Kun tartibi: Kafedrada har payshanba kuni o’tkaziladigan profilaktika kuni doirasida “Aqidaparastlik sof islomdan yiroqdir aqidaparastlik g`oyalaridan yoshlarni asraylik.” mavzusidagi davra suhbatini o’tkazish. Eshitildi


Download 363.89 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi363.89 Kb.
#1021473
Bog'liq
Aqidaparastlik (1)

O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi Buxoro Davlat Universiteti Agranomiya va Biotexnologiya fakulteti Biotexnologiya va Oziq-ovqat Xavfsizligi Kafedrasida har payshanba kuni o`tkaziladigan profilaktika kuni doirasida “Aqidaparastlik sof islomdan yiroqdir aqidaparastlik g`oyalaridan yoshlarni asraylik” mavzusudagi davra suhbati Bayonnomasi


Buxoro davlat universiteti Agronomiya va biotexnologiya fakulteti Biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi KAFEDRASIda har payshanba kuni o’tkaziladigan profilaktika kuni doirasida “Aqidaparastlik sof islomdan yiroqdir aqidaparastlik g`oyalaridan yoshlarni asraylik.” mavzusidagi davra suhbati B A YO N N O M A S I 2022-yil 1-dekabr Buxoro davlat universiteti Agronomiya va biotexnologiya fakulteti binosi 313-xona Joriy yilning 1-dekabr sanasida Buxoro davlat universiteti Agronomiya va Biotexnologiya fakulteti Biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi kafedrasi o'qituvchilari SH.Sharopova va Z.Vafoyeva tomonidan “Aqidaparastlik sof islomdan yiroqdir aqidaparastlik g`oyalaridan yoshlarni asraylik” mavzusidan 13-5 bio 19-guruh talablari bilan davra suhbati o'tkazildi. Talablarga turli buzgʻunchi oqimlarning domiga ilinib qolmaslik uchun yoshlarimiz quyidagilarga eʼtibor qaratishlari lozimligi takidlab o'tildi: - diniy-ekstremistik ruhdagi saytlarga kirmaslik. - ijtimoiy tarmoqlar, turli forumlarda diniy mavzuda ilmoqli, nozik savollar berib suhbatga chorlayotgan shaxslar bilan muloqotdan tiyilish. - elektron pochta orqali nomaʼlum shaxslardan kelgan diniy mazmundagi daʼvat va tanishuv haqidagi takliflarga javob bermaslik. - mobil telefonlarga bilib-bilmay mutassiblik ruhidagi nashidalar, maʼruzalar, suratlar, videoroliklar yuklab olmaslik va tarqatmasik kerakligi tushuntirib o'tildi. .
Tashkillashtirdi: Biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi kafedrasi dotsenti Sh.Sharopova o’qituvchi Z.Vafoyeva Kun tartibi: Kafedrada har payshanba kuni o’tkaziladigan profilaktika kuni doirasida “Aqidaparastlik sof islomdan yiroqdir aqidaparastlik g`oyalaridan yoshlarni asraylik.” mavzusidagi davra suhbatini o’tkazish. ESHITILDI: Kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan Agronomiya va biotexnologiya fakulteti bioyexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi kafedrasi o`qituvchisi Sh.Sharopova so‘zga сhiqdi: Hurmatli talabalar bugungi “Aqidaparastlik sof islomdan yiroqdir aqidaparastlik g`oyalaridan yoshlarni asraylik” mavzusidagi davra suhbati ochiq dem e’lon qilamiz, sizlardan faollik va e’tiborni so’rab qolaman.
Qatnashdilar: Fakultet Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini I.R.Barakayev, Biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi kafedrasi mudiri L.T.Yuldoshov, Biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi kafedrasi dotsentlari, o‘qituvshilari va talabalar.
Aqidaparastlik” (“aqida”-arabchada-“ishonch”, “biror narsana ikkinchisiga bog‘lash”) muayan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat'iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakillangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda ko‘r-ko‘rona qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalarni tasir doirasini sun'iy kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo‘ladi
U yoki bu hodisa, qoida tamoyilini mutlaqlashtirishga asoslangan yondashuvni ijtimoiy hayotning istagan sohasida topish mumkin, shu jumladan diniy niqob ostida ham topish mumkin. Ming afsuslar bo‘lsinki, muqaddas Islom dini nomidan o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish maqsadida aqidaparastlik g‘oyalari bilan zaharlanganlar ham kam emas.... 
So’zga chiqdi fakultet Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini I.R.Barakayev. Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir. Diniy-ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi mutaassib fikr va qarashlarning paydo boʻlishidir. Mutaassiblik muayyan gʻoyalarning toʻgʻri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan ketish, “oʻzgalar” va “oʻzgacha” qarash va gʻoyalarga murosasiz munosabatda boʻlish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon boʻladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yoʻnalishlar orasida keskin nizo va toʻqnashuvlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan.Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga sabab boʻlishi mumkin.
Download 363.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling