Badiiy tahlil asoslari


Download 280.19 Kb.
bet1/19
Sana15.11.2023
Hajmi280.19 Kb.
#1774896
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Badiiy tahlil asoslari


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OILY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND
DAVLAT UNIVERSITETI

O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKUL’TETI


HOZIRGI ZAMON O’ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI
BADIIY TAHLIL ASOSLARI

(Ma’ruza matnlari)


U. Qobilov

SAMARQAND – 2014


I –MAVZU


"BADIIY TAHLIL ASOSLARI" FANINING ASOSIY XUSUSIYATLARI, MAZMUN MOHIYATI


REJA:
1. "Badiiy tahlil asoslari" fanining predmeti.
2. "Badiiy tahlil asoslari" fanining ijtimoiy ahamiyati.
3. "Badiiy tahlil asoslari" fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
4. "Badiiy tahlil asoslari" fanining taraqqiyot istiqbollari.


Tayanch tushunchalar:
Tahlil, Talqin, Hermenevtika, Interpretatsya, Semyotika, Semosologiya, Sharh, Ta’vil, Tafsir, Badiiy tahlil, Badiiy tahlil idroki, Ma'naviyat va badiiy asar, Adabiyotshunoslik va tahlil, Tahlil va ma'naviyat.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. I. A. Karimov. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent:“SHarq”nashriyot-matbaa kontserni bosh tahririyati. 1999 yil
2. H. Umurov. Badiiy ijod mo’jizalari. – Samarqand:” Samarqand”,1992 yil
3. Mustaqillik davri adabiyoti. – Toshkent: G. Gulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2001yil
4. I. Sulton. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O’qituvchi 1980 yil
5. Aristotel. Poetika. – Toshkent: Fan, 1980yil
"Badiiy tahlil asoslari" kursi filolog mutaxassislarni badiiy asar bilan professional darajada ishlashga urgatish omilidir. Dunyoning kupgina universitetlari, shuningdek, MDHning Rossiya ,Qozogiston, Ukraina singari mamlakatlardagi universitetlarning filologiya fakultetlarida anchadan buyon "Badiiy tahlil" yoki "Hermenevtika" alohida predmet sifatida urganilayotir.Badiiy tahlildan xabarsizlik yoki bu borada yetarli malakaga ega bo’lmaslik oliy filologik ta'limni samarasiz qiladi. Uzbek adabiyotshunoslik ilmining dunyo adabiyottanuvi darajasidan orkadaligi, xermenevtik usullardan yiroqligi, psixoanalitik, strukturalizm imkoniyatlaridan foydalanolmasligi, badiiy talqinning, asosan, sotsiologik interpretatsiya tusida ekanligi badiiy tahlil nazariyasini bilmaslik amaliyotini uzlashtirmaganlik oqibatidir. Badiiy asar tahlili juda qadim zamonlardan buyon ilm egalarining diqqatini tortib kelgan. Shuning uchun ham unga olimlar tomonidan turlicha ta'rif berib kelingan. Badiiy tahlil SHarq adabiyotshunoslik ilmida azaldan muhokama mavzusi bo’lgan. Forobiy, Axmad Taroziy, Navoiy,Bobur singari mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga doir islomiy-turkiy qarashlar aks etgan. San'at inson evristik faoliyatining eng oliy ko’rinishidir. Badiiy adabiyot san'atning boshqa turlari orasida alohida mavqega egadir. Chunki u inson ma'naviyatini shakllantirishda asosiy o’rin tutadigan vositadir. Goyat ko’p o’lchovli murakkab butunlik bo’lmish badiiy adabiyot o’quvchi tomonidan o’qilib, his etilib, anglanib olingandagina ta'sirchan estetik-ma'naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go’zallik ma'naviyatga ta'sir ko’rsata olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot o’qitishda badiiy asar tahlili alohida mavqega, ahamiyatga egadir. Adabiy ta'lim oldidagi bosh maqsadga erishish uchun filolog mutaxassis badiiy asarni tahlillash yullarinipuxta egallab olishi shartdir. Badiiy matn tahlilisiz barkamol shaxs shakllantirilishi amalga oshmaydigan orzudir, xolos. Chinakam badiiy tahlil bo’lmagan joyda badiiy matn o’quvchiningtuygulariga ta'sir etmaydi, ma'naviyatining shakllanishiga xizmat qilmaydi. Mafkuraviy adabiyot o’qitish, aslida, badiiy asarsiz adabiy ta'lim edi. Bunda badiiy matnning uzi bilan emas, balki undan chiqarilishi mumkin buo’lgan ijtimoiy ma'no bilan ko’zlanar edi, xolos. Natijada, adabiyot o’q’itish quruq nasihat, yalangoch aqidaparastlik, siyosatshunoslik, jamiyatshunoslikka aylanardi. Bu faqat O’zbekiston adabiy ta'limigagina xos xususiyat bulmay, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan barcha o’lkalarda ham ahvol shu edi. Sovet Ittifoqi atalmish bepoyon imperiyaning hamma joyida ham talabalarga yalangoch haqiqatlar, zerikarli aqidalar, sinfiy kurashlar mohiyatiga daxldor umumlashmalar, adiblar hayotiga doir ma'lumotlar singari axborotlarni yetkazish adabiy ta'lim deb qaralar, yoshlar chinakam badiiy so’z ta'mini his qilishdan, adabiy asar matnidan bevosita zavqlanishdan uzib quyilgan edi. Jamiyat a'zolarining biror ilmiy haqiqatni bilmay qolishi jamiyat uchun ham, shaxsning o’zi uchun ham jiddiy yo’qotish bo’lmagani holda, biror ma'naviy qadriyatni, axloqiy sifatni uzlashtirmaganligi chinakam fojiadir. Mamlakatimiz o’rta maktablarida tahsil ko’rgan har bir kishi Pifagor teoremasini yoxud suvning kimyoviy tarkibi nimadan iborat ekanligini tutilmay aytib beroladi. "Tugri burchakli uchburchak gipotenuzasi kvadrati katetlar kvadratlari yigindisiga teng" ekani haqidagi ma'lumot ta'lim tizimi uchun uzlashtirish nihoyatda zarur haqiqat hisoblanadi. Holbuki, bu ta'rifni uzlashtirish yoki uzlashtirmaslik na tabiat, na jamiyat, na shaxs rivojiga hal qiluvchi ta'sir ko’rsata oladi. Eng muhimi, mazkur haqiqatni bilish o’quvchi ma'naviyatiga, qalbiga deyarli daxl qilmaydi. Pifagor teoremasini bilganda ham, bilmaganda ham kishining, uni urab turgan olamning mohiyati uzgarishsiz qolaveradi. Lekin hazrat Navoiyning:
Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushdi o't,
Yo'q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushdi o't.
matla'li, yoki:
Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas.

tarzida boshlanadigan g'azallari bilan tanishgan, ularning badiiy jozibasi va mantiqiy qudratidanxabardor bo'lgan odam uchun olam ham, odamlar ham, hayot ham boshqacharoq bo'lib qolishianiq. Demak, asl badiiy asar odamning o'zida, uning tabiatida, ma'naviyatida evrilish sodir qiladi. Abdulla Oripovning har satridan insoniy dard balqib turuvchi "O'ylarim" she'ridagi quyidagi satrlar o'quvchi tuyg'ularida o'zgarish yasashini inkor etib bo'ladimi:


Olti oykim, she'r yozmayman, yuragim zada,


Olti oykim, o'zgalarga tilayman omad.
Olti oykim, do'stlarim ham pana-panada
Iste'dodim so'nganidan qilar karomat.
Nimanidir axtaraman she'rdan ham ulug',
Nimanidir qidiraman nondan azizroq.
Dunyo o'zi bepoyonku ranglarga to'lug',
Biroq mening ko'zlarimdan ranglar ham yiroq.
...She'r izlayman bukun Toshkent ko'chalarida,
Sekingina zirqiraydi beorom qalbim.
Men umrimning bu suronli kechalarida
Na bir taskin topa oldim, na she'r topoldim.
...Ta'na qilmay axir sevgim mukofotini
Inson uchun ming otashda kuyar edim men.
O, qanchalar sevar edim inson zotini,
qanday buyuk muhabbat-la sevar edim men.
Bugun to'nib atrofimga qarayman g'amgin,
O't berolmas, qalbga endi u yoshlik damlar.
Men insonni bir insonday sevardim, lekin
Nechun ko'pdir haligacha razil odamlar...


Haqiqiy badiiyat, anglangan va anglatilgan go'zallik kitobxonning ma'naviyatigagina emas,tafakkuriga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi, uning shaxs sifatida shakllanish jarayoniga to'g'riyo'nalish beradi. Badiiy adabiyotni faqat hayotiy savollarga javob beradigan, o'quvchilarni yashashga o'rgatadigan amaliy vosita tarzidagina taqdim qilish zararlidir. Chunki badiiy adabiyot savollarga javob bermaydi, balki kitobxon oldiga savollar qo'yadi. Shuningdek, u yoki bu tarzda yashash kerak deb tavsiya ham bermaydi, yo'l ko'rsatmaydi. Chunki inson tabiatining, hayotiy vaziyatlarning sanoqsizligi, hisobsiz muqobillarga egaligi bu xil tavsiyalarni darrov samarasiz qiladi. Mabodo, adabiyot biror buzilgan narsani tuzatsa ham, faqat muhabbat dorisi bilan, insoniylik malhami bilan tuzatadi. Saksoninchi yillardan boshlab, adabiy ta'limda asar tahlilining hal qiluvchi ahamiyati anglanadigan bo'ldi. O'sha anglanishning, asar tahlili inson ma'naviyatining shakllanishida tutgan yuksak mavqei tan olinishining natijasi o'laroq "badiiy tahlil" yoki "Hermenevtika" singari yangi filologik fanlar paydo bo'ldi hamda bir qator respublikalardagi oliy maktablarning filologiya fakultetlari o'quv rejalariga kiritilib, o'qitila boshlandi. Afsuski, filolog mutaxassislarning ham badiiy tahlil madaniyati g'oyat past, oliy maktablarni bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislarda san'at asarlarini tahlil qilish ko'nikmalari shakllantirilishi lozim. Mazkur fan milliy adabiyotshunoslik tomonidan nazariy jihatdan ishlab chiqilmoqda. Xullas, hozirgi kunda, xuddi madaniy saviyasi baland mamlakatlarda bo'lgani singari, "Badiiy tahlil" ilmini yaratish hamda uning oliy o'quv yurtlari filologiya fakultetlarida o'qitilishiga erishish o'zbek adabiyotshunosligi oldidaga muhim vazifalardan biridir. Shuning uchun ham "Badiiy tahlil asoslari" kursining o'zbek filologik ta'limidagi xermenevtik yo'nalishdagi dastlabki fan sifatida o'qitilishi katta ma'rifiy ahamiyat kasb etadi. Qachonki, bo'lajak filolog badiiy asarlarni tahlil etish yo'l-yo'rig'ini fanniy asoslarda o'rganmas ekan va har qanday janrdagi asarni tahlillay olish malakasiga ega bo'lmas ekan, adabiy ta'limdan kuzatilgan maqsad to'liq amalga oshmaydi. Adabiyot o'qituvchisi nochorligicha, adabiyot darslari zerikarliligicha, asardan chiqariladigan xulosa "ijtimoiy nasihat"ligicha qolaveradi. Tahlil g'arib bo'lganligi uchun adabiyot o'qitish jarayoni oldiga qo'yilgan bosh maqsad, ya'ni barkamol shaxsni shakllantirishga erishilmaydi, uning o'rniga quruq va yoqimsiz nasihat bilan o'quvchilarni haqiqiy adabiyotdan bezdirish, binobarin, ularning ma'naviyatini kambag'allashtirish davom etaveradi. Adabiyot mutaxassislari tahlillash malakasiga yetarlicha ega bo’lmaganliklari uchun talabalarga nima "berish"ni ham, ulardan nimani "olish"ni ham bilishmaydi. Shu bois, adabiyot darslarida talabalar zimmasiga goyat yengil va keraksiz "yuk" qo’yiladi. Yengil-elpi talabalarning hayolotini ishga solmaydigan, aqlini zuriktirmaydigan "javob"lar adabiyot bo’yicha ijobiy baho olish uchun yetarli hisoblanib kelinadi. Chunonchi, fizika darsida butun olam tortilish qonunini yaratish uchun Nyutonning boshiga tasodifan tushib ketgan olma turtki bo’lganini aytgan, ammo qonunning mohiyatini bilmagan o’quvchiga "yomon" baho qo’yiladi va tugri qilinadi. Ammo "Xamsa" asarining 2,5 yil mobaynida yaratilgani va uning besh dostondan iboratligini bilgan talabaga, garchi u "Xamsa"ni ochib ko’rmagan bo’lsa-da, "yomon" baho quyish mumkin emas! Chunki adabiyot perdmeti uchun o’sha "bilim" ham yetarli! Badiiy asar matni bilan ishlashni uz faoliyatining markaziy masalasi deb hisoblamaydigan adabiy ta'lim muvaffakiyatsizlikka mahkumdir. Badiiy tahlilsiz adabiy ta'lim ma'naviyatsiz shaxs, bilimsiz mutaxassis demakdir. Yangilangan milliy adabiyotshunosligimiz o’z oldiga ma'naviyati yuksak shaxslarni shakllantirish maqsadini qo’yayotgan ekan, adabiy ta'limda badiiy tahlil hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi shubhasizdir. Malakali badiiy tahlil bo’lmagan joyda mu'jizaviy asarning sehri, siri, jozibasi yo’qqa chiqadi, uning zamiridagi badiiy va hayotiy ma'no payqalmay qolaveradi. Adabiyot o’qitishda badiiy tahlilga e'tibor goyat sust bo’lganligi uchun ham millat ahlining bir necha avlodi Navoiy, Bobur, Mashrab va Qodiriysiz yashab kelmoqda. Chunki yoshlarga daho ijodkorlarning asarlariga xos badiiy jihatlar butun kulami, kup qirraliligi bilan yetkazib berish mexanizmi ishlab chiqilgani yuq. Badiiy tahlil yullari uzlashtirilmaguncha o’quvchilar haqiqiy adabiyotni yengil-elpi, ommaviy bitiklardan farqlay olmay yuraveradilar. Bu holat ularni haftafahmlikka, badiiy daltonizm (shabko’rlik)ga, didsizlikka olib boradi. Estetik shabko’rlik, didsizlik kishini ma'naviy bepisandlik va axloqiy loqaydlikka olib keladi. Adabiy asarni tahlil qila olmagan, binobarin, undan ta'sirlana bilmagan kishi ma'naviy qadriyatlarga mensinmay qaraydigan bo’ladi. Chunki bunday kishiga uzgani his etish - begona. Unda tor amaliyotchilik, manfaatparastlik illatlari xuruj qilish imkoniyati katta. Shuning uchun ham badiiy tahlilni amalga oshirish oddiy didaktik yumush emas, balki o’ta muhim ma'naviy tadbir hamdir. "Badiiy tahlil asoslari" kursining boshqa biror fan bevosita shugullanmaydigan o’z predmeti mavjud. Ya'ni uzbek filologik ta'lim tizimida mavjud bulgan birorta fan bevosita badiiy matnni tahlil kilish yullarini urgatish bilan shugullanmaydi."Badiiy tahlil asoslari" fani ulkan ijtimoiy-estetik ahamiyatga egadir. Asosli ilmiy tahlil bo’lmagan joyda badiiy asar tula anglanmaydi. Badiiy matnni tula anglamagan filolog uzgaodamning ma'naviyatini shakllantirishda samaraga erisha olmaydi. Holbuki, filologlar millat ahlima'naviyatini shakllantirishga mas'ul bo’lgan kasb egalaridirlar. Jamiyat a'zolari hayotida badiiyadabiyotning baland martabadaligi, ta'lim tizimida adabiyot alohida imtiyozli mavqeda turishining sababi uning ulkan ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqadi. Ma'naviiy- axloqiy qadriyatlar ham shu yunalishdagi muayyan tajribalarni uzlashtirishdan kelib chiqadi. Bu xil tajriba har bir odamning uz boshidan kechirilishi shart emas. Balki badiiy asar qahramonlari holatini anglash, ularning hissiyotlari, tuygulari junbushga kelganligi sababini tushunish kishida xuddi usha qahramonlarniki singari sezimlarning shakllanishiga sabab bo’ladi."Badiiy tahlil asoslari" fanining o’ziga xos tadqiqot metodlari ham mavjuddir. Chunonchi,komparavistika, kuzatish, dalillash, deduksiya, induksiya, umumlashtirish, shartlilik, psixologikasoslanganlik singari metodlar mazkur fanga doir xulosalarni chiqarishda qullaniladigan ilmiy tadqiqot usullaridir. Bu tadqiqot metodlari fanning boshqa sohalarini tadqiq etishda boshqachayusinda ishlatiladi. Tilga olingan ana shu uch omil "Badiiy tahlil asoslari" kursining alohidafanligini ta'minlaydi.

Download 280.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling