Mavzu: O‘zbekistonliklarning frontdagi jasorati va qahramonliklari Reja


Download 47.68 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi47.68 Kb.
#207548
Bog'liq
1 mav ta


Mavzu: O‘zbekistonliklarning frontdagi jasorati va qahramonliklari

Reja:
  • Iqtisodiyotda inqirozli holatning vujudga kelishi.
  • Ijtimoiy hayotda inqirozli holatning vujudga kelishi.

  • 3) Boshqaruv tizimining noafzalliklari.

50–80-yillar O`zbekiston tarixidagi murakkab davrlardan biridir. Bir tomondan, O`zbekiston xalqining fidokorona, bunyodkorlik tufayli respublika iqtisodiyoti anchagina rivojlandi. Ikkinchim tomondan, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotda muammoalar, noxush holatlar to‘planib borib, pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi. Respublikaning iqtisodiy rivojlanish yo‘lida to‘xtab qolishlar ro‘y bermasada, olg‘a tomon siljish sur’atlari tobora sekinlashib, pasayib bordi.

60-yillarning o‘rtalarida iqtisodiy islohotlar qilishga kirishiladi. 1965-yilgi islohotda sanoat, qurilish va qishloq xo‘jalik korxonalarini xo‘jalik hisobiga o‘tkazish, rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishni ko‘zda tutgan tadbirlar mo‘ljallandi.

Boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi yaratgan to‘g‘anoqli mexanizm keyingi yillarda ham ijtimoiy-iqtisodiy hayotda progressiv qayta o‘zgarishlarni, 1979-yilgi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagi urinishlarni barbod qildi. 70–80-yillarda bo‘lib o‘tgan KPSSning barcha s’ezdlarida rivojlanishning intensiv shakliga o‘tish zarurligi qayta-qayta ta’kidlangan edi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, rahbarlikda iqtisodiy usullarga o‘tish vazifalari qo‘yilar edi.

Jamiyatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuzaga kelgan inqirozli holatning sabablari va ildizi fikrlashning orqada qolganligida, muayyan tarixiy sharoitga yetarli siyosiy baho bera olmaganlikda edi. 60-yillarning oxirida ilmiy va siyosiy hayotga kirib kelgan “rivojlangan sotsializm” tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasini aniqlashda jiddiy nazariy xatoga yo‘l qo‘yilganligining oqibati bo‘ldi. Iqtisodiyotdagi inqirozli holatlar ijtimoiy sohaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Ijtimoiy ehtiyojlar uchun mablag‘lar taqsimlashning qoldiq prinsipi va taqsimotda tekischilik qonun-qoidasining ustun bo‘lishi ijtimoiy adolatsizlikning avjiga olib keldi. Ijtimoiy tanglik, millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo‘rlik va boshqa shu kabi illatlarning keng yoyilishida o‘z ifodasini topdi.

Noxush holatlar milliy munosabatlarni ham chetlab o‘tmadi. Bu sohadagi muammolar tobora ko‘p to‘planib boraverdi. Vazirlik va boshqarmalarning xodimlari har doim ham milliy shart-sharoitlarni va urf-odatlarni, ekologik vaziyatni hisobga olib ish yuritish zarurligini e`tiborga olavermadi. Bir qancha joylarda ortiqcha ishchi kuchlari paydo bo‘la boshladi. Birgina Farg‘ona vodiysining o‘zida 200 ming yigit va qiz ishsiz edi. Jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlar, shu jumladan, milliy o‘zlikni anglash, o‘z xalqining tarixiga, ma`naviy merosiga hamda urf-odatlariga qiziqishning kuchayishi yetarlicha etiborga olinmadi va chuqur tahlil qilinmadi. Bu jarayon tub joy aholi bilan ko‘chib kelib joylashib qolgan aholi o‘rtasidagi nisbatning o‘zgargan davrida ayniqsa keskinlashib bordi. Milliy o‘ziga xoslikni asrash, milliy til va urf-odatlarni saqlab qolish muammolari kuchayib bordi.

Taraqqiyotga to‘sqinlik qiluvchi o‘ziga xos mexanizm siyosat sohasini ham o‘z domiga tortdi. Boshqaruv apparatining byurokratlashtirilishi, qarorlar qabul qilish va uni hayotga tadbiq etishda nodemokratik usullarning qo‘llanishi, qonunlarning bajarilishini ta’minlovchilarning o‘zlari tomonidan qonunchilikning buzilishi, davlat va ijtimoiy hayotga doir masalalarda oshkoralikning yo‘qligi, ommaning passivligi va shu singarilar siyosat sohasidagi inqirozning namoyon bo‘lishi edi. 20-yillar oxiri – 30-yillarda shakllangan xo‘jalik yuritish tizimi, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli 30-yillarda, urush davrida, tiklash yillarida muayyan samara bergan bo‘lsada, 50-yillardan e’tiboran ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga to‘siq bo‘la boshladi. 1956-yilda ijtimoiy hayotda iqtisodiyotni qayta qurishlar, boshqaruvni demokratlashtirishga urinishlar bo‘ldi.



SSSR Konstitutsiyasiga binoan xalq deputatlari sovetlari davlatning hokimiyat organlari hisoblansada, amalda ular partiya tashkilotlarining ijrochilariga aylanib qolgan edilar. Sovetlarning sessiyalari ham Kompartiya tomonidan oldindan tayyorlanadigan qonun va qarorlarni yakdillik bilan ma’qullar edi. Sovetlar obro‘sining pasayishi qonunlarning bajarilishiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazdi. Qonunlar turli xildagi hujjatlar bilan almashtirildi. 70-yillarning oxiri – 80-yillarning boshiga kelib xalq xo‘jaligini boshqarishda 200 mingga yaqin har xil buruqlar va ko‘rsatmalar to‘planib qolgan bo‘lib, xo‘jaliklar faoliyatini o‘rgimchak singari o‘rab, chalkashtirib tashlagan edi.

O`sbekiston Kompartiyasi MQning 1984-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan XVI plenumida partiya, sovet va davlat xo‘jalik organlari faoliyatidagi jiddiy xatoliklar va qonubuzarlik to‘g‘risida ochiq-oydin gapirildi. Biroq plenum tobora chuqurlashib borayotgan noxushliklarning ildizini keltirib chiqargan tub sabablarni to‘liq ochib bera olmadi. Shu boisdan keyinchalik ham noxush jarayonlar davom etaverdi. Mahalliy ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirishda O`zbekiston partiya tashkilotlarining ishiga Markazning aralashuvi kuchaydi. Bu esa respublikadagi nosog‘lom vaziyatni yana ham murakkablashtirdi. Iqtisodiy va ijtimoiy hayotning tobora yaqqolroq namoyon bo‘layotgan inqirozli holatlarini bartaraf etish, O`zbekistonni yuqori taraqqiyot darajasiga olib chiqish uchun yangicha yo‘l tutish zaruriyati to‘liq yetilgan edi.
Download 47.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling