan moddiy-buyum shakliga ega bo`lmagan mulk ob`ektlaridir. Nomoddiy aktivlar bu:
Korxona nomoddiy aktivlariga quyidagilar kiradi: patentlar, litsenziyalar, intelektual mulk va savdo belgilari, kompьyuter dasturlari, mualliflik huquqi, mijozlar ro`yhati, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar va gudvill. Patent — huquqiy tan olingan va ro`yxatdan o`tkazilgan mutlaq huquq. Patent huquqi o`zining egasiga patentga taalluqli bo`lgan buyumni, jarayonni yoki faoliyatni foydalanish, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish huquqini beradi. Bunda chetdan boshqa shaxslar bevosita aralasha olmaydi Mualliflik huquqi — bu mualliflarga adabiyot, musiqa, tasviriy san`at va boshqa yaratilgan asarlar uchun qonun yo`li bilan berilgan himoya shaklidir. Mualliflik huquqi egalariga beriladigan huquqlar -o`z ishlarini chop ettirish, qayta bosish va ko`paytirish, sotish va nusxalarini taqsimlash va o`z asarlarini ijro etish hamda yozdirish huquqlarini beradi. Gudvill - noaniq nomoddiy aktiv hisoblanadi. Hisobga olish maqsadida gudvill - kompaniyaning sotib olingan haqiqiy bahosi bilan identifikatsiya-lanadigan sof aktivlarning bozordagi bahosi o`rtasidagi farqdir. U eng ko`p tar-qalgan va muhim nomoddiy aktiv hisoblanadi. Kompьyuter dasturiy ta`minoti – bu korxonaning ishlab chiqarish, ma`muriy faoliyatida ishlatish yoki ijaraga berish uchun mo`ljallangan hamda kelgusida iq-tisodiy manfaatlar keltiradigan komp`yuterlarda maxsus operatsiyalarni (buxgal-teriya hisobi, iqtisodiy tahlil va shunga o`xshashlarni) bajarishga mo`ljallangan hamda korxonani o`zida yaratilgan yoki sotib olingan dasturlardir. Nomoddiy aktivlarni sotib olinishi buxgalteriya hisobida xuddi asosiy vositalarni sotib olishni aks ettirishdek ko`rsatiladi. Sotib olishda nomoddiy aktivlarning o`ziga xos xususiyatlari e`tiborga olinadi. Bu qiymat tarkibiga nomoddiy aktivni sotib olish (qo`shilgan qiymat solig`ini ham hisobga olgan holda), sug`urtalash, keltirish, shuningdek, o`rnatish va ishchi holatga keltirish xarajatlari asosida shakllantiriladi. nomoddiy aktivlarning sotib olish qiymati — jami to`lov-lar umumiy summasining qiymatidir yoki olingan aktivlarning joriy bozor qiymatidir Nomoddiy aktivlarni baholash quyidagicha amalga oshiriladi: boshqa korxona ustav kapitaliga nomoddiy aktivlar bilan kirim-shartnomali narxda baholanadi (bozor narxida); to`lovli sotib olish - sotib olishga ketgan haqiqiy xarajatlar bo`yicha; ekspert yo`li bilan - qaytarib bermaslik sharti bilan olingan nomoddiy aktivlar ekspert yo`li bilan belgilangan qiymatda. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi. Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlarida ko`rsatilganidek, nomoddiy aktivlarning qiymati uning xizmat muddati mobaynida, biroq xo`jalik yurituvchi sub`ektning faoliyat ko`rsatish muddatidan ko`p bo`lmagan muddat mobaynida mun-tazam ravishda hisobdan chiqarilib borishi kerak. Bu jarayon nomoddiy aktiv-larning amortizatsiyasi deb ataladi. Nomoddiy aktivning taxmin qilinayotgan xizmat qilish muddati noaniq bo`lsa, unga amortizatsiya 5 yil davomida hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar ma`lum muddat korxona faoliyatida foydalanib borish jarayonida ham ma`naviy, ham jismoniy eskirib boradi. Shu sababli,nomoddiy aktivlar ham turli usullar (sotilishi, yaroqsizligi, boshqa korxonalarga beg`araz berilishi va Ustav kapitaliga ulush sifatida qo`yilishi) orqali hisobdan chi-qariladi. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishning sabablari: to`liq eskirganda; qisman eskirganda; ortiqcha (sotiladigan) bo`lganda. Foydalanilgan adabiyotlar:
Etiboringiz uchun rahmat! Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling