Mavzu: Qurilish konstruksiyalarni chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblash
Download 24.79 Kb.
|
Qurilish konstruksiyalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish konstruksiyalarni hisoblashdan maqsad
Mavzu: Qurilish konstruksiyalarni chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblash Reja: 1. Birinchi guruh chegaraviy holat bo‘yicha hisoblash. 2. Ikkinchi guruh chegaraviy holat bo‘yicha hisoblash. 3. Chegaraviy holatlar usulining mohiyati. Qurilish konstruksiyalarni hisoblashdan maqsad - kam miqdorda material sarflab tashqi ta'sir etayotgan jami yuklarga yetarli darajada ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan, konstruksiyalarni yaratish. Chegara holatlar deganda- konstruksiyalarning ishlatilish jarayonida oldindan belgilangan talablarga javob bermay qolishi tushuniladi. Birinchi guruh chegara holatlar konstruksiyani yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lib va ularga quyidagilar kiradi: - shakl umumiy ustivorligining yo‘qolishi; - vaziyat ustivorligining yo‘qolishi; - qurilma metallining toliqishi, yoki boshqa biror xarakterdagi buzilish; - yuklarning va tashqi muhitning birgalikdagi noqulay ta'siri natijasida buzilish; - qurilmalardan foydalanishni to‘xtatishga olib keladigan rezonans tebranishlar; - metall materialning oquvchanligi; - birikmalardagi siljishlar; - o‘z-o‘zidan cho‘ziluvchanlik yoki darzlarning haddan tashqari ochilishi natijasida konstruksiyalardan foydalanish mumkinsizlik holatlar. Ikkinchi guruh chegara holatlar konstruksiyani normal foydalanish qiyinlashib qolganligi bilan bog‘liq va ularga: - yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan siljishlar; - tebranmalar; - darzlar paydo bo‘lishi natijasida ishlash muddatining kamayishiga olib keladigan holatlar kiradi. Konstruksiyalarni chegara holatlarga hisoblash, inshootni qurish yoki undan foydalanish davrining barcha bosqichlarida chegara holatlardan birortasining ham vujudga kelmasligini ta'minlaydi. Demak konstruksiyalarning hisobi chegaraviy holatlarning birortasini ham ro‘y bermasligini kafolatlashi, konstruksiyaga ta'sir etuvchi kuch omillari ekspluatatsiya imkoniyatini cheklovchi miqdorlarga erishmasligi lozim. Birinchi guruh chegara holatlari uchun umumiy shart quyidagicha yozilishi mumkin: N ≤ S N - hisoblanayotgan elementdagi yuklarni noqulay birgalikda ta'sir etishidan hosil bo‘ladigan kuch, S - hisoblanayotgan elementning yuk ko‘tarish qobiliyati. Elementdagi hosil bo‘ladigan kuchni quyidagi formula bilan aniqlashimiz mumkin: N Fni Ni fi n bu yerda N - kuch Fni1 ga teng bo‘lgandagi elementda hosil bo‘ladigan kuch fi – yuk bo‘yicha ishonchli koeffitsient n – bino vazifasiga ko‘ra ishonchlilik koeffitsienti - yuklarning birgalikda ta'sir etishini e'tiborga oladigan koeffitsient Elementning yuk ko‘tarish qobiliyatini uning yuzasiga va materialning qarshiligiga qarab aniqlash mumkin: SAnRupmcAnRyc Bu yerda: Ap – element ko‘ndalang kesimining netto yuzasi, Ry – element materialining oquvchanligi bo‘yicha hisobiy qarshiligi c – ishlash sharoitini e'tiborga oluvchi koeffitsient. Shunday qilib birinchi guruh chegaraviy holati bo‘yicha hisoblash tenglamasini yozamiz: Fni N fi n AnRу с Chegaraviy holatni ikkinchi guruh bo‘yicha hisobiy ifodasini quyidagicha yozish mumkin: Fni Ni fi n 22 bu yerda: 2 - birlik yuk ta'sirida elementdagi hosil bo‘ladigan elastik deformatsiya, 2 - norma bo‘yicha o‘rnatilgan konstruksiyaning chegaraviy deformatsiyasi. Bu usulga ko‘ra konstruksiyaning mustahkamligi hisobiy koeffitsientlar majmuasi orqali loyihalanadi. Mazkur usul bo‘yicha hisoblangan konstruksiyalar birmuncha tejamli bo‘ladi. Konstruksiyalarni bu usul bo‘yicha hisoblaganda, ularning chegaraviy holatlari aniqlanadi. Konstruksiya elementlari tashqi kuchlarga qarshilik kursata olmay qoladigan holat chegaraviy holat deb ataladi. Chegaraviy holatlar ikki guruxga bo‘linadi. Birinchi gurux bo‘yicha elementlar mustahkamlik, ustivorlik, chidamlilik, sovuqbardoshlik va xokazolarga hisoblanadi. Ikkinchi gurux bo‘yicha konstruksiyalar bikirlik va yorikbardoshlikka hisoblanadi. Chegaraviy holatlar usulida quyidagi koeffitsientlar tizimi qo‘llaniladi: 1) yuklarga doir ishonchlilik koeffitsienti tf; 1) betonga doir ishonchlilik koeffitsienti vs va vt; 1) armaturaga doir ishonchlilik koeffitsienti s; 1) betonning ish sharoiti koeffitsienti vi; 1) armaturaning ish sharoiti koeffitsienti si. Chegaraviy holatlarning birinchi guruxi bo‘yicha hisoblash orqali konstruksiyalar buzilishining (mustahkamlikka hisoblash), konstruksiya shakli ustivorligi yo‘qolishining (ustivorlikka hisoblash), charchash natijasida, ko‘p karra takrorlanuvchi yuklar ta'sirida, kuch omillari hamda noqulay tashqi muhitning zararli ta'siri ostida buzilishining oldi olinadi. Chegaraviy holatlarning ikkinchi guruxi bo‘yicha bajariladigan hisoblar konstruksiyaning me'yoridan ortiqcha deformatsiyalanishi (solqilik, burilish burchaklari) va tebranishlarining oldini oladi, yoriqlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va yopilishini tartibga soladi. Chegaraviy holatlar usulida hisoblash yo‘li bilan konstruksiyaning butun xizmati davomida, shuningdek, tayyorlash, tashish va o‘rnatish davrida yuk ko‘tarish bo‘yicha chegaraviy holat yuzaga kelmasligi ta'minlanadi. Temirbeton konstruksiyalarga ularning yorilishga chidamligiga ko‘ra uch toifadagi talablar qo‘yiladi. Konstruksiyaning yoriqlar paydo bo‘lishiga yoki yoriklar ochilishiga ko‘rsatadigan qarshiligi yorilishga chidamlilik deyiladi. Bu qarshilik 2-gurux chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblashda aniqlanadi. Konstruksiyalar ishlatilayotgan sharoitiga qarab, uch xil toifaga bo‘linadi: 1-toifadagi konstruksiyalarda xech qanday yoriklar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi; 2- toifadagi konstruksiyalarda keyinchalik ishonchli berkilishi ta'minlanishi sharti bilan eni cheklangan qisqa muddatli yoriqlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi; 3- toifaga mansub konstruksiyalarda eni cheklangan uzoq davomli va davomsiz yoriklar hosil bo‘lishiga qo‘yiladi. Doimiy, uzoq muddatli va qisqa muddatli yuklardan yoriklarning ochilishi uzoq davom etmaydigan ochilish deyiladi. Faqat doimiy va uzoq muddatli yuklardan yoriklarning ochilishi uzoq davom etadigan ochilish deb ataladi. Chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblashning asosiy qoidalari. Egiluvchi elementlarni hisoblashda quyidagi ikki xol karaladi: 1-xol. Siqilgan betonda ham, armatura Asr va A1sr da ham zo‘riqishlar chegara qiymatlariga, ya'ni hisobiy qarshiliklar Rv, Rs va Rsc ga erishadi deb hisoblanadi. 2-xol. Siqilgan betonda ham, armatura A1sr da ham hisobiy qarshiliklar chekli qiymatlariga, cho‘zilgan armatura Asr da esa Rs urniga s hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar Qurilish mexanikasi va qurilish konstruksiyalari . A.M. Berdiqulov .2019 Qurilish konstruksiyalari. Yusupxodjayev . S.A. Download 24.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling