Mavzu: Opsionlar turlari va ularning oʻzaro farqli jihatlari
Download 35.81 Kb.
|
1Молия бозори опсион — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Opsionlar mohiyati va qoʻllanilishi.
Mavzu: Opsionlar turlari va ularning oʻzaro farqli jihatlari. REJA:
1. Opsionlar mohiyati va qoʻllanilishi.
Opsion kelishilgan muddat davomida maʻlum bir mukofot summasi hisobiga belgilangan miqdordagi tovarlar yoki moliyaviy instrumentlarni belgilangan (kelishilgan) narx boʻyicha sotib olish yoki sotish huquqini beruvchi bitimni oʻzida aks ettiradi. Bundan koʻrinib turibdiki, opsionlarning ikkita asosiy turi amal qiladi: 1) xarid qilish boʻyicha opsion (option call) kelajakda bitimda belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini bersa, 2) sotish boʻyicha opsion (option put) oʻz egasiga kelajakda bazis aktivini bitim shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi. Bitimda qayd etilgan bazaviy aktivlar bahosi opsionning ijro etilish (bajarilish) bahosi (strike price) deb ataladi. Bitimda kelishilgan sana bitim muddatining tugash sanasi (expiration date) yoki toʻlov muddati (maturity) deb ataladi. Opsion bitimini amalga oshirish stiliga koʻra Amerika opsioni va Yevropa opsioniga boʻlinadi. Amerika opsion (American option)lari ular amal qilish muddatining tugaguniga qadar istalgan paytda bajarilishi mumkin. Yevropa opsion (European option)lari esa ularning tugash muddatiga kelibgina amalga oshirilishi mumkin. Opsionlar birjada va birjadan tashqarida kotirovkalanadi. Fond birjalarida aksariyat holatlarda kotirovkalanadigan opsionlar boʻyicha bitta opsion bitimining predmeti sifatida 100 ta aksiyani sotib olish yoki sotish olinadi Opsionlar uning egasiga maʻlum bir faoliyatni amalga oshirish huquqini beradi va hech qanday majburiyatni yuklamaydi. Yaʻni opsionlar bazaviy aktivlarni sotish yoki sotib olish majburiyatini yuklovchi forvard va fyuchers shartnomalaridan oʻzaro farqlanadi. Shuningdek, eʻtibor qaratiladigan yana bir jihat borki, forvard va fyuchers shartnomalarini tuzish hech qanday xarajat talab qilmaydi, opsionlar boʻyicha esa toʻlov amalga oshirilishi shart. Bu toʻlov opsion boʻyicha mukofot deb ataladi. Dunyodagi eng katta opsion birjasi sifatida Chikago opsion birjasi (CBOE – Chicago Board of Options Exchange, www.cboe.com) faoliyat yuritadi. 1973-yilda mazkur opsion birjasida birinchi marta opsion bitimi tuzilganligini ham taʻkidlash lozim. Download 35.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling