Mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi soda hayvonlar


Download 61.32 Kb.
bet1/8
Sana02.06.2024
Hajmi61.32 Kb.
#1839763
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi soda hayvonlar. R-fayllar.org


Mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi soda hayvonlar. Reja

Mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi soda hayvonlar.



Reja:



1. Kirish

1.1 Odamda va hayvonlarda parazitlik qiluvchi sodda hayvonlar

umumiy tasnifi

2. Sodda parazit hayvonlarning xilma - xilligi

2.1 Odamda parazitlik qiluvchi sodda hayvonlar

2.2. Hayvonlarda parazitlik qilib yashovchi soda hayvonlar

3 Xulosa



















SO’Z BOSHI

Parazitologiya zoologiyaning amaliy fanlaridan biri bo’lib, u odam, hayvon va o`simliklarda parazitlik qilib, turli kasalliklarni paydo qiladigan hayvonlarni va ularga qarshi kurash choralarini o`rganadigan fan.

Parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bio-ekologik hodisa bo’lib, hayvon yoki o’simliklarning turli vakillari orasidagi o’zaro munosabatning o’ziga xos ko’rinishidir. Parazitizm bir organizmning boshqa organizm xisobiga oziqlanishidan iborat. Xo’jayin organizmi parazit uchun tashqi muhit vazifasini bajaradi va shuning uchun parazitning hayoti xo’jayin organizmining hayoti va xolati bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Bu xolat esa uzoq evolyusion taraqqiyot davomida shakllangan bo’lib, murakkab morfo-anatomik, fiziologik, bioximik, ekologik, genetik munosabatlar va o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Keyingi yillarda parazitologiya fani xalq xo’jaligining turli tarmoqlari, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim muammolarning tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning tibbiyot parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, fitogel’mintologiya kabi soxalari jadal rivojlanib bormoqda. SHuning uchun bo’lajak biolog-o’qituvchilar parazitologiya soxasida ham chuqur bilimga ega bo’lishlari lozim.
Parazit organizmlar bir hujayrali hayvonlardan asosan - sarkomastigoforalar, sporalilar, knidosporidiyalar, mikrosporidiyalar va infuzoriyalar tiplari ichida, hamda ko’p hujayrali hayvonlardan - yassi chuvalchanglar, tikan boshlilar, to’garak chuvalchanglar va bo’g’imoyoqlilar tiplari tarkibida uchraydi. Ular qishloq xo’jaligiga, birinchi navbatda madaniy o’simliklarga va chorvachilikka katta zarar keltiradi. Parazitlar ta’sirida o’simliklar xosildorligi va chorva mollarining maxsuldorligi keskin kamayadi, xatto ularni nobud qiladi. Bir qator parazitlar inson salomatligiga ham salbiy ta’sir etib, og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.


Kirish


Download 61.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling