Mavzu: O’zbekiston hududidagi eng qadimgi falsafiy qarashlar


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
Sana01.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1241028
Bog'liq
SBHA-81 guruh talabasi Djumaniyazov Kudratbek Falsafa fanidan yozgan mustaqil ishi



Toshkent Moliya instituti SBHA-81 guruh
talabasi Djumaniyazov Kudratbekning 
“Falsafa” fanidan tayorlagan
MUSTAQIL ISHI
 
 
 
 
 
 
Mavzu:
O’zbekiston hududidagi eng
qadimgi falsafiy qarashlar 
 
 
 
 
 
 


 
 
Reja: 
 
1. O’zbekiston hududidagi eng qadimgi madaniyat 
va falsafiy qarashlar.
2. Zardo’shtiylik va «Avesto»da aks etgan falsafiy 
g’oyalar.
3. Kushon imperiyasi davri va buddaviylik.
4. Moniy va Mazdak ta’limoti.
5. O’zbekistondagi qadimgi falsafiy qarashlarni 
o’rganishning ahamiyati.


 

Tarixni bilish, undan to’g’ri va xolis xulosalar chiqara olish inson ma’naviy 
kamoloti uchun nihoyatda muhim. Tarix — buyuk muallim, o’tmishdan saboq 
beradigan tarbiyachidir. Gap eng qadimgi davr falsafasi haqida borar ekan, bu 
haqiqat yanada katta ahamiyat kasb etadi. 


Ayrimlar «Bizga ming yillar qa’rida yotgan madaniyat va falsafadan nima foyda, 
yaxshisi, bugunning gapidan gapiring?", «O’tmish qa’ridan tashbeh izlagandan 
ko’ra, bugungi muammolar ustida bosh qotirgan ma’qul emasmi?» degan 
xayollarga borishi mumkin. Bir qarashda ularning gapida ham jon borga o’xshaydi. 
Ammo bir narsa aniq: o’tmishni bilmasdan turib, kelajakni to’g’ri tasavvur etish 
mumkin emas. Zero, o’tmishsiz kelajak yo’q. Shu ma’noda, biz falsafa tarixini 
azbaroyi o’tmishga qiziqqanimiz uchun o’rganmayapmiz. Biz uni turli zamonlarda 
ro’y bergan xilma-xil voqea va hodisalarning falsafiy fikr va ongida qanday aks 
etgani, ularni qanday g’oyalarning tug’ilishiga sabab bo’lgani, qaysi ta’limotlar 
insoniyat taraqqiyotiga qanday ta’sir ko’rsatgani, qaysi mafkura odamzodni 
ko’proq rivojlanish yoki tanazzul tomon etaklagani kabi haqiqatlarni bilib olish 
uchun o’rganamiz. Tarixni o’rganmoq va undan saboq olmoq har bir inson uchun 
zarurdir. Bu — falsafa bilan shug’ullanayotgan mutaxassis uchun ham, uni 


o’rganayotgan talaba uchun ham birdek muhim ahamiyatga ega. Tarixni falsafasiz 
to’g’ri tushunib bo’lmagani kabi, falsafani ham tarix haqiqatisiz to’g’ri anglab 
bo’lmaydi. 
Shularni nazarda tutib, quyida biz mamlakatimiz tarixida muayyan iz qoldirgan 
ayrim falsafiy qarashlar va ta’limotlar haqida qisqcha to’xtalib o’tamiz. 
Zardo’shtiylik ta’limoti. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII asrlarigacha 
bo’lgan davr mahsuli bo’lgan diniy-falsafiy ta’limotlardan biri zardo’shtiylikdir. 
Bu ta’limotga Zardo’sht asos solgan bo’lib, Sharq va G’arbda Zaratushtra, Zaroastr 
nomlari bilan mashhurdir. Manbalarga ko’ra, Zardo’sht eramizdan avvalgi VI 
asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning tarixiy yoki afsonaviy shaxs ekanli 
haqida aniq bir to’xtamga kelingani yo’q. U o’zini payg’ambar deb e’lon qilgan. 
Lekin uning payg’ambarligi ilohiy asosga ega emas. Ya’ni bu haqiqat ilohiy 


kitoblarda o’z tasdig’ini topmagan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni 
ko’rsatmoqdaki, bu ta’limot Vatanimiz hududida, xususan, Xorazm zaminida 
paydo bo’lgan. U o’z davrida xalqni ezgulik va adolat g’oyalariga da’vat etish, 
hayotbaxsh an’analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini 
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan, uning g’oyalari bilan bog’liq 
qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining 
o’ziga xos xususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda. 
Zardo’shtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. unda qadimgi xalqlarning dunyo 
to’g’risidagi tasavvurlari, o’ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda 
olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari- yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va
zulmat, issiqlik va sovuqlik, hayot va o’lim borasidagi qarashlar o’z ifodasini 
topgan. «Avesto»da, shuningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid 
ma’lumotlar ham berilgan. Falsafa tarixida makedoniyalik Aleksandr (eski o’zbek 
tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek-Baqtriya davri falsafasi ham xalqimizning 
taraqqiyot tarixida muhim o’rin tutgan. Manbalarda Aleksandr qo’shini mahalliy 
xalqlarning qattiq qarshiligiga uchragani, u «Avesto»ning ko’pgina qismini 
yondirib yuborgani haqida ma’lumotlar bor. 


Bugungi kungacha ham ayrim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini 
bilmagani, uni o’qiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini tushunmagan 
va uni yoqish to’g’risida ko’rsatma bergan, degan fikrlarni bayon etadilar. Aslida 
unday emas. Bu — tarixiy haqiqatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va 
kimlar uchundir ibratli bo’lsa-da, xaspo’shlashga urinishdan boshqa narsa emas. 
Negaki, Aleksandr o’z zamonida fanlarning otasi deb nom olgan falsafani fan 
darajasiga ko’targan, buyuk donishmand sifatida etti iqlimda tan olingan Arastudan 
20 yil mobaynida muttasil ta’lim olgan edi. Binobarin, Shoh Filippning o’g’li 
Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan bir kimsa deb ta’riflash 
tarix haqiqatiga to’g’ri kelmaydi. To’g’ri, u «Avesto»ni o’tda kuydirgan bo’lishi 
mumkin. Lekin buni kitobning qadrini tushunmagani uchunmas, balki erli 


xalqlarni birlashishga da’vat etib turuvchi, ular e’tiqod qo’ygan milliy g’oyalar 
timsoli bo’lgan va o’z saltanatiga qarshi muttasil kurash olib boruvchi 
vatanparvarlarni tarbiyalaydigan manba ekanini nazarda tutib, shu ishni amalga 
oshirgan. Qolaversa, o’zini dunyodagi eng rivojlangan hudud madaniyatini 
jahonga yoyish uchun mas’ul deb bilgan, to’g’rirog’i, o’sha madaniyatdan 
boshqasini tan olmagan mashhur jahongir uchun zabt etilgan xalqning 
«Avesto»dek buyuk kitobi bo’lishi kutilmagan hol edi. U, yuqorida 
ta’kidlanganidek, mazkur kitob omon tursa, u ushbu zamin farzandlari uchun 
o’zlikni anglash, binobarin, kuch-qudrat manbai bo’lib qolaverishini nihoyatda 
yaxshi tushungan. Aleksandrdan keyin yashagan Rim imperatorlari ham Misr va 
Vizantiyaga qarshi urush qilib, yahudiylarning erini bosib olganida tub aholining 
madaniy boyliklarini yo’q qilgani, «Zabur» va «Tavrot»ning qadimgi nusxalarini 
kuydirib yuborgani yuqoridagi misolning tasodifiy emasligidan dalolat beradi. 
Umuman, har qanday sharoitda ham istilochilarning birinchi ishi xalq va 
millatlarni zo’rlik bilan bosib olish, boyliklarini talash bo’lsa, keyingi asosiy 
faoliyati — millatni o’z tarixi va an’analaridan uzib qo’yish, madaniy merosini 
talon-taroj qilish, uning ma’naviyatini yo’qotishdan iborat bo’ladi. Tarixning bu 
achchiq sabog’i mustamlakadan ozod bo’lgan, o’z mustaqilligini saqlab qolish va 
mustahkamlashga intiladigan har qanday xalq taraqqiyoti uchun eng muhim xulosa 
bo’lib xizmat qiladi. Iskandarga qarshi kurashda xalqimizning milliy qahramoni 
Spetamen beqiyos mardlik va jasorat ko’rsatadi. U Iskandarga qarshi ayovsiz 
qarshilik ko’rsatgan vatanparvar lashkarboshilardan biridir. Aslida, uning 
qahramonligi millatimizning o’sha davrdagi o’z davlatchiligii, o’zi yashaydigan 
hudud dahlsizligini saqlab qolish uchun olib borilgan kurashning yaqqol timsolidir. 
Albatta, bu lashkarboshi ortidan xalq ergashsa, elning ozodlik va mustaqillikka 
intilish tuyg’usi kuchli bo’lmasa, Spetamenning nomi bu qadar mashhur bo’lib 
ketmas edi. Negaki, inson naqadar kuchli, tadbirkor va omadli bo’lmasin, agar xalq 
bilan birga bo’lib, uning dardlariga darmon izlamasa, hurriyat g’oyalarini bayroq 
qilib ko’tarmasa, haqiqiy milliy qahramon bo’lolmaydi. Spetamen esa o’sha 
xalqimizning ruhi, orzu-umidlari, mustamlakachilarga qarshi matonati ramzi 


sifatida tariximiz qatiga mangu muhrlanib qolgan. Markaziy Osiyoda buddaviylik 
ham o’z o’rniga ega. U diniy-falsafiy ta’limot sifatida qadimgi
Hindistonda eramizdan avvalgi IV asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga 
kelgan. U jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu ta’limotga asos solgan 
donishmand Sidxarta urug’idan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u 
«Budda», ya’ni nurlangan degan laqabga ega bo’lgan. Buddaviylik islomga qadar 
O’rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatidan juda katta o’rin 
tutadi. Bu ta’limot O’rta Osiyoga eramizdan avvalgi II-I asrlarda kirib kelgan. 
Tarixiy manbalarga ko’ra, uni Toxaristonga balxlik savdogarlar olib kelishgan. 
Kushonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi. «Xalqchil 
bo’lganligi uchun O’rta Osiyoga keng yoyilgan. Buddaviylikning O’rta Osiyoga 
yoyilishi quyidagi to’rt bosqichdan iborat. Birinchi bosqich. Kushonlardan oldingi 
davr. Bu eramizdan avvalgi I asrga to’g’ri keladi. Bu davrga oid yozma manbalar 
bizgacha etib kelmagan. Ikkinchi bosqich. Kushonlar davri (eramizning II-IV 


asrlari) Bu davrda buddaviylik O’rta Osiyoga keng tarqalgan edi. Ayniqsa, uning 
axloqqa oid masalalar, halq ommasini sabr-qanoat va bardoshga da’vat etuvchi 
g’oyalarni ilgari surganligi muhim ahamiyat kasb etgan. Uchinchi bosqich. Bu 
davrda O’rta Osiyoda buddaviylik ta’limotining manbalari yoyilgan. To’rtinchi 
bosqich. (IX-XIV asrlar) islom O’rta Osiyoda hukmron dinga aylanishi bilan bu 
din siqib chiqarilgan va juda zaiflashib ketgan. Buddaviylikning O’zbekiston va 
Hindiston xalqi o’rtasida o’z davrida ma’naviy ko’prik bo’lib xizmat qilganligi 
aniq. Xalqlarimiz orasidagi do’stlik va birodarlikning ildizlari ham o’sha davrga 
borib taqaladi va bugungi kunda aksariyat kishilar, ayniqsa, yoshlarimizning hind 
xalqi, uning madaniyati va san’atiga qiziqishi tasodifiy emas.Moniy ta’limoti 
yurtimizda buddaviylikdan keyin keng tarqalgan edi. u zardo’shtiylik va 
xristianlikning sintezlashuvi natijasida vujudga kelgan. Moniy fors va arab tillarida 
bir necha risolalar yozgan. Lekin ular bizgacha etib kelmagan. Moniy hatto 
«Moniylik yozuvi» nomli alifbo ham tuzgan. uning ta’limoticha, hayotda dastavval 
nur dunyosi – yaxshilik va zulmat dunyosi- yovuzlik bo’lgan. Ular o’rtasida abadiy 
kurash boradi, inson ikki unsurdan (ruh — nur farzandi, jism — zulmat mahsuli) 
iborat. Moniylik xalq ommasi manfaatlarini himoya qiluvchi ta’limot bo’lgani 
sababli hukmron mafkura qarshiligiga duch kelgan. Moniylik ta’limoti asosida 
Mazdak ta’limoti yuzaga kelgan. U eramizning V-VI asrlarida keng tarqalgan edi. 
Uning asoschisi Mazdak (470-529 yillar) bo’lgan. Mazdak va uning aslakdoshlari 
o’z qarashlarida halq ommasiga suyangan. Xalqning ozodlik, erkinlik, hurlik 
yo’lida olib borgan harakatlariga rahnamolik qilgani uchun tez fursatda ularning 
maslakdoshlari, izdoshlari ko’payib ketgan. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni 
bartaraf etish yo’lida kurashga da’vat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan. Unda 
asosiy yovuzlik-boylikka hirs qo’yish va o’ta kambag’allik qoralanadi. Bu 
insonparvar harakatdan cho’chigan shoh Mazdakni turli hiylalar bilan o’limga 
mahkum etadi. Mazdakiylar harakati, eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, 
turli mamlakatlarda muayyan darajada davom etgan. O’rta Osiyoda Muqanna, 
Ozarbayjonda Bobak boshliq dehqonlar va shahar kambag’allarining zulmga 
qarshi kurashlari bunga misol bo’ladi. Markaziy Osiyoda vujudga kelgan 


qadimgi falsafiy ta’limotlar, ulr ilgari surgan g’oyalar bugungi kunda ham muhim 
ahamiyatiga ega. Sanab o’tilgan qadimgi diniy-falsafiy ta’limotlar, ya’ni 
zardo’shtiylik, uning bosh kitobi — «Avesto», Moniy ta’limoti, «Moniy yozuvi», 
mazdakiylik harakati jamiyatda adolat, erkinlik, teng huquqlilik tamoyillarini qaror 
toptirishiga da’vat etgan. Vatan ozodligi yo’lida jon fido etgan Muqanna 
boshchiligidagi harakat nafaqat O’rta Osiyoda, balki jahonning boshqa o’lkalarida 
ham aks-sado bergan. Vatanimizning o’sha davrda shakllangan va rivojlangan boy 
madaniyati, milliy ma’naviyatimiz, falsafamiz jahon tsivilzatsiyasiga katta ta’sir 
ko’rsatgan. Sirasini aytganda, mamlakatimiz tarixi islom dini yurtimizga kirib 
kelgan davrdan boshlanmaydi. U islomga qadar ham ming yillar mobaynida 
rivojlanib kelgan shonli tarixiga ega. Lekin, afsuski, Vatanimizning ana shu davr 
tarixi nihoyatda kam o’rganilgan. Bu davrga oid manbalarning aksariyati esa yo’q 
qilib yuborilgan. Bu vayronkorlikning boshida miloddan avval makedoniyalik 
Aleksandr turgan bo’lsa, mamlakatimizni zabt etgan keyingi bosqinchilar ham ana 
shu yo’ldan borgan. Ular xalq ongidan mustaqillik va erkin hayot to’g’risidagi 
maqsad-muddaolarni butunlay yo’qotib yuborishga urinishgan. Buning natijasida 
ma’naviy qashshoq va tarixiy xotirasiz kishilar tarbiyalanishi lozim edi.


Bosqinchilar Movarounnahrda nihoyatda boy madaniyat shakllanganini e’tirof 
etgan. Ammo uning bosqinchilik g’oyalariga mos kelmaydigan juda ko’p 
namunalarini ayovsiz yo’q qilishgan. Ayniqsa, ma’naviy qadriyat va madaniy 
boyliklarni shafqatsizlarcha g’orat qilish asosiy o’rinda turgan. Yurtimizda arablar 
istilosiga qadar ustuvor bo’lgan ma’naviy va madaniy durdonalar qadrini yaxshi 
anglaydigan va ularning ahamiyatini to’g’ri tushunadigan kishilar birinchi 
navbatda yo’q qilib yuborilgan. Bu to’g’rida Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida quyidagilarni yozgan: «Qutayba Xorazm 
xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va
bilimini boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib va butkul yo’q qilib 
yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin 
haqiqatni bilib bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi»11. Ushbu asarning boshqa 
sahifasida ulug’ vatanparvar olim yuqoridagiga o’xshash yana bir fikrni 
quyidagicha ifoda etgan: «Qutayba xorazmliklarning kotiblarini halok etib, 
bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz 
bo’lib, o’z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo’ldilar»12. Beruniy 
zamonida islom yagona hukmron diniy mafkura bo’lib turganini e’tiborga olsak, 
zikr etilgan asar va undagi teran fikrlarni bunday o’ktamlik bilan aytish g’oyat 
ulkan jasoratni talab etgani ayon bo’ladi. Istilochilarning bunday vayronkor 
siyosati keyin ham davom etgan. Xususan, mustabid sho’rolar mafkurasi 
hukmronlik qilgan davrda ham ana shunday hol ro’y bergan. Nihoyatda boy 
qadriyatlarimiz, falsafiy ta’limotlarimiz, umuman o’z merosimizdan bebahra bo’lib 
qoldik. Istiqlol tufayli ajdodlarimiz yaratgan boy va o’lmas madaniy merosni 
o’rganish imkoni tug’ildi. Tarixiy xotirani tiklash, xalqimiz qalbida milliy 
qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish hozirgi kunda
ma’naviy hayotning ustuvor yo’nalishiga aylandi.


 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling