Badiiy tahlil asoslari


III –MAVZU BADIIY TAHLILDA FALSAFIY VA MILLIY ASOSNING O'RNI REJA


Download 280.19 Kb.
bet3/19
Sana15.11.2023
Hajmi280.19 Kb.
#1774896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Badiiy tahlil asoslari

III –MAVZU
BADIIY TAHLILDA FALSAFIY VA MILLIY ASOSNING O'RNI REJA:
1. Olamni estetik idrok etish, badiiy tasvirlash va ijodkor dunyo qarashi.
2. Ijodkor badiiy qarashlari tizimining shakllanishida falsafiy asoslarning o’rni.
3. Badiiy tasvir va milliy mansublikga doir xususiyatlar.
4. Falsafa va badiiy ijod, falsafiy-badiiy fikirlash tarsi.
5. Olamni badiiy idrok etish va tasvirlashda tasavvuf ta'limotining o’rni.


Tayanch tushunchalar:
Dunyo qarash va badiiy ijod, Olamni estetik tushunish va tushuntirish, Falsafa va
Dunyo qarash, Moddiyunchilik, Mimesis, Kalom falsafasi, Tasavvuf, Tajalli.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati:
1. T. Boboev. Adabyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 2000 yil
2. M. Qo’shjonov. Hayot va mahorat. – Toshkent:Fan, 1962 yil
3. I. Haqqul. She’riyat – ruhiy munosabat. – Toshkent: 1998 yil
4. U. Qobilov. Ilohiyot va badiiyat. – Toshkent: 2008 yil
5. M. Gorkiy. Adabiyot haqida. – Toshkent: 1955 yil
Tayaniladigan ma'naviy va nazariy asoslarning soglom aqlga, haqiqiy san'at tabiatiga, milliy qadriyatlar tizimiga yaqin bo’lishiga yetarli e'tibor kilingandagina yangilangan ilmiy tafakkur amaliy ahamiyat kasb etadi, ya'ni ishlay boshlaydi. Shundagina, milliy adabiyotimizning asl namunalari qaysi davrda yaratilganligidan qat'i nazar o’zlarining haqiqiy estetik tahlilini, talqinini topishi mumkin bo’ladi.
Badiiy tahlilda falsafiy-metodologik asos muhim o’rin tutadi. Chunki dunyo va uning hodisalariga yondashuv tarzi belgilab olinmay turib, olamni tugri estetik idrok etish va tasvirlashmumkin emas. Falsafiy asos tugri bo’lmaganligi uchun ba'zan yaxshi bilan yomon, xunuk bilanguzallik tushunchalariga yondashuv tamomila noto’gri, gayri ilmiy xarakter kasb etishi mumkin. Istbqlolgacha adabiyotshunoslik tahlilga, asosan, moddiyunchi falsafaga asoslanib yondashishga majbur etildb.. Natijada, kupincha, islomiy tafakkur tarzining mahsuli bulmish badiiy hodisalar mohiyatini anglash uning siru sanoatlarini ochish mumkin bo’lmay qoldi. Arastu badiiy asarni taqlid-mimesis natijasi deb izohlagan. Agar estetik hodisa mimesis natijasi bo’lsa, adabiy tur va janrlar olamdagi barcha xalqlarda bir xilda bulishi lozim edi. Negaki, barcha xalqlarni deyarli bir xil borliq o’rab turadi. Binobarin, taqlid ham deyarli bir xilda amalga oshirilgan bo’lardi. Holbuki, to XX asrga qadar ham bir qator xalqlar adabiyotida, jumladan, o’zbek adabiyotida dramatik tur mavjud emasdi. Shuningdek, "Alpomish" yusinidagi yirik xalqdostonlari ham hamma millatlarda ham mavjud emas. Falsafiy asos, tayaniladigan nazariy suyanch badiiy hodisa mohiyatiga jiddiy ta'sir ko’rsatishi mumkin. Jumladan, turkiy adabiyot namunalari islomdan oldingi davrda tamomila o’ziga xos yunalishda rivojlangan. Bunga toshbitiklar, Issiq qo’rgonidan topilgan, Selengurda saqlanib qolgan adabiy yodgorliklar tonugdir. Falsafiy asosning turlichaligi ayni bir badiiy hodisani tamomila har xil izohlashga sabab bo’lishi mumkin. Shu bois o’zbek filologlari turlicha falsafiy yunalishlardan xabardor bo’lganliklari holda milliy falsafiy asosga tayanishlari shart. Badiiy asarda aks etgan milliy xususiyatlar hisobga olingandagina tahlil to’laqonli chikishi mumkin. Har qanday estetik hodisa muayyan milliy zaminda paydo bo’lganligi uchun ham uni tushuntirish va tadqiq etishda o’sha zaminga xos xususiyatlar hisobga olinishi lozim. Biror millat uchun ezgulik yoki guzallik namunasi hisoblangan hodisa ikkinchi bir millat nazarida yovuzlik va qabohat deb qaralishi mumkin. Chunonchi, o’zbeklar uchun guzallik timsoli bo’lmish oy ruslar uchun loyqaydlik, befarqlik ramzidir. "Qizil va Qora", "Bovari xonim" asarlaridagi de Renal xonim va Emma obrazlari Farb kitobxonlari uchun inson hurligi, nazokat hamda erkin muhabbat timsoli sanalsa, o’zbek kitobxonlarida, ko”pincha, bu ayollar buzuq kimsalar sifatida taassurot qoldiradi. Milliy mansublik hisobga olingan tahdirdagina badiiy tahlilni ilmiy-estetik jihatdan puxta va asosli amalga oshirish mumkin. Falsafiy asos soglom bo’lmagach, tahlil qanchalar o’ziga xoslik va bilimdonlik bilan amalga oshirilmasin, adabiy asarning butun jozibasi, siri tuliq namoyon etilishi mumkin emas. Ma'lumki, faoliyatning barcha turida bo’lgani singari badiiy tahlilda ham milliy adabiyotshunosligimiz sho’ro davrida markscha-lenincha falsafaga asoslanib ish ko’rib keldi. Markscha-lenincha falsafa tarfakkur taraqqiyoti qamda inson faoliyati uchun ong va borliq munosabati eng asosiy masala deb qaraydi va bu o’zaro munosabatlar birligida ham borliq, ya'ni materiyaga birlamchi o’rin ajratadi. Moddiy bo’lmagan hosila va tushunchalarni esa materiyaning murakkab kurinishi yoki uning hosilasi deya da'vo qiladi. Bu hol ruhiy, hissiy, ma'naviy va o’zga xil moddiyatga bevosita daxldor bo’lmagan tushunchalarga ikkinchi darajali hodisalar deb qarashga olib keladi. Binobarin, badiiy ijoddagi asosiy qadriyat, ya'ni inson ruhiyati ifodasi nazardan qochiriladi. Badiiy asarlarga munosabatda ham inson ruhiyati manzaralaridagi tovlanishlarning o’ziga xosligidan kelib chiqib emas, balki materiyaning birlamchiligi pozitsiyasidan turib yondashish talab etildi. Har qanday jamiyatning har qanday bosqichidagi hayotini faqat sinfiy kurashlardan iborat deb, har qanday alohida odamning tirikchiligi adogi yuqziddiyatlar zanjiri deb talqin qilindi. Binobarin, markscha-lenincha falsafiy ta'limotga tayangan adabiyotshunoslik adabiy asarga undagi inson timsolini tadqiq etishga, tushuntirishga faqat shu nuqtai nazardan turib munosabatda bo’ldi. Bunday hol ko’plab asarlardan mutlaqo nosoglom xulosalar chiqarishga olib keldi. Badiiyat olamining yuksak namunalari, ulardagi ingichka ruhiy holatlar, ichkin manzaralar bu xil tahlil nazaridan chetda qolishi tabiiy edi. Chunki san'at asariga ijtimoiy munosabat uni tabiiy ravishda dagallashtirardi. Soglom falsafa ilmi uchun Alloh, olam, odam munosabatlari eng asosiy va hal qiluvchi masala hisoblanadi. Olam yaratilishining maqsadi bo’lmish Odam va unga xos xususiyatlarni ilgash, sezgi a'zolariga buy bermaydigan tushunchalarni ham payqash va ta'riflash, inson ruhiy olamining beqiyos rang-barangligidan kelib chiqqan holda san'at asarlariga yondashish bu xil falsafaning asosiy tamoyillaridandir. Ruhiyat, hissiyotning boyligi insonni o’zga jonzotlardan ajratuvchi jihatlar ekan, inson hayotining badiiy aksi bo’lmish adabiyotda ayni shu ruhoniy va hissiy, demakki, estetik nuqtai nazarni ustuvor bilib munosabatda bo’lish bu xil metodologiyaning asosiy talablaridandir. Qadimiy tarixga ega Chikish (Shark) badiiy ijodga Botish (Garb) estetikasidan ko’ra o’zgacharoq mezonlar bilan yondoshgan. Chunonchi, Aristotel ta'limoti asosida shakllangan Botish estetikasida san'at asari borliqqa taqlid - mimesisning natijasi hisoblangan. Ya'ni san'at asari voqelikka taqlid natijasida vujudga kelgan va badiiy ijod namunasining barkamolligi uning hayot haqiqatiga qanchalik mos kelishi, boshqacha aytganda, taqlidning naqadar ustalik bilan amalga oshirilishiga qarab belgilangan. Chiqish guzallik ilmi, xususan, Turkiston estetikasi uchun ming yillar mobaynida tayanib kelingan nazariy asos kalom falsafasining tasavvuf ta'limoti va undagi tajalli nazariyasi bo’lgan. Shu bois har bir badiiy ijod namunasiga ilohiy hodisa tarzida yondashilgan. Sharq uchun badiiy asarlar hech qachon faqat voqelikning in'ikosigina bo’lmagan. Butun olamdagi moddiy va ma'naviy narsalar Allohning tajallisi ekan, badiiy ijod ana shu tajallining, ya'ni ruhoniy holatning o’ziga xos tarzda estetik moddiylashuvidan iborat deb qaralgan. Binobarin, Chiqishda Botishdagilarga nisbatan ijodga sehrli, mu'jizavor hodisa tarzida yondashish keng tarqalgan. Kunchiqar estetikasi badiiy asarning eng kichik unsuridan ham guzallik qidirgan va topa bilgan. Badiiy asarlardan chiqadigan ma'no, fikr, goyaga nafosatning tabiiy hosilasi sifatida qaralgan. Chunki har qanday guzal shakl, avvalo, tamkinlik, uygunlik, mutanosiblik deb qaralgan va unda, albatta, yetuk fikr, chuqur mazmun bo’lishi tabiiy hisoblangan. Tajalli nazariyasiga tayanib, har qanday badiiy hodisani Allohning namoyon bo’lishi, emanatsiyasi tufayli sodir bo’lgan hodisa tarzida izohlash mumkin. Kunchiqar adabiyotida sirtdan qaralganda juda turgun, qotib qolgan va o’zgarmasday tuyuluvchi adabiy shakllarda ham badiiy kashfiyotlar kilishning adoqsiz imkoniyatlari topilavergan. Badiiy kashfiyot, injalik deyarlik hamisha asarlarning qatiga yashiringan va hech qachon ochiqbo’lmagan. Chunki badiiy guzallik izlab topilgandagina estetik lazzat beradi. Shuning uchun ham
Sharq adabiyotidan ta'sirlanish uchun bir qadar estetik ma'lumotli bo’lish talab etilgan. Badiiy asarga jo’n munosabat, nafosatni tirikchilik mantigi bilan izohlash milliy estetikamiz uchun begonadir. Shu bois Chiqishda talqin emas, tahlil ustuvor turgan. Garb estetikasida asosiy e'tibor ko’proq badiiy asarning goyasi, qanday fikrni ilgari surayotganligiga qaratiladi. San'at asarining guzalligiga chiroyli libos, jozibali tashqi bezak tarzida yondashish ustuvorlik qiladi. Shu sababli Botish estetikasi uchun nimani tasvirlash, Chiqish badiiyati uchun esa nimani qanday tasvirlash muammosining hal qilinishi muhim sanalgan. Sharqda badiiy ijod asosida hamisha guzzalik va ishq masalasi turgan. Olam va odam ilohiyotga xos xususiyatlar tajallisi o’laroq guzal ekani va san'at asari ana shu guzallikni imkon qadar baland pardalarda nazokat bilan kuylashi kerakligi ko’zda tutilgan.Shuning uchun ham Chiqish adabiyotida Kunbotar ahli uchun bir qadar erish hamda siyqa tuyuladigan gul va bulbul obrazlari eskirmas timsollar bo’lib keladi.Badiiy ijodning butun sehri ham eski vositalar yordamida yangi tuygularni, tarovatli ruhiy holatlarni aks ettirishda ekanligi Kunchiqar estetikasi uchun oddiy haqiqat sanalgan. Xullas, o’zbek adabiyotshunosligi yakkash ijtimoiy qarashlardan qutulib, badiiy adabiyotga muammo ko’tarish, masala quyish vositasi deya yondashish odatlaridan forig bo’lsagina san'at asarini tugri tahlil qilish va uning jamiyat hayotidagi urnini bexato belgilay olish imkoniyatiga ega bo’ladi. San'at asarlariga estetik fenomen emas, balki ijtimoiy hodisa tarzidagina yondashish uning haqiqiy qiymatini ko’rmaslikka olib keladi.Badiiy ijod maxsuliga sotsiologik qarashga odatlanib qolinganligi uchun ham Abdulla Qodiriyining "O’tgan kunlar" romani hanuz haqiqiy badiiy talqinini topmay kelayotir.Bir zamonlar shaxsga siginish avj olgan, qatagon oyboltasi qonsiragandavrda bu asardan aksilrus munosabatlari, millatchilik ham, aksilruslik ham yuqligini, yozuvchining bor-yugi "aybi" jamiyatdagi chinakam ilgor kuchlarni kurolmaganligida ekani haqida "muruvvat" bilan fikr bildirdilar.Yurtimiz mustaqillikka erishgach esa, "O’tgan kunlar", aynan, rus bosqinchiligiga qarshi nafratni alangalatish va ularga qarshi kurashga da'vat etish uchun yozilgan degan da'volar qilinmoqda va har bir qarash o’ziga xos dalillar bilan asoslab berilmoqda. Holbuki, "O’tgan kunlar"day dohiyona asar biror gap aytish uchungina yozilmaydi. Adib uchun bu asarni yozmaslikning imkoni bulmay qolgan. U xayolida yurgan goyani singdirish uchun obrazlar yaratmagan va ularning ogziga o’z qarashlarini chaynab solib quymagan. Romandagi har bir obraz tirik odam, o’zigagina xos sajiyaga ega shaxslar, asar qahramonlari faqat o’z tabiatlari mantigiga muvofiq harakat qilishadi va biror o’rinda ham adib ularni yetovda olib yurishga urinmaydi. Gap aytish, fikr bildirish maqsad bo’lganda yozuvchi obrazlarning tabiati haqida emas, balki ularning qarashlari haqida ko’proq qaygurgan va binobarin, qayerdadir notabiiylikka yo’l quygan bo’lardi. Qodiriyni kecha millatchi edi deyish qanchalar tuhmat bo’lsa, bugun, ha, u millatimiz mustaqilligini saqlab qolish kerakligini bildirish uchungina "O’tgan kunlar"ni yozgan deyish ham o’shanchalik tuhmatdir. Chinakam san'atkor asarini ijtimoiylashtirish adibning qadrini oshirmaydi, balki uning dahosini nursizlantiradi. Adabiyotni yuksak arshidan, kushkidan zaminga tushirib qo’yadi. Turkiston birligi uchun bevosita kurashgan, bu haqda o’nlab ilmiy-tarixiy asarlar yozgan Zaki Validi Tugon yoxud Boymirza Xayit ijodi bilan Abdulla Qodiriy romannavisligi urtasida juda katta farq borligi kurinib turgan haqiqat. Gap badiiy tahlil vositasida ana shu farq nimadiligini-yu Qodiriy dahosining siri qayerdaligini ko’rsatib berishda. "Shum bola", "O’gri", "Ruhlar isyoni", "Jannatga yo’l", "O’ylarim", "Yuzma-yuz", "Adashgan ruh" singari yuksak san'at namunalarini ijtimoiypozitsiyalardan turib baholash bu asarlarning chin tarovatlarini yuqqa chiqarishga olib keladi.

Download 280.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling