Yangi o'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari


Download 0.81 Mb.
bet1/6
Sana31.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1312567
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
biznes


Yangi o'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari

O‘tgan asr 90-yillarining birinchi yarmida sobiq ittifoq respublikalaridagi aksariyat sanoat korxonalari faoliyatining to‘xtab qolishi va ularning bankrotga uchrashi xom-ashyo va butlovchi qismlarga bo‘lgan buyurtmalarining kattagina qismidan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston sanoat korxonalarining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bunday vaziyat tarkibiy qayta qurishlar, sanoatni diversifikatsiya qilish va eksport bozorlarini yangitdan belgilab olishni talab etadigan davrida sanoat ishlab chiqarishning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining vaqtincha kamayishiga olib keldi.


Sobiq sovet xo‘jalik yuritish tizimining barham topish davridagi bir oz pasayishdan so‘ng, yurtimizda 1996 yildan boshlab sanoat ishlab chiqarishi hajmi izchil o‘sib bormoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 2009 yilda 1990 yildagiga nisbatan 2,7 barobar, 2012 yilda esa 3 barobar ziyodga o‘sishiga erishildi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda avtomobilsozlik, neft-gaz kimyo sanoati, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat sanoati va yengil sanoat kabi bir qator yangi sanoat tarmoqlari yaratildi. Iqtisodiyot tarmoqlarini sanoat asosida tashkil etish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft va gaz-kimyo, temir yo‘l mashinasozligi kabi yangi tarmoqlarining yaratilishi natijasida 2012 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘sishi oldingi yilga nisbatan 107,7 %ni tashkil etdi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida avtomobilsozlik sanoati alohida o‘rin egallamoqda. Bu tarmoq Asaka shahrida AQShning “Jeneral Motors” kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar ishlab chiqaradigan, Toshkent shahrida Germaniyaning dunyoga mashhur “Daimler-Benz” va Samarqand shahrida Yaponiyaning “Isuzu” kompaniyalari bilan hamkorlikda avtobuslar ishlab chiqaradigan hamda Germaniyaning “MAN” kompaniyasi bilan tashkil etilgan yuk avtomobillari ishlab chiqaradigan yangi zavodlarni o‘z ichiga oladi. Ana shunday o‘zgarishlar natijasida mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1990-2012 yillarda 12 barobar o‘sdi. Faqat oxirgi 10 yilning o‘zida yengil avtomobillar ishlab chiqarish 7,1 barobar, avtobuslar – 2,6 barobar va yuk avtomobillari tayyorlash – 12,9 barobar oshganligi diqqatga sazovor.
Avtotransport xizmatlari va servisni rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish, aholiga, xususan, qishloq aholisiga ko‘rsatilayotgan avtotransport xizmatlari va servis darajasi va sifatini oshirish doirasida yo‘nalishli transport tarmog‘i rivojlanmoqda. 2012 yilda ko‘zda tutilgan 195 ta yo‘nalish o‘rniga 226 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlar tashkil etildi.

3-jadval
O‘zavtosanoat” AK zavodlarida ishlab chiqarish dinamikasi




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling