Mavzu: Ona tili darslari uchun ko’rgazmali qurol tayyorlash va didaktik material tanlash


Download 65.91 Kb.
bet1/2
Sana21.02.2023
Hajmi65.91 Kb.
#1217713
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Mavzu: Ona tili darslari uchun ko’rgazmali qurol tayyorlash va didaktik material tanlash.

R E J A :



  1. Ona tili darslarining maqsadiga ko’ra tiplari.

  2. Ona tili darslarini tashkil e’tishda ta’limiy o’yinlardan foydalanish.

  3. Ona tili darslarini tashkil etishda ko’rgazmali qurollarning ahamiyati.

Ona tili darslari madsadga ko’ra to’rt tipga ajratiladi: yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash, o’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish, bilim va malakalarni umumlashtiruvchi, bilim va malakalarni tekshirish darslari.


Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari ta’lim jarayonining eng ko’p qismini ishg’ol etadi. Bu dars tipining asosiy vazifasi tilning fonetik, leksik, so’z yasash, grammatik tomonlariga oid qonuniyatlarini, orfoepiya, orfografiya, punktuatsiya, uslubiyatga doir qoidalarni o’quvchilarga o’rgatish va ularni datslabki mustahkamlashdir. Yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayonida quyidagi vazifalar yechiladi:
-o’rgatilayotgan grammatik bilimlarning asosiy maqsadini anglash, shu bilimlarning nutq faoliyatidagi rolini fahmlash;
-mavzuga oid bilimlarning umumiy qurilishini idrok etish;
-o’rganilgan bilimni qayta xotirlash yo’lini, uni amaliyotda qo’llash usulini egallash.
Yangi bilimlarni o’rgatishda deduksiya va induksiya usulidan foydalaniladi. Hozirgi dastur va darsliklarda yangi bilimni asosan induksiya usuli bilan o’rgatish ko’zda tutilgan. Ma’lumki, deduksiya usulida umumiylikdan xususiylikka qarab boriladi. Induksiya usulida esa xususiylikdan umumiylikka qarab boriladi.
Masalan, 8-sinfda ega va uning ifodalanishini tushuntirish uchun quyidagi gaplar tahlil qilinadi:
Daraxtlar choyxona sahnidagi gulzorga o’xshar edi. Biz quvonchli kunlarga yetib keldik. O’n – beshdan katta. O’qimoq – o’rganmoq. To’g’ri o’zadi, egri to’zadi. Bu gaplar tahlil qilinib, har bir gapning egasi topiladi, ularning qaysi so’z turkumi bilan ifodalangani aytiladi, so’roqlari aniqlanadi. Shu orqali eganing umumiy ta’rifi keltirib chiqariladi.
Yangi materialni tushuntirishda o’quvchilarning oldin o’rgangan bilimlari, malakalariga tayanish o’quv materialini puxta o’zlashtirishga zamin hozirlaydi. O’rgatilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni takrorlash yangi bilimlarni ongli idrok etishning asosiy omili hisoblanadi.
Yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslari o’z ichida ikki turga bo’linadi: 1.O’tilganlar takrorlangach, yangi o’quv materialini o’rgatish bosqichi boshlanadigan dars. Darsning bu turida o’rgatiladigan grammatik orfografik qoida, ta’riflarning mazmunidan kelib chiqib, mustaqil ish o’tkaziladi, topshiriqning natijasi jamoada tekshiriladi, tahlil qilinadi va unga tayanib o’quv materiali bayon qilinadi.
2.Yangi o’quv materialini o’rgatishdan boshlanadigan dars. Bu dars o’quvchilarning mustaqil faoliyatidan boshlanadi. O’quvchilar bajargan topshiriq va qoidalar ustida suhbat o’tkaziladi. O’quvchi o’quvchilarning xulosalariga, zarur bo’lsa, o’zgarishlar kiritadi va yakuniy xulosa chiqaradi. Keyin mustahkamlashga o’tiladi. O’tilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darslari. Ona tilidan o’rgatilgan bilimlarning puxtaligi, ko’p jihatdan, o’qituvchining takrorlash darslarini tashkil qilishiga bog’liq. Bunday darslarda o’quvchi oldin o’rgatilgan nazariy bilimlarga, grammatik-orfografik qoidalarga takroriy qaytadi. Mashq paytida o’quvchi o’zi o’rgangan qoida asosida faoliyat ko’rsatadi. Takrorlash darslarida oldin idrok etilgan bilimlar qayta tasavvur etiladi. Takrorlash darslari, bir tomondan, turli mashqlar yordamida o’quvchilarda o’rgatilgan materiallar doirasida malaka hosil qilishiga qaratilsa, ikkinchi tomondan, o’quvchilarning bilimlarini aniqlashtirish, kengaytirishga xizmat qiladi.
Takrorlash darslari yangi materialni o’rgatish darslaridan tubdan farq qiladi. Yangi materialni o’rgatish darslarida o’quvchilar anglab yetmagan, ular uchun mavhum bo’lgan til hodisalari ustida o’tkazilsa, takrorlash darslari esa o’quvchilar o’rgatilgan, ammo to’lig’icha o’zlashtirilmagan qonun-qoidalarga tayanadi, o’rganilgan bilimlarga rioya qilib faoliyat ko’rsatadi.
Takrorlash darslarida ko’proq turli-tuman mashqlardan foydalaniladi. O’rgatilgan qonun-qoidalarga oid til dalillari ustida o’quvchilarning faoliyati tashkil etiladi. Bu dars tipining yana bir muhim belgisi o’quvchilarda malaka hosil qilishdir. Takrorlash darsining eng muhim xususiyati uning yangi materialni o’rgatish va mustahkamlash darslarining davomi, unga bog’lab tashkil etilishidir.
Bilim va malakalarni umumlashtirish darslari. Bunday darslarda ma’lum mavzu yoki bo’lim bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlar qayta tizimga keltiriladi, mavzu yoki bo’lim yuzasidan yakuniy xulosalar chiqariladi. Bunday darslar o’rganilgan bilim, hosil qilingan malakalarni tizimga keltirish, o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning asosiy shakli hisobanadi. Ta’lim jarayonida bilimlar emipirik va tushuncha darajasida umumlashtiriladi. Emipirik umumlashtirishda o’rgatilayotgan hodisaning his qilingan xususiyatlari o’zaro taqqoslanadi, ikkilamchi bilimlar hisobga olinmaydi, o’xshash belgilar umumiy xususiyat sifatida qabul qilinadi.
Tushuncha darajasida umumlashtirishda ma’lum grammatik hodisaning his qilinayotgan konkret belgilari emas, balki uning umumiy xususiyatlari nazarda tutiladi. Bunda asos qilib olingan xususiyat o’rganilgan hodisalarning bir qanchasi uchun mushtarak hisoblanadi.
Bilim va malakalarni tekshirish darslari. Bu dars tipi ona tili ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunday darslarda o’quvchilarning bilim va malakalarini qay darajada egallaganliklari aniqlanadi, o’tilgan mavzular bo’yicha bundan keyin qilinadigan ishlar belgilab olinadi, o’quvchilarga o’z bilimlaridagi yetishmovchiliklar ko’rsatiladi. Bunday darslarga diktant, insho va bayon yozdiriladigan darslar, test sinovi o’tkaziladigan darslar kiradi.
Ona tili o’qitish metodlari.Ona tili darslarida qo’llanadigan o’qitish metodlari nafaqat bilimlarni bayon qilish yoki uni mustahkamlashga xizmat qilishi, balki o’quvchilarning mustaqil bilim olishni ham hisobga olish, ta’lim jarayoniga izlanuvchanlik va tadqiqotchilik unsurlarini qo’shish orqali ulrni ijodiy faoliyatiga tayyorlash lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, ta’lim metodlarini ikki katta guruhga ajratsa bo’ladi:
1.O’qituvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar.
2.O’qituvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar.
O’quvchi faoliyati bilan bog’liq metodlarni:
1.Bilimlarni tayyor holda bayon etish;
2.Bilimlarini muammoli yo’l bilan bayon qilish metodlariga ajratsa bo’ladi.
O’quvchi faoliyati bilan bog’liq metodlar o’z navbatida qayta xotirlash, qisman izlanuvchanlik va izlashga asoslangan metodlarga bo’linadi.
Bilimlarni tayyor holda bayon qilish metodi. Bu metod ona tili darslarida eng ko’p tarqalgan metodlardan biridir. Bayon yordamida murakkabroq, ayniqsa, o’quvchilarga oldindan ma’lum bo’lmagan ma’lumotlar izohlanadi. Ko’pincha til hodisalarining mohiyatini tushuntirish, o’quvchilar bilimidagi bo’sh tomonlarni to’ldirish, qo’shimcha ma’lumot berish, savollarga javob qaytarish maqsadida bu metodga murojaat qilinadi. Bu metod ham ijobiy, ham salbiy tomonlarga ega. Uning ijobiy tomonlaridan biri vaqtni tejash imkoniyatini tug’diradi. Bu o’z navbatida bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlash va ko’nikmalarni mustahkamlash va takrorlashga ajratilgan vaqt miqdorini ko’paytiradi. Bilimlarni tayyor holda bayon qilishining salbiy oqibatlaridan biri esa bu jarayonda o’quvchining fikrlash faoliyatni ma’lum darajada chegaralanishidir. Ko’p hollarda o’quvchi ta’lim jarayonining faqat tinglovchisiga aylanib qolishi mumkin. Bu metoddan foydalanish uchun quyidagilarga amal qilishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:
- O’qituvchining nutq madaniyatiga e’tiborini kuchaytirish.O’qituvchining nutqi mantiqiy talablarga javob berishi shart: Sodda, mazmunli, ifodali, izchil nutq o’quvchilarda bilimga nisbatan kuchli qiziqish uyg’otadi;
- O’quv materialini qatiy bir reja asosida bayon qilish (qat’iy reja asosida bayon qilingan fikrlarni o’zlashtirish o’quvchi uchun ancha qulay):
- bilimlarni tayyor holda bayon qilish, ishontirish va asoslash. Ishontirish va asoslash o’rgatilayotgan materialga qiziqish uyg’otadi.
Yuqorida sanalganlardan tashqari til hodisalarini sharhlash maqsadida keltiriladigan misollarning ilmiy, badiiy va tarbiyaviy yo’nalishda bo’lishini ta’minlash, o’qituvchi bayoni bilan namoyish etiladigan vositalarni bir-biriga muvofiqlashtirish o’quvchining faollik darajasini oshiradi.
Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo’l bilan bayon qilish metodi. Ma’lumki, izlanishga asoslangan har qanday faoliyat sermahsul faoliyatdir. O’quvchi til hodisalarini tayyor holda o’zlashtirmay, uni izlasa, aktiv ijodiy faoliyat ko’rsatsa, o’zlashtirish jarayoni ancha samarali bo’ladi. Muammoli ta’lim ana shunday izlanish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Bu metod shaxs va uning ijtimoiy faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Ona tili darslarida muammoli vaziyat yaratishning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:
1.Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat yaratish.
2.Til hodisalarini qarama-qarshi qo’yish va taqqoslash asosida muammoli vaziyat yaratish.
3.Til hodisalarini umumlashtirish orqali muammoli vaziyat yaratish.
4.Berilgan matning mazmunidan kelib chiqib, muammoli vaziyat yaratish.
Qayta xotirlashga asoslangan metodlar. Mazkur metod o’quvchi oldida muayyan bir qiyinchilik yaratmaydi va u tayyor o’quv materiali bilan ish ko’radi. O’rganilgan ish hodisalarini xotirada tiklash, topshiriqni to’laligicha muayyan andaza yoki namunaga qarab bajarish kabi topshiriqlar shunday topshiriqlar sirasiga kiradi.
Qisman izlanuvchanlik metodi. Qisman izlanuvchanlik metodi tarkibida qayta xotirlash asosiy o’rinni egallaydi. Chunki o’quvchi ona tilidan egallangan bilimlariga tayanmay turib, uni yangi sharoitda qo’llay olmaydi. Ona tili mashg’ulotlarida bajariladigan qator mustaqil ish turlari:
a) nuqtalar o’rniga zarur harflar, kelishik qo’shimchalari, so’zlarni topib qo’yish;
b) ma’lum bir so’zni uning ma’nodoshi, uyadoshi, qarama-qarshi ma’noli so’z bilan almashtirish;
v) berilgan gaplar yoki matnlarning mazmunini saqlagan holda shaklini o’zgartirish;
g) berilgan tayanch so’zlar yoki so’z birikmalaridan foydalanib, gaplar yoki matnlar tuzish o’quvchilardan qisman izlanishni talab etadi.
Izlanishga asoslangan metodlar. Izlanish til materiallarini ijodiy faoliyat ko’rsatish yo’li bilan o’rgatish demakdir. Shubhasiz, o’quvchi ona tili mashg’ulotlarida ma’lum bir yangilik kashf etmaydi, balki berilgan ma’lumot mazmunini ijodiy yo’l bilan o’rganadi. Bu metod o’quvchidan oldin o’rgatilganlarni tamoman yangi sharoitda qo’llashni talab etadi. Ona tili mashg’ulotlarida yoziladigan insholar, o’qilgan badiiy asarga taqriz yozish, maqola yozish, ilmiy ma’ruzalar tayyorlash o’quvchidan hech qanday andaza yoki tashqi yordam olmasdan bajariladigan asosiy ishlardir.
Maktablarda ona tili o’rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo’ygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’Iib, ularni bajarish o’quvchilar ongini o’stirishga, ularga g’oyaviysiyosiy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini berishga yo’naltirilgan. Ona tilini o’rgatish natijasida o’quvchilarda o’z fikrini grammatik to’g’ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to’g’ri yoza olish ko’nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o’quv predmeti sifatida o’zbek tilining o’ziga xos xususiyati bo’lib, o’quvchini Shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilgan umumta’lim vazifalari bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.
Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o’zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); so’zlarning o’zgarishi va gapda so’zlarning bog’lanishi haqidagi (grammatik, ya’ni morfologik va sintaktik); so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalish usuliari haqidagi (so’z yasalishiga doir); so’zlarning leksiksemantik guruhi haqidagi (leksikologik); o’zbek tilining to’g’ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuatsion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonetik, so’z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuatsion qoidalarda namoyon bo’iadi. Bundan tashqari, o’zbek tili kursi fonetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa ko’nikma va malakalarni ham o’z ichiga oladi.
Tilni o’rganish jarayonida o’quvchilarda boshqa ko’pgina o’quv predmetlari uchun umumiy bo’lgan ko’nikmalar (predmetlararo ko’nikmalar) ni hosil qilish ustida ham ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo ko’nikraalarga analiz, sintez, abstraktlashtirish (til hodisalarini fikran tasawur etish), umumlashtirish, guaihlash, taqqoslash kabilar kiradi. Ushbu ko’nikmalarni o’quvchilarda shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash ularning o’quv faoliyatini faollashtirishga, bilimlarini muvaffaqiyatli egallashlariga tmkoniyat yaratadi. Ona tili kursidan hosil qilinadigan maxsus ko’nikmalar bilan predmetlararo ko’nikmalar, birbiridan ajratilmagan holda o’quvtarbiyaviy jarayonda shakllantiriladi. Beriladigan bilim va o’quvchilarda hosil qilinadigan maxsus ko’nik/malar maktab dasturlari va davlat taMim standartida qayd etilgan.
Boshlang’ich sinflarda o’rganish uchun tilni ongli egallashga va o’quvchilarda grafik va imloviy malakalarni shakllantirishga zamin bo’ladigan bilimlar tanlangan. Fonetika va grafika sohasida o’quvchilar so’zning tovush tarkibini, unli va undosh tovushlarning o’ziga xos xususiyatlarini, so’zda tovushning ma’noni farqlashdagi ahamiyatini to’g’ri tushunishga imkon beradigan bilimlarni o’zlashtiradilar, shuningdek, ularga so’zning tovush va grafik shakli o’rtasidagi nisbat (bog’lanish)ni ongli aniqlash, so’zni to’g’ri yozish imkoniyati yaratiladi. Morfologiya sohasidan ham so’zni ongli o’zlashtirish, uni to’g’ri ishlatish uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan bilimlar tanlangan. Boshlang’ich sinf o’quvchilari 1sinfdan boshlab so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l)ni har xil saviyada o’rganadilar.
Sintaksisdan dasturga nutq birligi sifatida gap haqidagi, gapda so’zlarning bog’lanishi, bosh va ikkinchi darajali bo’laklar haqidagi bilimlar kiritilgan. So’zning morfemik tarkibi yuzasidan har bir morfemaning muhim belgilarini, ularning ahamiyati va so’zda birbiriga ta’sirini boshlang’ich sinf o’quvchilari tushunadigan va so’zlarni to’g’ri yozishda foydalanishlari uchun zarur bo’lgan hajmda ma’lumot berilgan.
Dasturda ,,Leksika» bo’limi alohida berilmagan, ammo o’quvchilar so’zIarning leksiksemantik guruhlari (sinonimlar, antonimlar) haqida, ularning leksik ma’nolari haqida so’z turkumlari va so’z tarkibini o’rganish jarayonida ma’lumot oladilar.
Boshlang’ich sinflar ona tili kursi 1 —4sinflarda tilning hamma tomonlarining o’zaro bog’liq holda o’rganilishi hisobga olinib tuzilgan, har bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va so’z yasalishi haqida elementar bilim beriladi. Kursning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini birbiriga o’zaro ta’sir etadigan bir butun hodisa sifatida o’rganishni taqozo etadi. Tilni o’rganishga bunday yondashish ta’litn jaryonini o’quvchilar nutqini o’stirish vazifasini hal etishga yo’naltirish imkonini beradi.
Dasturning ,,Grammatika, imlo va nutq o’stirish» bo’limi har bir sinfda quyidagicha qismlarni o’z ichiga oladi: ,,Tovushlar va harflar», ,,So’z», ,,Gap», ,,Bog’lanishli nutq». Asosiy mavzularbosqichli izchillik tamoyiliga asoslanib, har to’rt sinfda o’rganiladi. Har bir sinfda yetakchi mavzular ajratiladi. 1—2sinfda fonetika va grafikaga oid mavzularni o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini egallaydilar. 3sinfda so’zning morfemik tarkibi va gapni o’rganish muhim hisoblanadi. So’z yasalishiga doir bilimlar asosida o’quvchilarda so’zning leksik ma’nosiga, undan nutqda foydalanishga ongli munosabat o’sadi. 4sinfda so’z turkumlarini o’rganish birinchi o’ringa qo’yiladi (morfologik bilim chuqurlashtiriladi, otlarning egalik va kelishik qo’shirnchalarini, fe’llarning tuslovchi qo’shimchalarini to’g’ri yozish maiakalari shakllantiriladi).
Bog’lanishli nutq ustida to’rt yil davomida grammatik va orfografik materiallarni o’rganish bilan bog’liq holda reja asosida ish olib boriladi.
Ona tili darslarida til hodisalari ma’nosi (semantikasi), qurilishi, vazifasi jihatidan o’rganiladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab jamiyatni isloh qilish siyosatini kun tartibiga qo’ydi. Barcha sohalardagi kabi ta’lim sohasini isloh qilish siyosati ham izchillik bilan amalga oshirila boshlandi.
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha Yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti ham mustaqillik davridagi tajribalar natijasi sifatida maydonga keldi. U boshlang’ich ta’lim darsiiklari va metodik qo’llanmalarining yangi avlodini yaratishda dasturulamal vazifasini o’tamoqda.
Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standartining ,,Kirish» qismida
,,Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’zo’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urfodatlarni o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi», deb alohida ta’kidlangan.
Boshlang’ich ta’lim oldiga qo’yilgan bu kabi talablarni amalga oshirish ta’lim mazmunini aniq belgilab olishni, o’qitishga yangicha yondashuvni taqozo etadi.
Davlat ta’lim standartida ta’kidlanganidek, ,,Boshlang’ich ta’lim bosqichida davlat va jamiyat tomonidan qo’yiladigan talab»da ta’lim sohalari bo’yicha o’zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg’unlik to’la ta’minlangan bo’lmog’i kerak. Shu jihatdan boshlang’ich ta’lim standartini belgilash ta’lim jarayonining tarkibini va xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich ta’lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash imkonini beradi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili ta’limi mazmuni ta’limning mazkur bosqichiga qo’yilgan talablardan kelib chiqib belgilanadi.
,,Ta’lim to’g’risida»gi qonunda ,,Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir», deyiladi. Shundan kelib chiqqan holda ,,Boshlang’ich sinflarda ona tili ta’limining maqsadi, vazifalari sifatida DTSda quyidagilar belgilab berilgan:

  1. …bolaning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olish, o’zgalar fikrini anglashi, o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo’la olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.

  2. …o’z fikrini savodli, mantiqiy izchillikka rioya qilgan holda bayon eta olishga o’rgatish.

  3. …yozma nutq belgilarini talaffuzda ifodalash, matnni ifodali o’qiy olish ko’nikmasini shakllantirish.

  4. o’qish sur’atini oshirish, ta’limning shu bosqichi uchun xos bo’lgan sidirg’a o’qishni egallashlariga erishish.

  5. Fikrni yozma bayon etish bo’yicha belgilangan quyidagi ko’nikmalarni egallash:

  6. fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi;

  7. tavsifning mavzuga muvofiqligi va itrakammalligi;

  8. tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasi;

  9. imloviy savodxonlikni egaHashlariga erishish.

Bularni amalga oshirish ona tili ta’limi siklidagi fanlarning, ya’ni savod o’rgatish, o’qish va ona tilining vazifasidir.
Bu vazifalarni ado etish ko’p jihatdan ta’lim mazmunni to’g’ri belgilashga bog’liq. Ona tili ta’limi mazmuni aniq va ilmiynazariy jihatdan to’g’ri belgilansagina, oldinga qo’yilgan talablar to’liq bajariladi.
Ma’lumki, DTSida belgilab berilgan ona tili ta’limi mazmuni aniq mavzular va til materiallari asosida dastur va darslikda o’z ifodasini topadi. Ular biri ikkinchisining ijrochisi bo’iib, birbiriga muvofiq kelishi lozitn.
Xulosa qilib aytish murrikinki, boshlang’ich sinf ona tili mazmuni metodist olimlarning ko’p yillik kuzatishlari, tajribalari, tajriba natijalarining tahlili asosida takomillashtirilib kelinmoqda. Ayniqsa, ona tili o’qitishning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Boshlang’ich sinflarda ona tili darslarining turlari ya ularga qo’yiladigan talablar
Darsning umumiy tasnifi. Maktabda dars o’quvtarbiya jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Dars ta’limtarbiyani amalga oshirishning eng qulay va eng zarur omilidir.
Darsga qo’yiladigan umumiy talablar quyidagilar:


  1. Download 65.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling