Mavzu: O’rta qavatli turar joy binolari


Download 326.3 Kb.
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi326.3 Kb.
#1461212
  1   2   3
Bog'liq
arxitektura va shaharsozlik asoslari


Toshkent Arxitektura
va Qurilish Universiteti
Fan nomi:Arxitektura va shaharsozlik asoslari.
Mavzu:O’rta qavatli turar joy binolari
55-21-guruh talabasi Rakhmanov Asadbek

O’rta qavatli turar joy binolarining  klassifikatsiyasi va turlari3-5 qavatgacha bo‘lgan uylar o‘rta qavatli Turar-joy binolari turiga kiradi. Bu xildagi uylarda xonadonlar liftsiz, faqat umumiy zinapoya orqali bog‘lanadi. Ularning qurilmalari oddiy bo‘lib, zavodda tayyorlangan industrial tayyor qurilmalardan foydalaniladi. Bu xildagi Turar-joy qurilishi zich qurilish bo‘lib,shahar maydonidan foydalanishda iqtisod qilish imkonini beradi. Hamma zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lib, qurilishda iqtisodiy jihatidan tejamlidir. Hozirgi vaqtda bunday uylar asosidagi Turar-joy qurilishi shaharlarni tashkil etadi. Sekin asta bunday uylar qishloqlarga ham tarqalmoqda. Keyingi paytda katta Turar-joy dahalarini rivojlanishi natijasida Toshkentda va boshqa O‘zbekiston shaharlarida keng miqyosdagi 4-5 qavatli Turar-joy binolari qad ko‘tara boshladi, shundan so‘ng temir-beton konstruksiya zavodi ko‘rinishida material-texnik qurilish bazasi tashkil etildi, ya’ni katta panellli uy qurilishi, uy qurilish kombinatlari ishga tushirildi. Bir qancha anzdozali g‘isht, panel, sinch-panelli binolar seriyalari ishlab chiqarildi. Qurilish jarayonida bulardan keng ko‘lamda foydalanildi. O‘rta qavatli uylarning asosiy qurilmalari /konstruksiyalar/ O‘rta kavatli Turar-joy binolari asosan 3 ta konstruktiv qurilmadan iborat bo‘ladi: -g‘ishtdan ko‘tarib turuvchi devor va to‘sib turadigan qurilma; -katta paneli ko‘tarib turuvchi devor va to‘sib turadigan qurilma; -karkas-panelli va karkas (sinch) g‘ishtli qurilma.

Bino hajmini ratsional yechish ko‘pincha minimal issiqlik yo‘qotuvchanlikni ta’minlash orqali aniqlanadi. Bunga korpus enini kattalashtirish, tabiiy yorug‘lik tushishiga ehtiyoj sezilmaydigan xonalarni o‘rta qismga joylashtirish bilan erishish mumkin, bunda yashash xonasining enini tashqi devorlarga biriktirish taqozo etiladi. Kam va o‘rta qavatli (2-5 qavatli) liftsiz ko‘p seksiyali uylarda asosan ikki marshli zinapoyalar qo‘llaniladi, bu zinapoya marshlari seksiyaning o‘rta qismiga yoki hovli tomonga yaqin bo‘lgan qismga joylashlashtiriladi (agar bu shimoliy oriyentatsiyaga mos tushsa) shunday yo‘l tutish bilan gorizontning quyosh nurlari ko‘proq tushadigan tomoniga yashash xonalarini ko‘proq joylashtirishga erishish mumkin. Yashash seksiyalari asosan to‘g‘ri burchakli modulli koordinatsion to‘r asosida loyihalanadi, bu esa xonadon elementlarining (yashash va yordamchi xonalarni,zinapoya marshlari) tabiiy shakliga ko‘p darajada mos keladi. Biroq tarhiga ko‘ra oddiy bo‘lgan blok-seksiyalarni ijodiy uyg‘unlashtirish yashash komplekslarining kompozitsion qurilishi (tuzilishi) va qiyofasi bo‘yicha turli xil ko‘rinishlardan binolarni yaratishga olib keladi. Buning uchun seksiyalarning uchta asosiy - bir qatorli oddiy-qatorli (ryadovoy), burchakli (uglovoy), chekkali (torstevoy) turlari qo‘llaniladi. Eng ko‘p tarqalgani bu oddiy seksiya bo‘lib, u bir xil paytda chekkali seksiya o‘rniga ishlatiladi.


Download 326.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling