Mavzu: parasimpatik nerv sistemasi
Download 107.04 Kb.
|
Nerv sistemasi, markaziy va periferik nerv sistemasi. Bosh miya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh miya qorinchalari Bosh miya pardalari Oliy nerv faoliyati Vegetativ nerv sistemasi
MAVZU: PARASIMPATIK NERV SISTEMASI REJA Parasimpatik nerv sistemasi Orqa miya (medulla spinalis) Bosh miya Uzunchoq miya Bosh miya nervlari Bosh miya yarim sharlari. Bosh miya qorinchalari Bosh miya pardalari Oliy nerv faoliyati Vegetativ nerv sistemasi Nerv sistemasi, markaziy va periferik nerv sistemasi. Bosh miya va orqa miyadan tarqalgan nervlar, soni, vazifalari. Parasimpatik nerv sistemasi. Parasimpatik nerv sistemasi o'rta miya, uzunchoq miyadan va orqa miyaning dumg'aza qismidan boshlanadi. Parasimpatik nervlar markaziy nerv sistemasidan III (ko'zni harakatlantiruvchi nerv), V (yuz nervi), IX (til - halqum nervi) va X (adashgan nerv) juft bosh miya nervlari tarkibida chiqadi. Ko'zni harakatlantiruvchi nerv tarkibidagi parasimpatik tolalar ko'z soqqasining silliq muskullariga borib, ko'z qorachig'ini toraytiradi. Uzunchoq miyadan yuz nervi tarkibida chiqadigan parasimpatik tolalar jag' osti va til osti so'lak bezlari, og'iz va burun bo'shlig'i shiliq pardasida joylashgan bezlar hamda yosh bezini innervatsiya qiladi. Quloq oldi so'lak bezida til - halqum nervi tarkibidagi parasimpatik tolalar tarqalgan. Adashgan nerv tarkibidagi parasimpatik tolalar organizmda juda katta ahamiyatga ega. Bu tolalar bo'yin, ko'krak va qorin bo'shlig'idagi organlar (qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldidagi bezchalar, ayrisimon bez, yurak, o'pkalari, qizilungach, me’da, ingichka ichak, yo'g'on ichakning ko'p qismi, jigar, me’da osti bezi, buyraklar, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar) ni nervlar bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, simpatik nervlar bilan birga chigallar (yurak, o'pka chigallari, bronxlar atrofi chigallari, qorin bo'shlig'i chigallari) hosil qiladi. Orqa miyaning dumg'aza qismidan boshlanadigan parasimpatik tolalar orqa miya nervlari tarkibida chiqadi va kichik chanoqdagi organlar (qovuq, sigmasimon ichak va jinsiy organlar)ga boradi. Vegetativ nerv sistemasi organizmda sodir bo'ladigan hamma protsesslarni boshqaradi. Masalan, sekret ishlanishi, silliq muskullarning qisqarishi, moddalar almashinuvi, yurak faoliyati va boshqalar. Har qaysi ichki organga simpatik va parasimpatik nervlar keladi. Bu nervlar organlar faoliyatiga qarama - qarshi ta’sir etadi. Simpatik nerv ta’sirida ko'z qorachig'i kengayadi, bezlar sekretsiyasi kamayadi, mayda arteriyalar torayadi (yurak toj tomirlari esa kengayadi), qon bosimi ortadi, yurak urishi tezlashadi, mayda bronxlardagi muskullar bo'shashadi. Ichak peristalьtikasi susayadi, organizmdan issiqlik chiqishi kamayadi va boshqalar. Parasimatik nerv ta’sirida ko'z qorachig'i torayadi, bezlar sekretsiyasi kuchayadi, yurak urishi sekinlashadi, ichak peristalьtikasi kuchayadi, mayda bronxlardagi muskullar qisqaradi, qon tomirlari kengayadi, organizmdan issiqlik ko'p chiqadi va hokazo. Simpatik va parasimpatik nervlarning organlarga ta’siri qarama - qarshi bo'lishiga qaramay, ular bir - biri bilan kelishib ta’sir etadi. Vegetativ nervlarning kelishib ishlashi sababli organizm normal hayot kechiradi. Vegetativ nerv sistemasi faoliyati bosh miya po'stlog'i tomonidan idora qilinadi: vegetativ nervlarga markaziy nerv sistemasidan tashqari, ba’zi gormonlar va dorilar ta’sir etadi. Masalan, adrenalin simpatik nervlar tonusini oshiradi. Atropin nerv "tugunlariga ta’sir qilib, parasimpatik tolalardan nerv impulьslarining o'tishini to'xtatadi. Vegetativ nerv sistemasi qo'zg'alganda, vegetativ nerv uchlarida maxsus kimyoviy moddalar - medeatorlar paydo bo'ladi. Simpatik rv uchlarida (simpatin), parasimpatik nerv uchlarida atsetilxolin ishlab chiqariladi. Adrenalin bilan atsetilxolin organlar faoliyatiga simpatik va parasimpatik nervlarga o'xshab ta’sir etadi, nerv uchlarida bevosita to'qmalariga impulьs o'tishiga yordam beradi. 2. Nerv sistemasining tuzilishi va funktsional birligi-nerv hujayrasi (neyron)dir. Neyron hujayra tanasi va o'simtalardan iborat. Tashqi va ichki ta’sirotlarga javoban organizmda sodir bo'ladigan funktsiyalar refleks deb ataladi. Masalan, ovqat yeganda so'lak ishlanishi, chiroq yoqilganda ko'z qorachig'i torayishi, oyoq kaftini qitiqlaganda oyoq panjasi va barmoqlar bukilishi va boshqalar. Refleks markaziy nerv sistemasi ishtirokida ro'y beradi. Hamma reflekslarda ta’sirot markazga intiluvchi nervlar uchi yoki retseptorlar tomonidan qabul qilinadi va shu nervlar orqali markaziy nerv sistemasiga o'tkaziladi. Markaziy nerv sistemasida hosil bo'lgan qo'zg'alish markazdan qochuvchi (harakatlantiruvchi) nervlar yordamida har xil organlarga keladi va ularda o'ziga xos faoliyat ro'y beradi (masalan, muskullar qisqaradi, bezlar suyuqlik ishlab chiqaradi va hokazo). Reflekslarning yuzaga kelishiga sabab bo'lgan qo'zg'alish o'tadigan yo'l reflektor yoy yoki refleks yoyi deyiladi. Refleks yoyi markazga intiluvchi (afferent), markazdan qochuvchi (efferent) va qo'shimcha yoki oraliq neyronlardan hosil bo'ladi. Hujayra tanasida tsitoplazma va yadrodan tashqari, neyrofibrillar va tigroid modda joylashgan. Nerv o'simtalari ikki xil bo'lib, biri uzun va shoxlanmagan o'simta-neyrit (akson), ikkinchisi kalta shoxlanib ketgan o'simta-dendrit deyiladi. O'simtalar ustini parda qoplab turadi. Nerv o'simtalari mielin parda bilan birga nerv tolasi deyiladi. Neyronlarning katta- kichikligi, shakli va funktsiyasi har xil bo'ladi. Ular sezuvchi, oraliq va harakatlantiruvchi bo'ladi. Sezuvchi neyronlarning o'simtalari organlarda joylashib (masalan, terida), ta’sirotni sezadi (retseptorlar), harakatlantiruvchi neyronlarning o'simtalari esa organlarda tugaydi (effektorlar). Oraliq neyronlar boshqa neyronlarni, masalan, sezuvchi va harakatlantiruvchi neyronlarni bir-biri bilan bog'laydi. Bular bog'langan joy sinaps deyiladi. Ta’sirotni qabul qilish va nerv impulьslarini o'tkazish nerv to'qimasining asosiy xususiyatidir. Organizmda nerv impulьslari dendritlardan nerv hujayrasi tanasiga, neyritlarga o'tkaziladi. Neyronlar bir-biri bilan o'ziga xos modda-neyrogliya yordamida birikadi. Bundan tashqari, neyrogliya trofik, himoya, tayanch va sekretor funktsiyalarni ham bajaradi. Nerv sistemasi barcha organlar va organlar sistemasi faoliyatini boshqaradi, organizmdagi barcha organlar va organlar sistemasini bir butun qilib birlashtiradi, ular faoliyatini bir-biriga moslaydi va butun organizmning funktsional birligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, oragnizmning tashqi muhit bilan birligini boshqaradi va odamning tashqi muhit sharoitiga moslanishiga yordam beradi, nihoyat, ma’noli nutq, xotira, fikr ham nerv sistemasiga bog'liq. Nerv sistemasining tuzilish va funktsional birligi-nerv hujayrasi (neyron)dir. Nerv sistemasi asosan markaziy va periferik nerv sistemasiga bo'linadi. Markaziy nerv sistemasiga bosh miya bilan orqa miya kiradi. Periferik nerv sistemasi skelet muskullari va ichki organlarga boradigan nervlar hamda nerv chigallaridan iborat. Periferik nerv sistemasi somatik va vegetativ nerv sistemasiga bo'linadi. Somatik nerv sistemasi skelet muskullarida va ba’zi ichki organlarda (til, halqumda) tarmoqlanadi va ulra faoliyatini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi esa ichki organlarga, ichki sekretsiya bezlariga, teri va qon tomirlarining silliq muskullariga boradi. Shu bilan bir qatorda vegetativ nerv sistemasi ko'ndalang-targ'il muskullarining oziqlanishini (trofik) va tonusini boshqaradi. Markaziy nerv sistemasi bilan periferik nerv sistemasi funktsional jihatdan bir-biriga chambarchas bog'liq. Markaziy nerv sistemasi kul rang va oq moddadan iborat. Kul rang modda nerv hujayralarining to'plamida, oq modda esa shu hujayralar o'simtalaridan hosil bo'ladi. Orqa miya (medulla spinalis) umurtqa pog'onasi kanalida joylashgan. Miya yuqorida katta ensa teshigi orqali uzunchoq miyaga ulanadi. Pastda bel umurtqasi ro'parasida konus shaklida tugaydi. Bu konus ingichka tortib, II dum umurtqasigacha cho'ziladi va oxirgi ipga aylanadi. Orqa miyaning bo'yin va bel qismi yo'g'onlashgan. Bu yo'g'onlashmalardan qo'l va oyoqlarga boradigan nervlar chiqadi. Orqa miya segmentlarga bo'linadi (31ta), qaysi segmentdan bir juft orqa miya nervi boshlanadi. Yuqorida aytilganidek, orqa miya kul rang va oq moddadan hosil bo'lib, shakli kapalakni esalatadi. Kul rang modda orqa miyaning markazida, oq modda esa kul rang moddaning chetida joylashadi. Kulrang modda nerv hujayralaridan hosil bo'lib, shakli kapalakni eslatadi. Kulrang moddada ikita oldingi va ikkita orqa shoxlar bor. Oldingi shoxlarda harakatlantiruvchi hujayralar, oldingi shoxlarda esa qo'shimcha yoki oralik hujayralar joylashgan. Orqa miyaning oldingi va orqadagi shoxlaridan har bir segmentdan bir juft oldingi va orqadagi ildizlar boshlanadi. Sezuvchi nerv hujayralarining to'plami orqadagi ildizlarda bo'ladi. Bu to'plam orqa miya tuguni deyiladi. Ildizlar asosan kulrang modda va tugunda joylashgan nerv hujayralarining o'siqlaridan iborat. Shu sababli, orqadagi ildizlar sezuvchi, oldingi ildizlar harakatlantiruvchi bo'ladi. Oldingi va orqadagi ildizlar umurtqa pog'onasi kanalidan chiqqandan keyin bir biri bilan birlashadi va aralash orqa miya nervini hosil qiladi. Oxirgi bel umurtqalari va dumg'aza suyagi qismidagi ildizlar yig'ilib, ot dumini tashkil etadi. Orqa miyaning oq moddasi nerv hujayralari o'siqlaridan iborat. Bu o'siqlar nerv impulьslarini o'tkazuvchi yo'llarni hosil qiladi. O'tkazuvchilar ko'tariluvchi (sezuvchi) va tushuvchi (harakatlantiruvchi) yo'llarga bo'linadi. O'tkazuvchi yo'llar yordamida orqa miyaning turli qismlari bosh bilan va bosh miya orqa miya bilan birlashib turadi. Orqa miyada ko'tariluvchi va tushuvchi yo'llardan tashqari, juda ko'p kalta yo'llar ham bor. Orqa miya segmentlarini bir-biri bilan birlashtirib turadi. Orqa miya uch qavat parda: tashqi parda - miyaning qattiq pardasi, o'rta -o'rgimchak iniga o'xshash parda va ichki parda- tomirli yoki yumshoq parda bilan qoplangan. Orqa miyaning asosiy funktsiyasi reflektor, faoliyati va qo'zg'alishni o'tkazishdir. Orqa miyada organizmdagi muhim funktsiyalarning reflektor markazlari joylashgan. Masalan, orqa miyaning bo'yin qismida diafragma muskullari, bo'yin, yelka kamari va qo'l muskullarining ishini boshqaradigan markazlar; bel va dumg'aza qismida chanoq kamari va oyoq muskullari markazlari, shuningdek, ko'krak va bel qismida ter chiqarish va tomirlarining harakatini boshqaradigan markazlar, dumg'aza qismida siydik chiqarish, defekatsiya va jinsiy organlar faoliyatini boshqaradigan markazlar joylashgan. Orqa miyaning ikkinchi funktsiyasi o'tkazuvchi yo'llar yordamida ko'zg'alishni o'tkazishdir. Nerv impulьslari teri, muskullar va boshqa organlardan sezuvchi tolalar orqali orqa miyaga, undan ko'tariluvchi yo'llar orqali bosh miyaga o'tadi. Bosh miyadan hosil bo'lgan ko'zg'alish o'tkazuvchi yo'llar bo'ylab orqa miyaga, undan harakatlantiruvchi tolalar bo'ylab har xil organlarga o'tkaziladi. Bu impulьslar ta’sirida organlar holati o'zgaradi. Masalan, muskullar qisqaradi, siydik va axlat chiqarish to'xtatilib turadi boshqallar. Orqa miya faoliyati bosh miya va uning po'stlog'i tomonidan boshqariladi. Orqa miyadan 31 juft orqa miya nervi chiqadi. Bular: 8 juft bo'yin, 12 juft ko'krak, 5 juft bel, 5 juft dumg'aza va 1 juft dum nervlaridir. Orqa miya nervlari umurtqalar aro teshikdan chiqqandan keyin, oldingi va orqadagi tarmoqlarga bo'linadi. Orqadagi tarmoqlar teriga va orqaning joylashgan muskullariga boradi. Bo'yin, bel, dumg'aza va dum nervlarining oldingi tarmoqlari bir biri bilan chalkashib, bo'yin, yelka, va dumg'aza nerv chigallarini hosil qiladi. Har qaysi chigaldan muayyan ullarga va terining ayrim qismlariga nervlar chiqadi. Ko'krak nevrlarining oldingi tarmoqlari chigal hosil qilmaydi, qovurg'alararo muskullarga, ko'krak va qorinning yuqori bo'limlaridagi teriga boradigan qovurg'a osti nervlarini hosil qiladi. Download 107.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling