Mavzu: Oppozitsion tahlil, komponent tahlil, bevosita tashkil etuvchilar bo‘yicha tahlil metodlari


Download 16.26 Kb.
Sana19.09.2023
Hajmi16.26 Kb.
#1681175
Bog'liq
7-Mavzu Oppozitsion tahlil


Mavzu: Oppozitsion tahlil, komponent tahlil, bevosita tashkil etuvchilar bo‘yicha tahlil metodlari

Oppozitsiya - qarama-qarshi qo‘yish, zidlov metodi tildagi birliklarning paradigmatik tasnifi uchun qo‘llaniladi. Tildagi barcha birliklar bir-birlariga qarama-qarshi bo‘lib, o‘zaro so‘z, morfema, so‘z birliklari, turli grammatik konstruktsiyalarni va gaplarni farqlaydi. Oppozitsiya metodi yordamida tildagi birliklar o‘rtasidagi turli qarama-qarshiliklarning umumiy turlarini aniqlash mumkin (bir o‘lchovli - a: b; ko‘p o‘lchovli- a: b:c:d: kabi). Bu zidlovlarning a`zolari o‘rtasidagi munosa-batlarni proportsional va vakkalangan. privativ (+, - belgisi bo‘yicha), poғonali (gradual) (masalan, |i-a|o‘rtada |e|ni "sakrab" o‘tiladi, yoki qaratqich kelishigi bilan chiqish kelishi-gi oppozitsiyasi o‘rtasidagi boshqa kelishiklarni tushirib qoldirishga asoslangan), teng huquqli (ekvipolent) oppozitsiya (masalan, jp-t||t-k|bir hil belgili: portlovchi, jarangsiz) sifatida qaraladi [Bu oppozitsiyalar lisoniy va mantiqiy jihatdan asoslangan.

Komponent tahlili metodi ko‘proq semantikada so‘zlarning ma`nolarini chuqurroq o‘rganishda qo‘llanadi. Bunda so‘zlarning ma`nolari ularning farqlanuvchi semantik belgilari - semalar yordamida tahlil qilinadi. Masalan, chelak va butilka so‘zlarining senia tarkibini tahlil qilsak, chelak - aylana shaklda, qo‘l ushlagichi bor, oyoғi yo‘q, qopqoғi bor yoki yo‘q, bo‘yni yo‘q idish bo‘lsa, butilka - oynadan qilingan, suyuqlik solinuvchi, chuqur, qo‘l ushlagichi va oyoғi yo‘q idish hisoblanadi. Komponent tahlil asosida tildagi so‘z turkumlarining va hatto gap tarkibida ishtirok etgan bo‘laklarning semantik belgilari aniqlanishi mumkin.
Maydon metodi. Bu metodni leksik-semantik maydon yoki grammatik-leksik maydon [Guliga E.V., SHendel’s E.N. Grammatiko-leksicheskie polya v nemetskom yazike. M., 1968, - s. 5-17] va ba`zan maydon nazariyasi [Our G.S. Teorii polya v lingvistike. M., 1974], deb yuritishadi. Albatta, uning qo‘llanishiga ko‘ra nomini atash mumkin. Jumladan, so‘zning barcha ma`nolarini aniqlashda semantik maydon metodi qo‘llanadi. Grammatikada turli so‘z turkumlarining ma`nolari o‘rganilsa, ularni grammatik-leksik maydon metodi yordamida o‘rganiladi. Bunda eng ko‘p qo‘llanuvchi leksik-grammatik birlikning ma`nosi uning, yadrosi, kam qo‘llanuvchilari pereferiyasi deb nomlanadi.

Tilshunoslikda hali noma`lum bo‘lgan tillarni ilmiy o‘rganishda qo‘llanuvchi “maydon tilshunosligiq”ni maydon metodi bilan aralashtirmaslik kerak. Maydon tilshunosligi o‘rganilayotgan til ona tili bo‘lgan shaxsni (uni odatda “informant” deyiladi) turli anketa va testlar yordamida savollarga javob olish yo‘li bilan material to‘playdi, fonetik transkriptsiya qo‘llaydi, tildagi asosiy fonologik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlarni to‘plab tahlil qiladi, ba`zi taxminiy fikrlarini keltiradi va zarur bo‘lsa tarjimadan foydalanadi.

Maydon tilshunosligida qo‘llanuvchi tamoyil va vositalar tillarni qadimiy o‘rganish yo‘llarini eslatadi. Bu usullar qalam va qoғoz yordamida tilni biluvchi shaxslarning talaffuziga quloq solib, ulardagi xususiyatlarni aniqlashni yodga soladi. Tilni o‘rganishda, umuman, kuzatish, tavsif qilish, qiyoslash, tajriba (eksperiment) o‘tkazish, distributsiya, tranformatsiya, ma`no maydonini aniqlash, xarita tuzish (til yoki shevaning tarqalgani haqida – uni lingvogeografiya deyiladi), turli til birliklari, elementlari va vositalarini statistik tekshirish yordamida qancha va qaerda uchrashi metod va tamoyillari qo‘llanadi.


Download 16.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling