Mavzu: O’zbekistonda olimpiya va paraolimpiya o’yinlarini rivojlantirish muammo va istiqbollari. Sarlavha


Download 14.92 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.92 Kb.
#1561278
Bog'liq
Maqola 1


Maqola.
Mavzu: O’zbekistonda olimpiya va paraolimpiya o’yinlarini rivojlantirish muammo va istiqbollari.
Sarlavha: “Olimpiya va paralimpiya o’yinlarini rivojlantirish muammolarini topish va ularga yechim topish haqida qisqacha qo’llanma”
Reja:
1.Kirish
2.Asosiy qism
3.Xulosa.
Kirish qismi:
2021-yil 5-noyabrdagi “Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo’yicha sportchilar zaxirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori aynan sportchilarni keng musobaqa doirasiga jalb etish va yuksak natijalarga erishishga qaratilgan. O’tgan 2021-yilda XXXII yozgi olimpiya va XVI paralimpiya o’yinlarida ilk bor- jami 17 ta sport turida sportchilarimiz qatnashishdi. Bu quvonarli holat. Kelayotgan 2024-yil Parij shahrida (Fransiyada) o’tkaziladigan XXXIII yozgi olimpiya va XVII Paralimpiya o’yinlariga tayyorgarlik ko’ruvchi O’zbekiston milliy terma jamolari,Olimpiya o’yinlari bo’yicha 244 ta dasturda ishtirok etish hamda 26 ta sport turlari bo'yicha 103 ta litzensiyani, shu jumladan 8 ta istiqbolli olimpiya sport turlari bo’yicha ( badminton, stol tennis, qoyani zabt etish, suv polosi, sinxron suzish, suvga sakrash, ot sporti, triathlon) 31 ta dasturda ishtirok etish va litzensiyalarni qo’lga kiritishni; Paralampiya o’yinlari bo’yicha 476 ta dasturda ishtirok etish hamda 12 ta sport turlari, shu jumladan: bochcha, parastol tennis, parakomondan otish, paravelosport bo’yicha jami 105 ta litzensiyani qo’lga kiritishni nazarda tutadi.
Asosiy qism.
Bu natijalarga erishish uchun bosh vazir o’rinbosari- turizm va sport vaziri A.Abduxakimov, O”zMOQ - R.Shaabduraxmanov hamda O”zMPQ- M.Tashxodjaev o’z say harakatlarini olib bormoqdalar. Xususan sport menejmentini tubdan takomillashtirish bo’yicha aniq chora tadbirlar bilan birgalikda uch oy muddatda katta to’rtlik (“ big four”) auditorlik tashkilotlaridan birini jalb qilish ustida ishlar olib bormoqda. Sportchilarni yanada ishtiyoqini oshirish va kuchli ayol sportchilarni aniqlash maqsadida Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi tomonidan 2020-yil dekabrda qabul qilingan qarorga asosan 2024-yildagi Olimpiya o’yinlarida ilk bor gender tenglik ta’minlanib,erkaklar hamda ayollar uchun qatnashish huquqini beruvchi litzensiyalar soni teng ravishda belgilab berildi. Buning asosida Olimpiya o’yinlarida ishtirok etish uchun talabgorlar o’rtasida ayol sportchilar ulushini oshirish,2022-23 uquv yilidan boshlab olimpiya zaxiralari sportchilarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan sport-ta’lim muassalarida ayollar uchun qabul kvotalarini oshirish nazarda tutilmoqda. Milliy terma jamolari sportchilarining yil davomida doimiy uzluksiz o’quv-mashg’ulot yig’inlari, xalqaro musobaqa va turnirlarda muntazam ishtirokini ta’minlash, malakali mahalliy xorijiy trenerlar hamda boshqa mutaxassislarni jalb qilish samarali natijalarni beradi. O’quv-mashg’ulot ,musobaqa va turnirlarga tayyorgarlik jarayoniga ilg’or innovatsion, ilmiy metodik texnologiyalarni joriy etish hamda sportchilarni farmakologik - tibbiy ta,minlash,ularda sportchilarning ishtirokini davrida ilmiy jihatdn tahlil qilish bo’yicha mutaxasislar ( trenerlar,shifokorlar,fiziologlar, dietologlar, ilmiy tahlilchilar ) guruhlari bilan tez-tez suhbat o’tkazish, amaliy ko’rsatmalar orqali ko’rsatib berish sportchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun muhim bosqich desak yanglishmaymiz. Sportdagi korrupsiyaga ichki va tashqi tarafdan kurashish, uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, ularni saralash, saralash normativlarini ishlab chiqib tatbiq etish yangi imkoniyat egaarini aniqlashga yo’l ochadi.
Xulosa: Olimpiya va Paralampiya o’yinlarini yanada rivojlantirish hamda yuksak natijalarga erishish uchun, sport bo’yicha jahon arenalarining yuqori cho’qqisidagi sportchilar va ularning trenerlri bilan onlain smenarlar o’tkazish tajriba almashish muhim vositalardan biri hisoblanadi. Sportchilar uchun keng sharoitlar yaratilishi va ular yaxshi sovrinlar bilan taqdirlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Rashidova Niginaxon 51-21 guruh talabasi.
Download 14.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling