Mavzu: O’rta Osiyo tekislik, suv havzasi va tog’ hududlarida yashovchi umurtqali hayvonlar Reja


Download 25.37 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi25.37 Kb.
#1477654
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu O’rta Osiyo tekislik, suv havzasi va tog’ hududlarida yas



Mavzu: O’rta Osiyo tekislik, suv havzasi va tog’ hududlarida yashovchi umurtqali hayvonlar


Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
II.1. O’rta Osiyo tekisliklarda tarqalgan umurtqali hayvonlar.
II.2. O'rta Osiyo suv havzasi va dengizlarda tarqalgan umurtqali hayvonlar.
II.3.O’rta Osiyo tog’larda va tog’ hududlarida tarqalgan umurtqali hayvonlar.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

I.Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O`rta Osiyo hayvonot dunyosi juda xilma-xildir.
Hozirgacha respublika hududida umurtqali hayvonlarning 600 dan ortiq turi aniqlangan.O`rta Osiyo tabiati va iqlimi o`ziga xos bo`lib, yurtimizda umurtqali hayvonlarning deyarli barcha sinflari vakillari uchraydi.Ularning biologik xilma-xilligi ham kishini o`ziga jalb qiladi. O`rta Osiyoda umurtqali hayvonlarning tekisliklarda ,suvlarda va tog’larda tarqalishini o’rganishning dolzarbligi shundaki, yurtimizda uchrovchi noyob kamayib borayotgan turlarni o`rganish va muhofaza choralarini izlab topish,yurtimizda iqlimlashtirilayotgan va hozirgacha iqlimlashtirilib o`rganilgan turlar biologiyasi haqida yaqinroq tanishish hozirgi davrning talabi ekanligini inobatga olib bugungi kungacha yo`q bo`lib ketgan turlarning izi davom qilmasligi uchun kamayish arafasida turgan hayvonlarni himoya ostiga olish. Yo'qolib kеtayotgan hayvon turlarini saqlab qolish mavsadida 1972 yil 1 yanvarda Xalqaro «Qizil kitob» tashkil etilib, unga yo’qolib kеtayotgan va noyob 43 tur sutemizuvchi, 44 tur qushlar, 21 tur sudralib yuruvchilar va 8 tur suvda ham quruqda yashovchilar kiritilgan.
Ishning maqsadi:
O`rta Osiyo sharoitida yashovchi umurtqali hayvonlarni tarqalishini o`rganish,ular orasidan iqlimlashtirilgan va muhofaza ostidagi hayvonlarni aniqlash,ularning tur tarkibi va sistematik guruhlari bilan ishlash.
Ishning vazifalari:
1.O’rta Osiyoda hududidagi umurtqali hayvonlarni o’rganish
2.O’rta Osiyoda tekisliklarda tarqalgan umurtqali hayvonlar
3.O’rta Osiyoda suv havzasi va dengizlarda tarqalgan umurtqali havonlar
4.O’rta Osiyoda tog’larda va tog’ hududlarda tarqalgan umurtqali hayvonlar
5. O’rta Osiyo Qizil kitobga kiritilgan umurtqali hayvonlar va kamayib borayotgan turlar
3

Download 25.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling