Mavzu: Pedagog kasbiga umumiy ta’fsif Reja


Download 17.62 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi17.62 Kb.
#1450900
Bog'liq
1-amaliy (1)


Mavzu: Pedagog kasbiga umumiy ta’fsif
Reja:

  1. O'qituvchi va uning kasbi haqidagi fikrlar.

  2. O'qituvchi kasbi xarakteristikasi.

  3. O'qituvchi kasbini tanlashga qo'yilgan talablar

Pedagog - bu moxir tashkilotchi, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish masalasini amalga oshira oladigan xodim hisoblanadi. U odamlar bilan ishlaydi, jamiyatni boshqaradi, jamoa tajribasiga tayanib ish ko‘radi, o‘z o‘rtoqlarining maslahatiga quloq soladi, qo‘lga kiritilgan yutuqlarga tanqidiy yondoshadi. Bunday kishi yuqori madaniyatli, keng mulohazali, tadbirkor, o‘z ishining ustasi, jamiyatning hakikiy ziyolisidir.


Pedagogik faoliyat - inson faoliyatining alohida ko‘rinishi bo‘lib, maqsadga yo‘naltirilgan xarakterga ega, chunki pedagog o‘z oldiga aniq maqsadni qo‘ya olmasligi mumkin emas: o‘rgatish, misol, geografik kartani o‘qish qobiliyati, tarbiyalash, mi sol, vatanparvar sifatidagi shaxsiy sifat. Keng m a’noda pedagogik faoliyat ijtimoiy funksiyani bajarishga yo‘naltirilgan, jamg'arilgan tajribani kelgusida yoshi ulug‘larga translyasiyalash, uzatishdan iborat.
O'qituvchining pedagog - tarbiyachi sifatidagi faoliyati, uning boshqa soha bilimlaridan xabardor bo ‘lishi, o'z faniga doir fundamental bilimga ega bo‘lishi hamda maktab o‘quvchisining shakllanib kelayotgan shaxsi psixologiyasi, uning qobiliyatlari to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo'lishi, kishilik olamida sodir boMayotgan sotsial voqeahodisalarni to'g'ri idrok etishi va ularga to'g'ri baho bera bilishi. guruh jamoasini yaxlit va har bir o'quvchini puxta o'rgana bilishi, ularning xulq-atvori va sotsial faoliyatini oldindan aytib bera olish mahorati g'oyat katta ahamiyatga egadir. Pedagog kasb mahoratining ortib borishida pedagogga nisbatan maktab ma’muriyati, hamkasblari, o'quvchilar, ota-onalaroan kutiladigan sotsial munosabatlar juda muhimdir. Pedagogning obro‘si uning darsdagi faolligi, maktab jamoasida olib boradigan ishlari, ota-onalar bilan muloqoti - xullas. O`z axloqiy idealiga muvofik xatti-harakatlari bilan belgilanadi. U o'z o'quvchilarida buyurilgan ish uchun yuksak darajadagi sotsial m as’uliyatni his qilish odatini, oliyjanoblikni tarbiyalashi, uning intellektual kamolotiga erishib, ma'naviy jihatdan musaffo kishi bo'lib tarbiyalanishiga erishmog'i kerak. Pedagog faoliyatida, uning o'quvchilar turli yosh bosqichlarida ular bilan qanday uslubda ish olib borishi katta rol o'ynaydi.
Mavzu bo`yicha savol va topshiriqlar:

  1. Pedagog kasbi sizningcha qanday?

  2. Pedagog kasbiga qanday mas`uliyatlar qo`yiladi?

  3. Pedagog kasbining bola tarbiyasidagi ro`li haqida fikringizni ayting.

Foydalandilgan adabiyotlar:

    1. Michael Uljens, School Didactics and Learning: A School Didactik Model Framing an Analysis of Pedagogical Implications of Learning Theory, 2008-yil

    2. R.A.Mavlonova, O.To‘rayeva, K.M.Xoliqberdiyev, Pedagogika. Darslik, 2008-yil

    3. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova, Pedagogika nazariyasi va tarixi, 2010-yil

    4. K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi, 2010-yil

    5. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, Ijtimoiy pedagogika, 2009-yil

Download 17.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling