Mavzu: Optik aloqa tizimlarining liniya kodlari
Download 297.68 Kb.
|
Optik aloqa tizimlari Mustaqil Ish1
- Bu sahifa navigatsiya:
- RAQAMLI TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARINING LINIYA KODLARI Reja
- 8.1. Optik liniya kodlariga qo‘yiladigan talablar
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI “ Optik aloqa tizimlari” fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Optik aloqa tizimlarining liniya kodlariBajardi: U. Temirov Qabul qildi: Nuriddinov.J.X RAQAMLI TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARINING LINIYA KODLARI Reja: 8.1. Optik liniya kodlariga qo‘yiladigan talablar. 8.2. Raqamli tolali optik aloqa tizimlari liniya kodlarining turlari va ularning shakllanishi. Raqamli signallarni skrembrlash. 8.1. Optik liniya kodlariga qo‘yiladigan talablar Raqamli uzatish tizimlarining analog-raqamli qurilmasining kodlash qonuniga muvofiq, raqamli oqimlarni shakllantirish apparaturasi chiqishidagi signal bir qutbli impulslar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. So‘ng bu signal KO‘uz ga tushadi, bu erda u elektrik impulslari faqat musbat bir («1») yoki nol («0») bo‘lishi mumkin bo‘lgan, liniya kodiga o‘zgartiriladi. Bu kodning parametrlari optik tolaning uzatish parametrlari bilan maksimal muvofiqlashgan bo‘lishi kerak. Bu signal UzOMda optik nurlanishning intensivligi yoki quvvatini modulyasiyalab (optik tashuvchi bilan modulyasiyalanib), raqamli optik signalning liniya kodini shakllantiradi. Optik liniya kodi faqat bir qutbli bo‘ladi, ya’ni impulslari faqat musbat yoki nol bo‘lishi mumkin (manfiy fotonlar bo‘lmaydi). Liniya kodini tanlashga ikki sinf omillari ta’sir etadi: kodning yuqori shovqin bardoshliligi, berilgan uzatish sifatida liniyadagi optik signalning minimal quvvatini aniqlaydi; liniya kodini shakllantirish qurilmasini texnik realizatsiya qilishning soddaligi. Liniya kodini tanlashdagi asosiy mezonlar quyidagilar: 1. Signalning energetik spektri G (f) etarlicha tor bo‘lishi kerak, bundan maqsad raqamli TOA tizimlarining qabul qiluvchi qurilmalarining va Otning polosa kengligini toraytirish, shuningdek, Otning dipersion buzilishlari ta’sirini, liniya va stansiya regeneratorlarining hal qiluvchi qurilmalari kirishidagi shovqinlar ta’sirlarini kamaytirish. 2. Liniya kodining energetik spektri tarkibida doimiy tashkil topuvchilar bo‘lmasligi va quyi chastotalarda kichik qiymatga ega bo‘lishi kerak. Birinchi talab TOA tizimlari liniya traktining aktiv elementlarining kuchlanish ta’minotini yuqori aniqlikda o‘rnatishni ta’minlash kerakligi bilan tushintiriladi. Ikkinchi talab uzatish traktining chastota polosasini pastdan chegaralanishidan yuzaga keladigan, simvollararo xalaqitlarni kamaytirish bilan bog‘liq. 3. Energetik spektri yuqoridan chegaralangan bo‘lishi zarur, bu uzatish traktining chastota polosasini yuqoridan chegaralanishidan yuzaga keladigan, simvollararo xalaqitlarni kamaytirish imkonini beradi. 4. Raqamli TOA tizimlarining liniya kodlarini tuzilishi regeneratorlarning taktli sinxronizatsiya impulslarini shakllantirish uchun raqamli signal tarkibidan taktli chastotani osongina ajratib olishni ta’minlashi kerak. 5. Liniya kodining tuzilishi quyidagilarni ta’minlashi kerak: yuqori shovqin bardoshlilikni, bu regeneratsiyalash uchastkasi uzunligini oshirish va bu bilan raqamli TOA tizimining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini yaratadi; uzatish sifatini va aloqani uzmasdan liniya trakti qurilmalari sozligini nazorat qilishni; kodlash va dekodlash qurilmalarini ishlab chiqarish va ekspluatatsiyasi soddaligini ta’minlashi kerak. Yuqorida keltirilgan talablarning to‘liq hajmdagi yig‘indisiga hech qaysi kod to‘laqonli javob bermaydi. SHuning uchun, TOA tizimlarining element bazasi, optik to‘lqin uzunligi diapazoning xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, optimal xarakteristikalarga erishish mumkin bo‘lgan liniya kodi turi tanlanadi. Download 297.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling