Mavzu: O’rta osiyo hududidan topilgan madaniy yodgorlar reja


Download 471.33 Kb.
bet1/3
Sana19.11.2023
Hajmi471.33 Kb.
#1786885
  1   2   3
Bog'liq
O’RTA OSIYO HUDUDIDAN TOPILGAN MADANIY YODGORLAR

MAVZU:O’RTA OSIYO HUDUDIDAN TOPILGAN MADANIY YODGORLAR

MAVZU:O’RTA OSIYO HUDUDIDAN TOPILGAN MADANIY YODGORLAR

REJA:

  • O'rxun-Enasoy yodgorliklari
  • Yonboshqal’a
  • Qo’yqirilganqal’a
  • Tuproqqal’a

O'rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi va o'rganilishi XVIII asrdan boshlanadi. Rus xizmatchisi Remezov bu haqida dastlabki xabarni beradi. Shved zobiti Iogann Strallenberg, olim Messershmit yodgorliklarni Yevropa ilm ahliga ilk marta taqdim qilgan edilar. Dastlab, O'rxun, Selenga va To'li daryolari atrofidan — Shimoliy Mo'g'ulistondan toshga bitilgan obidalar topildi. Ular O'rxun yodgorliklari nomini oldi. Enasoy daryosi qirg'oqlarida topilgan yodgorliklar ham shu nom bilan ataladi. Yodgorliklar topilganidan keyin ularni o'qish, o'rganish muammosi ko'ndalang bo'ldi. Ammo bu ish deyarli bir yarim asr mobaynida hech kimning qo'lidan kelmadi. Nihoyat, 1893-yildagina ularni o'qish uchun dastlabki qadam qo'yildi. Shu yili daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V. Radlovlar yodgorliklardagi barcha harflarni o'qidilar. Shundan so'ng ularni jiddiy o'rganish boshlandi. Boshqa xalqlar singari O'zbekistonda ham mazkur yodgorliklarni o'rganishga qiziqish katta bo'ldi. Shu sababdan, maqolada yodgorliklarning O'zbekistonda o'rganilishi mavzusiga to'xtalishni joiz topdik.

1937–1940 yillarda S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya- etnografiya ekspeditsiyasi Amudaryoning qurib qolgan o’zani Aqchadaryo havzasidagi tarixiy obidalarni ro’yxatga oldi, arxeologik xaritaga joylashtirdi, Jonbos qal’a, Tuproq qal’a yodgorliklarida qazish ishlarini olib bordi. Ekspeditsiya a’zolari 1946 yildan 1991 yilgacha bo’lgan tarixiy davrda Qo’yqirilgan qal’a, Ko’zaliqir, Ayozqal’a 1, 2, 3, Qalaliqir, Quyisoy-2 yodgorliklarida keng miqyosda qazish ishlarini olib bordi. Qo’yqirilgan qal’a o’zining rejalashtirilishi, me’moriy inshooti bilan diqqatga sazovor. S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari keng miqyosda tarixiy obidalarni ro’yxatga olishni olib bordi, natijada 400ga yaqin obidalar topilib, ular antik va o’rta asrlarga oiddir. 1967 yildan boshlab O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filialining arxeologik guruhi Qoraqalpog’iston va Xorazm viloyati hududida arxeologik qidiruv va qazish ishlarini olib bordi. E.Bijanov Ustyurtdagi qadimgi tosh davri manzillarini, V.N.Yagodin Kerdar madaniyati, Xorazm va ko’chmanchilar aloqalari, A.V.Gudkova Tokqal’a, G.Xo’janiyazov Qo’rg’oshin qal’a, Burli-qal’a, Akchingul yodgorliklarida, M.Mambetullaev Katqal’a, Tuprokqal’a, Voyangan Tuprokqal’a (Xiva), Olmaotishgan-2, Xiva, K.Sobirov Katqal’a, Tuproqqal’a, Xazorasp yodgorliklarida arxeologik qazish ishlarini olib bordilar.



Download 471.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling