Mavzu: Po’latning statik yuk ostida ishlashi. Po’lat sortamenti


Download 30.74 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi30.74 Kb.
#1560994
Bog'liq
Po’latning statik yuk ostida ishlashi. Po’lat sortamenti

Mavzu: Po’latning statik yuk ostida ishlashi. Po’lat sortamenti
Reja:

  1. Po‘lat asosiy xususiyatlari.Uglerodli po‘latlar.Ishlov berilgan po‘latlar .Ishlab chiqarilishga kura turlari.Kofolatlanish guruxlari.Po‘lat tarkibidagi ishlov beruvchi qo‘shimchalar va zararli aralashmalar.

  2. Po‘latning markalanishi

  3. Po‘latning mustahkamligini oshirish usullari.

  4. Po‘latning statik yuk ostida ishlashi, cho‘zilish diagrammasi.

  5. Po‘latning me’oriy va xisobiy qarshiliklari.

  6. Po‘lat sortamenti haqida umumiy ma’lumotlar.

  7. Varaqsimon po‘lat turlari.

  8. Burchaklik, qo‘shtavr va shvellarlar.

Po‘lat asosan ferrit va perlit zarrachalaridan iboratdir(perlit zarrachalari mustahkamroq). Asosan ikki xil zarrachalardan iborat bo‘lgan po‘latning mustahkamligi, elastikligi va ishlash qobiliyati ularning nisbatlariga bog‘liq. Nazariy va tajriba izlanishlar shuni ko‘rsatadiki,


monokristall temirning bir qismini uzishdan ko‘ra siljitish osonroq. Shuning uchun elastik deformatsiyalari temirning zarrachalarida siljish orqali barpo bo‘ladi. Tajriba tekshirishlar asosida shunday xulosa chiqadiki, siljish tekisliklar uzra katta diagonal yo‘nalishda bo‘ladi. Atomlararo bog‘lanish kuchini bilib, taxminan nazariy hisoblab chiqish mumkin. Bir tekislikda yotgan atom kristallarining boshqa tekislikda yotadigan atom kristallarini siljitish uchun ketadigan kuch nazariy hisobga nisbatan tajribada siljitishga ketadigan kuch yuz marta kamroqdir. Nazariya bilan amaliyotning farqini shunday tushuntirish mumkin: atom strukturasidagi bog‘lanishlar mukammal darajasida bo‘lmaganligi va nuqsonlar borligi sababli.
Materiallar mustahkamligini oshirish uchun ikki xil yo‘nalish bor:

    1. Kristall strukturadagi nuqsonlarni kamaytirish, ularni mukammal strukturasiga yaqinlashtirish;

    2. Atomlar oro bog‘lanishini yaxshilash uning kristall panjarasini o‘zgartirish orqali maqsadga erishish mumkin.

Diagrammadan ko‘rinadiki, kuchlanish ma’lum miqdorga yetguncha kuchlanish «» bilan nisbiy cho‘zilish «» o‘rtasidagi munosabat to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi, ya’ni ular bir-biriga to‘g‘ri mutanosib bo‘ladi: E. Kuchlanish ma’lum miqdorga «p» yetgandan so‘ng mutanosiblik buziladi. Birinchi bosqichda kuchlanishga mutanosib elastik deformatsiyalar sodir bo‘ladi, shu sababli bu bosqich po‘latning elastik ishlash bosqichi deyiladi. «oq» - oquvchanlik chegarasi deyiladi. Bu nuqtaga yetish oldida egri chiziqning holati keskin o‘zgaradi va keyin abssissa o‘qiga deyarli parallel bo‘ladi. Bu bosqichda yuk ta’sirida deformatsiyaning elastik qismi qaytib, boshqa qismi saqlanib qoladi. U qoldiq deformatsiya deyiladi.


Oqish chegarasidan keyin materialning qarshilik ko‘rsatish qobiliyati kuchaya boshlaydi, ya’ni material mustahkamlanadi. Bu mustahkamligi va bikirligi yuqoriroq bo‘lgan perlit zarrachalarining ishga tushganligidan dalolat beradi. Po‘latning bu ish bosqichi o‘z-o‘zidan mustahkamlanish bosqichi deyiladi.
Yukning miqdori ortishi bilan kuchlanish muvaqqat qarshilikka «v» yaqinlashgan sari materialning eng zaif joyida cho‘zilish deformatsiyalari kuchayib, «bo‘yin» hosil qiladi. Kuchlanish qiymati muvaqqat qarshilikka
tenglashgandan so‘ng (mustahkamlik chegarasi) «bo‘yin» ingichkalashib boraveradi va namuna tezda uziladi.
Rasm 4.1 Po‘latning cho‘zilishdagi diagrammasi



      1. Kam uglerodli po‘lat. 2.Legirlangan po‘lat. 3.Mustahkamligi oshirilgan po‘lat.

Ye21000 kNsm2 – elastiklik (qayishqoqlik) moduli, Rupoq – po‘latning oquvchanlik bo‘yicha me’oriy qarshiligi, Ripv – po‘latning vaqtinchalik qarshiligi
RuRupm –po‘latning oquvchanligi bo‘yicha hisobiy qarshiligi,
m – materialning ishonchlilik koeffitsienti (kuchlanish ta’sirida po‘latning mexaniq xususiyatlari o‘zgaruvchanligini hisobga oladi):
m1,025 . . . 1,15 bo‘ladi.
RuRunm – po‘latning vaqtinchalik qarshiligi bo‘yicha hisobiy qarshiligi.

Po‘lat prokat va quvurlar materiali bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlari.


5.1-jadval.

Nazorat usulini belgilovchi standart (po‘lat markasi,
oquvchanlik chegarasi qiymati)

γm

GOST 27772, GOST 535, GOST 10705, GOST 10706, GOST 19281
[oquvchanlik chegarasi 380MPa gacha (39 kgs/mm2)], TU 14-227-237, TU 14-1-4431,TU 14-3-1128, TU 14-104-133

1,05

GOST 19281[oquvchanlik chegarasi 380MPa dan yuqori
(39 kgs/mm2)], GOST 8731, TU 14-3-567



1,10

Metall konstru ksiyalar turli xil shaklli profillardan tashqil topadi. Shakli va geometrik o‘lchamlariga ko‘ra farqlanuvchi prokat, quvur va boshqa metall buyumlar haqidagi ma’lumotlar majmuasi (jadvali) sortament deb ataladi. Sortamentda profillarning ko‘ndalang kesim yuzasi, o‘lchamlari, geometrik tavsifnomalari (A,W,S,I,i) va bir metrli og‘irligi ko‘rsatiladi. Metall konstruksiyalarda qo‘llaniladigan yoyma po‘lat ikki guruhga bo‘linadi: 1. yupqa yoki qalin varaqsimon po‘lat;
2. profilli po‘lat – burchaklik, shveller, tavr, qo‘shtavr va h.k. Varaqsimon po‘lat quyidagicha turlarda mavjud bo‘ladi:

  1. Qalin varaqsimon po‘lat (TU 14-1-4431-88). Bu turdagi po‘lat 4160mm qalinlikda yoyiladi, kengligi 6003600 mm, uzunligi 2000mm dan 12000mm gacha qilib ishlab chiqariladi;

  2. Keng tasmasimon universal po‘lat GOST 19903–74. GOST 27772–88. (TU 14-1-3023-80). Bunday universal po‘lat varaqlarining qalinligi 660 mm, eni 2001050 mm, va uzunligi 500012000 mm qilib chiqariladi;

  3. Yupqa varaqli po‘lat (TU 14-1-4431-88). Bu xildagi po‘lat varaqlari 0,23,9 mm qalinlikda, 12005000 mm uzunlikda va 6002000 mm kenglikda ishlab chiqariladi.

B u r ch a k l i k l a r – teng yonli 75x75x6 –GOST 8509 – 86.
(GOST 535-88, 27772-88) va yonlari teng bo‘lmagan, GOST 8510 – 86, ya’ni tengsiz yonli turlarga bo‘linadi. Burchakliklar quyidagicha belgilanadi: L50x5 yoki L75x50x5. Birinchi holda yonlarining eni 50mm, qalinligi 5mm bo‘lgan teng yonli burchaklik, ikkinchi holda esa yonlarining eni 75 va 50mm,
qalinligi 5mm bo‘lgan tengsiz yonli burchaklik ifodalangan. Burchakliklar sortamenti juda keng bo‘lib, eng kichik profil L20x3 va eng kattasi esa L250x30 dan iboratdir. Q o‘ sh t a v r l a r –20 GOST 8239 – 72. (GOST 535 – 88) asosan egilishga ishlovchi to‘sinlar sifatida qo‘llaniladi. Sortamentga ko‘ra qo‘shtavrlarning 10 dan 60 gacha nomerlari mavjud. Qo‘shtavrning nomeri uning santimetrda ifodalangan balandligiga mos keladi. Qo‘shtavrlarning uzunligi 13m gacha bo‘lib, asosan 6; 9 va 12m li qilib tayyorlanadi. TU 14-1-3023-80ga muvofiq, keng tokchali qo‘shtavrlar ham ishlab chiqariladi. Ular uch xil bo‘ladi: to‘sinlar uchun «B» markali, yengil va og‘ir ustunlar uchun «K» markali va universal «Sh» markali. Keng tokchali to‘sinbop profillarning balandligi 1000mm gacha bo‘ladi. Sh v ye l l ye r l a r – 18 GOST 8240 – 72. (GOST 535-88). Shvellerlarning o‘lchamlari ham ularning nomerlari orqali ifodalanadi. Sortament 5 dan 40 gacha nomerlari bo‘lgan shvellerlarni o‘z ichiga oladi. E g m a profillar qalinligi 216 mm gacha ishlab chiqariladi.
Download 30.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling