Mavzu: O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish siyosati


Download 25.68 Kb.
bet1/3
Sana02.01.2022
Hajmi25.68 Kb.
#185095
  1   2   3
Bog'liq
O'z.ning eng yangi tarixidan 9- topshiriq


Mavzu:O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar.

  1. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish siyosati.

  2. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.

  3. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni.

1.O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijalaridan biri ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni barpo yetishdagi o'rnini va ahamiyatining ortib borishi bilan belgilanmoqda. Bozor munosabatlariga o'tish davrida mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya tizimi shakllantirildi va hozirda uni takomillashtirish muhim masala bo'lib qolmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jixatdan yangi bosqichga o'tish yehtiyoji paydo bo'ldi. Shu munosabat bilan aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning zamonaviy tizimi shakllantirilmoqda.

O'zbekiston mustaqillikka yerishgandan so'ng, jamiyatda bo-zor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyasini ta'minlash davlat siyosatining bosh yo'nalishi bo'lib qoldi. Binoba-rin, mamlakatda o'tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush sharoitlarini vujudga keltirishdir.

Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko'tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar yertaga yemas, bugun baxtli yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo'nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o'laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh yetmoqda. Xususan, aholining talab va yehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo'yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo'lgan qarashlarni o'zgartirib yubordi. Dasturga ko'ra, 2017-yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo'lgan namunali va ko'p qavatli uylar bunyod yetildi.

Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o'rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo'naltirilgan siyosatdir.

2. 2016 yilda Sh.M.Mirziyoyevning mamlakat Prezidenti etib saylanishi, Prezident to¬monidan «xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak» printsipini e'lon kilinishi, davlat boshqaruvi va xizmatini fuqaro¬lik jamiyati talablariga mos holga keltirish uchun “O'zbekistonda ma'muriy islohotlar kontseptsiyasi”ni qabul qilinishi O'zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning yangi bosqichini boshlab berdi. So'nggi uch yil ichida NNTlar soni sezilarli o'sgan. 2017 yil 8 700 ta, 2018 yilda 9 235 ta, 2019 yilning 1 aprelь xolatiga 9964 NNT faoliyat ko'rsatmoqda . 2019 yil 1 oktyabrь holatiga esa 10462 ta NNT ro'yxatdan o'tkazilgan.

2016 yilda Sh.M.Mirziyoyevning mamlakat Prezidenti etib saylanishi, Prezident to¬monidan «xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak» printsipini e'lon kilinishi, davlat boshqaruvi va xizmatini fuqaro¬lik jamiyati talablariga mos holga keltirish uchun “O'zbekistonda ma'muriy islohotlar kontseptsiyasi”ni qabul qilinishi O'zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning yangi bosqichini boshlab berdi. So'nggi uch yil ichida NNTlar soni sezilarli o'sgan. 2017 yil 8 700 ta, 2018 yilda 9 235 ta, 2019 yilning 1 aprelь xolatiga 9964 NNT faoliyat ko'rsatmoqda . 2019 yil 1 oktyabrь holatiga esa 10462 ta NNT ro'yxatdan o'tkazilgan.

2018 yil 1 iyundan boshlab Prezidentimiz ilgari surgan tashabbus asosida ro'yxatdan o'tkazuvchi organ bilan NNTning tadbirlarini kelishish tartibi, rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish bilan almashtiriladi. Bu esa, NNTni ro'yxatdan o'tkazish jarayonlarini, ularning faoliyati tartibini belgilovchi qonunchilik normalarida ortiqcha byurokratik talablar olib tashlanishini anglatadi.

Endi muayyan NNT o'zi o'tkazadigan tadbirni tegishli davlat organi bilan “kelishishi”ning o'ziyoq ko'pincha turli to'rachilik va sansolarlik holatlarini keltirib chiqarayotgani sir emas. Bundan buyon esa o'sha NNT o'zini ro'yxatdan o'tkazgan davlat organini qanday tadbir uyushtirayotgani haqida xabardor qilishi kifoyadir.

3.Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda aqdim etish;




Download 25.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling