Mustaqillik me'yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi
Download 194.7 Kb.
|
Mustaqillik me\'yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi-azkurs.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1991 yil 31 avgustda O`zbekistonda davlat mustaqilligining e’lon qilinishi.
Mustaqillik me'yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi Andijon mashinasozlik instituti Transport va Logistika fakulteti MMTX yo’nalishi 1-bosqich K45-22 guruh talabasi Kamolov Beksultonning Oʻzbekiston yangi tarixi fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Tag’dimotiMustaqillik - me'yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishiReja:1. 1991 yil 31 avgustda O`zbekistonda davlat mustaqilligining e’lon qilinishi. 2.Umumxalq saylovida I.A.Karimovning O`zbekiston Respublikasining prezidenti etib saylanishi. 3. Siyosiy isloxatlar O`zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi. Ko`ppartiyaviylik tizimiga asos solinishi. 4. Davlat hokimiyati tizimida Prezidentlik boshqaruvini joriy etilishi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi organlar. 5. Sud hokimiyati isloxatlari. Mahalliy davlat organlari, fuqorolarning o`zini-o`zi boshqaruv organlari. 1.1991 yil 31 avgustda O`zbekistonda davlat mustaqilligining e’lon qilinishi.XXI asr bo`sag`asida Vatanimiz tarixida buyuk voqea sodir bo`ldi. Prezident Islom Karimov 1991 yil 31 avgust kuni Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O`zbekistonning Davlat mustaqilligini e’lon qildi. Sessiyada «O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to`g`risida» Oliy Kengash Bayonoti qabul qilindi. «O`zbekiston Respublikasi, - deb ta’kidlanadi Bayonotda, to`la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo`ymagan holda barcha sheriklar bilan teng huquqli, o`zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o`zini ochiq deb e’lon qiladi». Mazkur sessiyada «O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to`g`risida» qaror qabul qilinib, 1 sentyabrь O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. Shuningdek, Oliy Kengashda «O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida» Qonun qabul qilindi.Mazkur sessiyada «O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to`g`risida» qaror qabul qilinib, 1 sentyabrь O`zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. Shuningdek, Oliy Kengashda «O`zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida» Qonun qabul qilindi. 17 moddadan iborat ushbu qonunning birinchi moddasida: «O`zbekiston Respublikasi o`z tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokratik davlatdir», - deb qonunlashtirilib qo`yildi.O`zbek xalqining muqaddas, tarixiy orzusi ushaldi. U siyosiy mutelik va asoratdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat - O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi.O`zbekistonning Davlat mustaqilligi xalqimizning o`zoq yillar davomida olib borgan og`ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasi bo`ldi. O`zbekiston xalqi o`z mustaqilligini quvonch bilan kutib oldi va ma’qulladi. Download 194.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling