Mavzu: Raqobat va monopoliya Bajardi: Tekshirdi: Raqobat va monopoliya Reja
Download 44.74 Kb.
|
8-mavzu. Raqobat va monopoliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari
- Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari
Mavzu: Raqobat va monopoliya Bajardi: _________________________ Tekshirdi: ___________________________ Raqobat va monopoliya Reja. Raqobat nima Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari Bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hi- soblanadi. Bozor iqtisodiyoti o‘zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqo- batchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I. A. Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib, «Raqobat bo‘lmasa, bo- zor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat - bozoming asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb ta’kidlaydi.1 Shuningdek, bu masalaning muhimligini yana bir bor ta’kidlab, “mamlakatimizda Yaratilgan texnologiyalaming raqobatdoshligini ta'minlash, “nou-xau” namunalarini yaratish, zamonaviy axborot-kom- munikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya’ni yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlami amalga oshirish”2 kerak. Bu muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlami yoritib berish mazkur bobning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuning- dek, monopoliyalaming iqtisodiy asosi, turlari va mamlakatimizda mo- nopoliyaga qarshi qonunchilikning rivojlantirilishi bayon etiladi. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashishi- ni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlami qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular ke- rakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat pirovardida iste’molchilami o‘ziga jalb etish uc- hun kurashni ham anglatadi. Download 44.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling