Yangi o'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari
-jadval 2011-2015 yillarda infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturining
Download 0.81 Mb.
|
biznes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘nalish nomi Loyiha qiymati (mln. dollar) Loyiha soni
4-jadval
2011-2015 yillarda infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish dasturining asosiy ko‘rsatkichlari
Dastur doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli kompleks chora-tadbirlarning mamlakatimizning asosiy transport turlari: havo, temir yo‘l va avtomobil transport tizimi hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirishga, mavjud ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish salohiyatidan to‘liq va keng miqyosda foydalanishga qaratilganligi xarakterlidir. O‘zbekistonda issiqlik energiyasi, elektr energiyasi sohalarini rivojlantirishga hukumat tomonidan strategik ahamiyatga molik bo‘lgan sohalardan biri sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Tahlillarni raqamlar orqali izohlaydigan bo‘lsak, 2012 yilda investitsion loyihalarni amalga oshirish natijalariga ko‘ra, mamlakat elektr-energiyasi sohasida quyidagi ishlar amalga oshirildi: 478 MVt generatsiya quvvatlari; kuchlanishi 0,4-500 kV bo‘lgan, uzunligi 1503,3 km elektr uzatish tarmoqlari; 35 kV va yuqori bo‘lgan podstansiyalarda 774 ming kVA transformator quvvatlari, 557 ta 6-10 kVli komplekt transformator punktlari ishga tushirildi. Shu jumladan: Samarqand viloyati Jomboy tumanida 220 kVli “Cho‘pon-Ota” podstansiyasi (125 ming kVA kuch transformatorini ishga tushirish bilan); 220 kVli “Quyi-Mozor” podstansiya (63 ming kVA kuch transformatorini ishga tushirish bilan) rekonstruksiya qilindi; 220 kV “PS Fozilmon-PS Lochin” oralig‘idagi XUET (30 km), 220 kV “PS Qizil Rovat - PS Yulduz” oralig‘idagi (31,5 km) XUET qurildi, 220 kV Sirdaryo IES-PS Qoraqiyasoy” oralig‘idagi (71,8 km) XUET rekonstruksiya ishlari bajarildi. Sohani yuqori sur’atlarda rivojlantirish, aholi va boshqa iste’molchi korxonalarning o‘sib borayotgan ehtiyojini inobatga olgan holda, elektr energiyasi ishlab chiqarishning 2011 – 2015 yillarga mo‘ljallangan dasturi ishlab chiqilib joriy etilmoqda. Istiqbolda ishga tushirilishi lozim bo‘lgan muhim obyektlarning soni 41 ta bo‘lib, uni amalga oshirish uchun jami 7259.48 mln. AQSH dollari miqdorida investiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. Investitsion mablag‘larning katta qismi kompaniyaning o‘z mablag‘lari evaziga bo‘lsa, qolgan qismi esa tijorat banklarining imtiyozli kreditlari evaziga shakllantiriladi. Tabiiy gaz-kimyo sanoatida har turli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qimmatbaho hom-ashyodir. Bu borada respublikada qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. “Navoiy azot”, “Farg‘ona azot”, “Maksam-Chirchiq” korxonalarida mineral o‘g‘it, nitron tola va boshqa yuzdan ortiq turdagi iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyoji uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. “SHo‘rtangazkimyo” kompleksida tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan politelen granulalari, plastmassa quvurlar va boshqa turdagi plastmassa mahsulotlari tabiiy gazdan olinmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari va aholi tomonidan tabiiy gazdan oqilona va samarali foydalanishda uni iqtisod qilish manbalari mavjudligini ko‘rsatmoqda. Bunda respublika ehtiyoji uchun “O‘zbekenergo” kompaniyasi tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarishda asosan tabiiy gazdan foydalaniladi. Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlariga yetkazib berilayotgan tabiiy gazning 38,6 foizi elektr stansiyalarda yoqiladi. 2012 yilda qurilishi nihoyasiga yetkazilgan eng yirik obyektlar haqida gapirganda, Navoiy issiqlik elektr stansiyasida Yaponiyaning “Mitsubishi” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 478 megavolt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasining ishga tushirilganini alohida qayd etish lozim (5-jadval). Ushbu loyihaning amalga oshirilishi yiliga qo‘shimcha ravishda 2 milliard 800 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, bu loyiha hisobidan shartli yoqilg‘i iste’molini 1,8 marta kamaytirishga, har yili 400 million kub metr gazni tejash yoki 110 million dollardan ortiq mablag‘ni iqtisod qilishga erishamiz. Avtomobil sanoatida Germaniyaning dunyoga mashhur “MAN” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida yiliga 3 mingta yuk avtomobili ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan yangi kompleksni bunyod etishning ikkinchi bosqichi yakunlandi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling