Mavzu: O’zbek xalq milliy cholg’ulari


Download 1 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi1 Mb.
#1057492
Bog'liq
planshetlar


Torli cholg'ularda tovush hosil etish vositalari turlicha. Jumladan, dutor va do'mbira sozlari chertib chalinadi. Tanbur torlari esa ko'rsatkich barmoqqa kiyiladigan maxsus moslama "noxun" (ma'dandan yasaladi) vositasida chertiladi.
Qashqar rubobi, afg'on rubobi, ud kabi chol g'ular mizrob (mediator) vositasida chalinadi.
Zarbli cholg’ulari o’z nomi aytilganidek zarb berib, chertib chalinadi. Doira barmoqlar yordamida urib-chertib chalinsa, 2ta qismdan iborat nog’oralar esa maxsus tayoqchalar yordamida chalinadi. Doirada 4ta nota bo’ladi: katta bak, kichik bak, katta bum va kichkina bum.
An'anaviy xalq bayramlari, sayil va to'y marosimlarini karnay-surnay sadolari-yu doira nog'oralarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Zero, bu cholg'ular eng avvalo shodiyona kunlar darakchisi sifatida xalq ma'naviy hayotidan o'rin olgan. Bulardan tashqari, yana nay, qo'shnay, sibiziq, bulamon, changqo'biz kabi damli (puflama) cholg'ular ham bor.
MAVZU: O’ZBEK XALQ MILLIY CHOLG’ULARI
O’zbek xalq musiqiy cholg’ulari xilma-xil va ular 3 turga bo’linadi:
Torli cholg’ular;
Damli cholg’ular;
Zarbli cholg’ular.
Dutor chirtib chalinadigan cholg‘u asbobi
Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling