- REJA:
- 1.KORREKTSION FAOLIYAT METODOLOGIYASI
- 2.KORREKTSION FAOLIYATNING
- MAZMUN-MOHIYATI
Korrektsiya jarayonida yoshlarda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o'quvchining ongiga (ta'lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta'sir etib boriladi. - Korrektsiya jarayonida yoshlarda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o'quvchining ongiga (ta'lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta'sir etib boriladi.
- N. V. Kuzmina bu jarayonni: «Korreksiyalash jarayoni-o'quvchilarning ongiga, his-tuyg'ulariga ta'sir etuvchi va turli ijobiy qobiliyatlarini shakllantiruvchi faoliyat turidir» -deb tavsiflaydi. Korreksiyalash ta’sirida o’quvchi-yoshlarning g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlari tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi va shu bilan birgalikda tarbiya masalasi amalga oshiriladi.
- «Muayyan bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalar tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi» - deb yozadi Fleyk Xobson «Razvitiye rebyonka i yego otnosheniye s okrujayushimi» nomli asarida. Uning fikricha, muayyan hislatlarni tarbiyalash yoki yo'qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi va belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi.
- Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik diagnostika va pedagogik korrektsiya ishlari metodik jihatdan to'g'ri yo'naltirilganda jamiyatning har bir a'zosi ongiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirishda, mafkuraviy immunitet hosil qilishda, o'quvchilarning o'zligini anglashganda, vatanparvarlikni, millatlararo totuvlikni, diniy bag'rikenglikni, tolerantlikni shakllantirishda hamda komil insonga xos bo‘lgan fazilatlarni: sofdillik, tog’riso’zlik, adolatparvarlik, sahovatlilik, or-nomuslik, tantilik va boshqa sifatlarni tarkib toptirishda ijobiy samara beradi
- Pedagogik tashxislash va yoshlarning xulqidagi nuqsonlarni korreksiyalash masalalari bugungi kunda salmoqli ahamiyatga ega bo'lib borishi mustaqil O'zbekistonning har tomonlama rivojlanishidan, jamiyat a'zolarining ma'naviy- ma'rifiy hayotida paydo bo‘lgan muammolarini hal etilayotganidan dalolatdir.
- Ta’lim muassasalarida pedagogik korreksiya o’tkazish yo'llari xilma-xildir. Bunda o'smir va o’spirinlar bilan ishlash mazmuni ota-onalar va pedagoglar jamoasining hamkorlikka asoslangan, maqsadga yo'naltirilgan ish rejalari bilan belgilanishi zarur.
- Bu pog'onada pedagogik korreksiya yoshlarning xulqidagi nuqsonlarni: sabrsizlik, betga choparlik, qat’iyatsizlik, janjalkashlik, agressivlik kabi xislatlarni bartaraf etishga qaratiladi.
- Keyingi paytlarda o’smirlar va o’spirinlar orasida deviant xulqning turli- tuman ko'rinishlari progressivlashib bormoqda. Bu jamiyat, ijtimoiy xizmat ko'rsatish muassasalari va ijtimoiy pedagog-psixologlar oldiga o'ta dolzarb muammoni- dezataptatsion holatdagi o’smirlar bilan ishlash yo'llari, metodlari, shakllarini topishga, bu sohada o'smir reabilitatsiyasi va zarur bo'lsa, axloqiy xulq normalaridan og'ish kabi holatlarning olinishiga ta’sir kuchi konsentratsiyalashuvini belgilaydi.
- L. M. Denyakina : ». . .agar tarbiyachi, yoshlarga hech narsa va hech kim ta’sir qila olmaydi, deb da’vo qiladigan bo’lsa, bu narsa odatda tarbiyachining, o'qituvchining axloqiy pozitsiyasini belgilab beradigan ta’sirli referent guruhlardan mutlaqo xabarsiz ekanligini bildiradi*»-deydi.
- Referent guruh (lot. referens – xabar beruvchi) – kishi uchun e’tiborli bo’lgan, qadriyatlari, fikrlash hulq-atvor, normalari va qoidalarini so’zsiz tan oluvchi va ularni o’zi uchun qabul qiluvchi kishilar guruhidir.
- O’smirlik yoshida shaxs tarbiyasi hal qiluvchi ta’sir ostida tarkib topadi.
- Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muayyan dasturning, anglab olingan maqsadning mavjudligi bilan ta’sir ko'rsatishning maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vositalari, shakllari hamda metodlarining qo'llanilishi bilan tasodifiy va stixiyali ta’sirlaridan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |