AndMI
"Avtomobilsozlik" fakulteti
Avtomobilsozlik va
Traktorsozlik yo'nalishi
3-kurs 286-guruh talabasi
Turg’unboyev Islombek
AQBOICH va PT fanidan
tayyorlagan
Mustaqil ishi
Metallarni prokatlash
Reja :
KIRISH
1. Metallarni yoyishni mohiyati
2. Prokat stanlari
3. Prokatkani ish unumi
4. Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi
5. Trubalarni yoyish
6. Choksiz trubalarni olish
7.
Davriy prokat
Kirish
Metallarni yoyish (prokatkalash) bosim ostida ishlashning eng ko‘p
qo‘llaniladigan usulidir. Metallurgiya zavodlarida ishlab chiqariladigan prokatkani
miqdori mamlakatda metallurgiya sanoatining qanchalik rivojlanganligini
ko‘rsatuvchi eng muhim ko‘rsatkichlardan biridir.
Prokatkalash - yoyishda metal bir-biriga teskari aylanuvchi jo‘valar orasidan
ezib o‘tkaziladi. Bunda jo‘valar orasidan tirqish berilgan materialning qalinligidan
kichik bo‘ladi. Jo‘vada materialning ezish natijasida, zagotovkaning qalinligi
kichrayadi, uzunligi oshib va eni kengayib, yoyiladi.
Jo‘valar prokat stanlarning staninasiga o‘rnatilib, profilli kesimi bo‘lishi
mumkin.
Prokat stanlarning jo‘valarning kesimi juda turli-tuman bo‘lib, qurilish
balkalari, har xil qalinlikdagi listlar, prokat zagotovkalarini yoyiladi. Po‘latlarni
sovuqlayin va issiq holda yoyiladi. Sovuq holda faqat yupqa listlar prokatka
qilinadi.