Mavzu: Nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasi va ularni hisobdan chiqarish Reja: 3 Xulosa. Nomoddiy aktivlarning mohiyati va turlari Nomoddiy aktivlarni sotib olish


Download 0.68 Mb.
Sana03.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1322839
Bog'liq
Nomoddiy aktivlar


Nomoddiy aktivlar hisobini vazifalari
Bajardi:Mahammadjonov A.
Mavzu:
Nomoddiy aktivlarni amortizatsiyasi va ularni hisobdan chiqarish
Reja:
1
2
3
Xulosa.
Nomoddiy aktivlarning mohiyati va turlari
Nomoddiy aktivlarni sotib olish va ularni baholash
Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlarida nomoddiy aktivlarga quyidagicha ta`rif beriladi: «Nomoddiy aktivlar – bu xo`jalik faoliyatida foydalanish uchun yoki boshqarish uchun xo`jalik sub`ekti tomonidan nazorat qilinadigan, shuningdeq uzoq (bir yildan ortiq) muddat ishlatishga mo`ljallangan moddiy-buyum shakliga ega bo`lmagan mulk ob`ektlaridir.
Nomoddiy aktivlar bu:
  • Korxonaning mulkiy ob`ektidir - nomoddiy aktivlarni aksariyat qismi korxona tomonidan sotib olinadi, ularga egalik qiladi va buxgalteriya balansida o`z mulkining bir qismi sifatida aks ettiradi;
  • Moddiy (natural)-buyum shakliga ega emas – nomoddiy aktivlar jismoniy ko`rinishga ega emasdirlar;
  • Sotish uchun mo`ljallanmaydi - nomoddiy aktivlar qayta sotish uchun sotib olinmaydi, balki xo`jalik faoliyatida foydalanish, nazorat qilish va boshqarish uchun sotib olinadi;
  • Хo`jalik faoliyatida uzoq muddat foydalaniladi - odatda nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona faoliyatida bir yildan uzoq muddat faoliyat ko`rsatadigan (foydalaniladigan) va shu davr mobaynida egalariga huquq va ustunliklar beradigan aktivlar kiritiladi.

Korxona nomoddiy aktivlariga quyidagilar kiradi: patentlar, litsenziyalar, intelektual mulk va savdo belgilari, kompьyuter dasturlari, mualliflik huquqi, mijozlar ro`yhati, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar va gudvill.
Patent — huquqiy tan olingan va ro`yxatdan o`tkazilgan mutlaq huquq. Patent huquqi o`zining egasiga patentga taalluqli bo`lgan buyumni, jarayonni yoki faoliyatni foydalanish, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish huquqini beradi. Bunda chetdan boshqa shaxslar bevosita aralasha olmaydi
Mualliflik huquqi — bu mualliflarga adabiyot, musiqa, tasviriy san`at va boshqa yaratilgan asarlar uchun qonun yo`li bilan berilgan himoya shaklidir. Mualliflik huquqi egalariga beriladigan huquqlar -o`z ishlarini chop ettirish, qayta bosish va ko`paytirish, sotish va nusxalarini taqsimlash va o`z asarlarini ijro etish hamda yozdirish huquqlarini beradi.
Gudvill - noaniq nomoddiy aktiv hisoblanadi. Hisobga olish maqsadida gudvill - kompaniyaning sotib olingan haqiqiy bahosi bilan identifikatsiya-lanadigan sof aktivlarning bozordagi bahosi o`rtasidagi farqdir. U eng ko`p tar-qalgan va muhim nomoddiy aktiv hisoblanadi.
Kompьyuter dasturiy ta`minoti – bu korxonaning ishlab chiqarish, ma`muriy faoliyatida ishlatish yoki ijaraga berish uchun mo`ljallangan hamda kelgusida iq-tisodiy manfaatlar keltiradigan komp`yuterlarda maxsus operatsiyalarni (buxgal-teriya hisobi, iqtisodiy tahlil va shunga o`xshashlarni) bajarishga mo`ljallangan hamda korxonani o`zida yaratilgan yoki sotib olingan dasturlardir.
Nomoddiy aktivlarni sotib olinishi buxgalteriya hisobida xuddi asosiy vositalarni sotib olishni aks ettirishdek ko`rsatiladi. Sotib olishda nomoddiy aktivlarning o`ziga xos xususiyatlari e`tiborga olinadi.
Bu qiymat tarkibiga nomoddiy aktivni sotib olish (qo`shilgan qiymat solig`ini ham hisobga olgan holda), sug`urtalash, keltirish, shuningdek, o`rnatish va ishchi holatga keltirish xarajatlari asosida shakllantiriladi.
nomoddiy aktivlarning sotib olish qiymati — jami to`lov-lar umumiy summasining qiymatidir yoki olingan aktivlarning joriy bozor qiymatidir
Nomoddiy aktivlarni baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
boshqa korxona ustav kapitaliga nomoddiy aktivlar bilan kirim-shartnomali narxda baholanadi (bozor narxida);
to`lovli sotib olish - sotib olishga ketgan haqiqiy xarajatlar bo`yicha;
ekspert yo`li bilan - qaytarib bermaslik sharti bilan olingan nomoddiy aktivlar ekspert yo`li bilan belgilangan qiymatda.
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi.
Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlarida ko`rsatilganidek, nomoddiy aktivlarning qiymati uning xizmat muddati mobaynida, biroq xo`jalik yurituvchi sub`ektning faoliyat ko`rsatish muddatidan ko`p bo`lmagan muddat mobaynida mun-tazam ravishda hisobdan chiqarilib borishi kerak. Bu jarayon nomoddiy aktiv-larning amortizatsiyasi deb ataladi. Nomoddiy aktivning taxmin qilinayotgan xizmat qilish muddati noaniq bo`lsa, unga amortizatsiya 5 yil davomida hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlar ma`lum muddat korxona faoliyatida foydalanib borish jarayonida ham ma`naviy, ham jismoniy eskirib boradi. Shu sababli,nomoddiy aktivlar ham turli usullar (sotilishi, yaroqsizligi, boshqa korxonalarga beg`araz berilishi va Ustav kapitaliga ulush sifatida qo`yilishi) orqali hisobdan chi-qariladi.
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishning sabablari:
to`liq eskirganda;
qisman eskirganda;
ortiqcha (sotiladigan) bo`lganda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
  • O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-àvgustdagi «Buxgaltåriya hisobi haqida» qonun.
  • Gulyamova F.G. Buxgalteriya hisobidan o‘quv qo‘llanma. 2004-yil.
  • D.I. Shaulov, U.T. Kan. 2004-yilda kiritilgan yangi schyotlar rejasi asosida korxonalarda buxgalteriya hisobi. 2003-yil.
  • Korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyot rejasi. Schyot rejalarini buxgalterlik rejalari bilan qo‘llash tavsifnomalari, 2000-yil.
  • Gulyamova F.G. Buxgalteriya hisobidan amaliy qo‘llanma.

Etiboringiz uchun rahmat!
Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling