Mavzu: Qadimgi Hindiston


Download 0.68 Mb.
Sana23.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1045334
Bog'liq
Taqdimot (14)

Mavzu: Qadimgi Hindiston

REJA: 1.Oriylar va ularning Hindistonga kirib kelishi. 2. Hindistonda tabaqalanishning kuchayishi. 3. Shimoliy Hindistondagi dastlabki davlatlarning tashkil topishi.

Oriylar va ularning Hindistonga kirib kelishi. Ularning bit qismi O’rta Osiyo va Erondagi daryo bo’ylaridagi unumdor yerlarda yashab dehqonchilik bilan shug’ullangan. Oriylarning boshqa qismi esa shu hududning dasht va tog’ yaylovlarida yashab qoramol, qo‘y, echki, ot va tuya boqib chorvachilik bilan shug’illanganlar. Sharqda va Janubi-sharqda Qadimgi Hindistoi bilan chegaradosh boiishgan, ular bilan qo’shnichilik qilishgan. Qadimgi hindlar ularni “oriy”, “oriya”, Eroniylar esa “ayriya” “eyraj” deb nomlaganlar. Oriy atamasining o’zbekcha tarjimasi olijanob, ulug‘vor, yaxshi oiladan va aslzoda kabi m a’nolarni anglatadi.

M.av. II mingyillikning o’rtalarida oriylarning bir qismi Sulaymon, Hindikush va Janubiy Badaxshondan oshib o’tib. Panjob viloyatini bosib olganlar. Oriylar bilan Hindistonning mahalliy aholisi o ita sid a ayovsiz shiddatli janglar bo’lgan. Bu janglar haqida “M axabxarata” va “Ramayana” dostonlarida mukammal m aium ot berilgan. Panjobga o ‘rnashib olgan oriylar qoramol – sigir. Buqa, ho’kiz, buzoq, qo‘y, echki, ot va tuyalar boqib, asosan chorvachilik bilan shug‘uilangan. Keyinchalik esa ular GanGang va Jamna daryosi bo‘yidagi unumdor yerlar hamda tog‘ yaylovlarini bosib olganlar. Oriylar kelgunicha Hindistonda ot boim agan Ular Hindistonga o’zlari bilan ot. Tuya va qoramol]arning yangi zotlarini olib kelganlar

Dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va chorvachilikning rivojlanishi natijasida Hindiston viloyatlarida tabaqalanish yanada kuchaygan. Aholi orasida mehnatkashlarning sa’y-harakatlari evaziga boyib ketgan jamoa oqsoqollari – rojalar, ruhoniylar va sarkardalar ajralib chiqqanlar. Dehqonlar, hunarmandlar, oddiy chorvador va savdogarlar aholining o’rta tabaqasini tashkil etgan. Aholi orasida kam bag’allar ham ko‘p boigan. Urushda asir tushgan begonalar va boylardan qarzdor b o iib qolgan hindlar qullarga aylantirilgan

Ular qullarni “begona”, „dushman” deb atashar edi. Rojalar, lashkarboshilar va ruhoniylar oddiy kishilar va qullami uylari, dalalari. Ustaxonalarida ishlatib, chorvalarini boqtirganlar. Oddiy kishilar va qullar mehnati evaziga boyib olgan oqsoqollar, lashkarboshilar va ruhoniylar asta-sekin quldorlarga aylana borganlar. Qullar va oddiy kishilarni itoatda saqlash uchun roja. Lashkarboshi va ruhoniylar ixtiyorida qurollangan jangchilar, nazoratchilar, soliq yig’uvchilar. Soqchilar va boshqa xizmatchilar boigan. Aslzodalar. Qozilar tomonidan gunohkor deb hisoblangan oddiy kishilar va qullar shafqatsiz tomonidan qattiq jazolangan.

Rojalar, lashkarboshilar va ruhoniylarga xizmat qiluvchi soqchi, nazoratchi qurolli jangchi, soliq yig’uvchi, qamoqxona, sudya-qozilar jam iyatni boshqaruvchi tashkilot – davlat tizimiga aylana borgan.Rojalar saylab qo‘yilgan qabila oqsoqollari, rahbarlaridan asta-sekinlik bilan hokimlar va podsholarga aylana borganlar. Endilikda ular faqat o ‘z mol-mulklarinigina emas, balki hokimiyatni, podsholikni ham bolalari va aka-ukalariga meros qilib qoldiradigan bo’lgan.

M.av. IX –V I asrlarda Gang vohasi va Shimoliy Hindistonda xo’jalik asta-sekinlik bilan rivojlana borgan. Xo’jalikni boshqarish. Aholi orasida tartib-intizomni saqlash va u yoki bu viloyatni tashqi dushmanlar hujum laridanhim oya qilish uchun davlat zarur edi. Bugina emas, boy-badavlat kishilar uchun ham podsholik, ham davlat zarur edi. Ular: “Agar podsho. Davlat himoya qilmasa. Badavlat kishilar o’lim va quvg‘inlikka mahkum boiad ilar” — der edilar.

M. Av. VI asrga kelib Gang – Jamna vohasi va Shimoliy Hindistonda 20 dan ortiq katta-kichik davlatlar bo’lib, ularning yiriklari Koshala, Kashi, Magadxa, Anga, Shakya, Gandxar, Malla va boshqalar edi. Ular podsho boshqaradigan yakka hokimlikka asoslangan – despotik davlatlar bo’lgan. Vridji va M alla kabi davlatlar ham bor ediki, ular respublika maqorniga ega bo’lgan.

M. Av. V I-V asrlarda Shimoliy Hindistonda hukmronlikni qo’lga olish uchun yuqoridagi davlatlar o’rtasida shiddatli janglar bo’lib o’tgan. Podsho Bimbasara (543-491) davrida Magadxa kuchayib, uning qo’shinlari Gang vohasidan Bengal qo’ltig’igacha bo’lgan yerlarni bosib olgan. Bimbasara vorislaridan Ajatashtru davrida butun Gang vohasi va M arkaziy Hindistonda yirik davlat tashkil topadi.

M. Av, 345-yili aholining quyi tabaqasiga mansub bo’lgan Ugrasen Nand M agadxa podshosini yengib taxtni egallaydi. IT qudratli Nand podsholigiga asos soladi. Ugrasen davrida Shimoliy, Markaziy va hatto Janubiy Hindistonning katta qismi N andlar davlati tarkibiga qo‘shib olinadi. Nand Hindistondagi qudratli davlatga aylanib bu davrda xo’jalik va madaniyat har tomonlama rivoj topadi. Nand davlati m. Av. 345-yildan 317-yilgacha faoliyat ko’rsatadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling