Mavzu: Rim adabiyoti. Respublika davri Rim adabiyoti


Download 26.42 Kb.
bet1/2
Sana12.12.2021
Hajmi26.42 Kb.
#180243
  1   2
Bog'liq
Sulaymonov -Rim adabiyoti


Mavzu: Rim adabiyoti. Respublika davri Rim adabiyoti

Reja:



  1. Mil.av.gi III – II asrlarda Rim jamiyati.


  2. Dastlabka Rim shoirlari.Plavt va Terentsiya komediografyasi


  3. Notiqlik san`ati va tarixiy proza taraqqiyoti.


  4. Lukretsiyning “Buyumlar xislati” falsafiy dostoni.


  5. Neoteriklar va Katull lirikasi.


Rim adabiyoti antik adabiyot tarixidagi yangi bosqich hisoblanadi. Rim asosiy belgilariga ko`ra qadimgi Yunoniston qanday taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan bo`lsa, ana shunday yo`lni bosib o`tdi. Bu yo`l ibtidoiy urug’chilik tuzumidan quldorlik, shahar – davlatiga, undan so`ng esa keyinchalik ichki qarama-qarshiliklar tufayli emirilib, o`z o`rnini yangi ijtimoiy-iqtisodiy, formatsiya – feodalizmga bo`shatib bergan ulkan imperiya tuzilmasigacha bo`lgan yo`ldir. Yunoniston va Rim ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi bunday bir xillik ular mafkurasidagi umumiylikni ham belgilab berdi. Yunon madaniyati Rim madaniyatiga din, falsafa, san`at va adabiyot sohasida juda katta ta`sir ko`rsatdi. SHunga muvofiq Rimda adabiyot nisbatan keyinroq – milod.av.gi III asrda, uning o`rtalarida rivojlana boshladi. Xolbuki, bu paytda Yunoniston uchun tanazzul chuqurlashayotgan bir payt edi. Bu tadrijiylik rimliklar uchun o`tmish Yunon adabiyotida yutuqlaridan keng foydalanish imkoniyatini berdi, biroq bu narsa Rim adabiyotining o`ziga xosligiga va badiiy qimmatiga putur etkazmadi. CHunki, Yunon adabiyoti an`analari Rimning milliy zaminiga, g’oyaviy talablariga, tarixiy sharoitlariga moslashtirib qabul qilindi. Tekshirishlar shuni ko`rsatmoqdaki, ayni chog’da bir qator adabiy janrlar va badiiy usullar rimliklarda Yunon manbalariga bog’liq bo`lmagan holda yuzaga kelgan.

Rim adabiyoti Evropa xalqlarining keyingi adabiy rivojida juda katta rol o`ynaydi. Bu adabiyot uchun XVII asrga qadar antik madaniyatdan bahramand etuvchi asosiy manbaa bo`lib qoladi. Bunga sabab, birinchidan, - G’arbiy Evropa madaniyati bevosita Rim madaniyatining vorisi, ikkinchidan, lotin tili katolik cherkovining rasmiy tili bo`lib, u jiddiy o`rgatilar va har bir ma`lumotli odam uchun tanish edi. Vaholanki, ayni paytda Yunon tili unutilib qo`yilgan bo`lib, bu jarayon Renessans, ya`ni XVI asrgacha davom etadi. Mana shu davrga kelibgina antik Yunon madaniyati insoniyat oldida qayta yuz ko`rsatadi va Yunon tilini o`rganish mayli qayta tiklanadi. SHunday qilib, Renessans klassitsizm adabiyotiga Yunoniston adabiyoti ta`siri Rim adabiyoti ta`siridan kuchliroq bo`lgan.

Rim adabiyotini tushunishda shak-shubhasiz uning mifologiyasi muhim o`rin tutadi. Bu o`rinda ham qadimgi Yunon mifologiyasidan, o`z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda idrok etilib, foydalanildi. Vaqtlar o`tdiyu asosiy Yunon xudolari Rim tuprog’ida quyidagi nomlar bilan qaror topib qoladilar: Yupiter (Zevs), Yunona (Hera), Neptun (Poseydon), Pluton (Aid), TSetsera (Demetra), Minerva (Afina), Venera (Afrodita), Kupidon yoki Amur (Erot), Vulkan (Hefest), Mars (Ares), Apollon yoki Feb (Apollon), Diana (Artemida), Merkuriy (Hermes), Vakx yoki Liber (Dionis), Favn (Pan, Satir) va hokazolar.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Rim shoirlari uchun Yunon mifologiyasida birinchi planga xuddi Yunon adabiyotining ibtidoiy va mumtoz davridagidek uning dunyoqarash funktsiyasi emas, balki yozuvchining g’oyaviy maqsadidan kelib chiqib, mifologik obraz va rivoyatlarni badiiy – estetik talqin qilish chiqadi.

Rim adabiyoti quyidagicha davrlashtiriladi: 1. Yozma adabiyotgacha bo`lgan (fol’klor) davr. Bu davr quldorlik tuzumining yuzaga kelishi – milod.av.gi VIII asr o`rtalaridan III asr o`rtalarigacha bo`lgan davrni qamrab oladi. 2. Respublika davri adabiyoti. a) Ilk Rim adabiyoti (Rimning Italiya janubiga va O`rta er dengizi havzasiga bosqinchilik yurishi, quldorlik respublikasining yuksalishi) – mil.av.gi III asr o`rtalaridan II asr o`rtalarigacha. b) fuqarolar urushi va respublika halokati bosqichi – mil.av.gi II asr o`rtalaridan I asrning 40 – yillarigacha. 3. Avgust imperiyasi va printsipiat davri adabiyoti – mil.av.gi I asrning 40 - yillaridan milodiy 14 yilgacha. 4. Imperiya davri adabiyoti. a) Kumush asr –– I asr va II asr boshlari adabiyoti. b) So`nggi Rim adabiyoti – II asr o`rtalaridan V asrgacha.

Mil.av.gi III – II asrlar Rim tarixi Rim tomonidan dastlab Italiyaning, so`ngra avval O`rta er dengizi havzasining g’arbiy, keyin Sharqiy katta qismi, shu jumladan, Yunonistonning istilo etilishi bilan bog’liqdir. Uzluksiz yurishlar natijasida Rim madaniyatining nisbatan yuksak taraqqiy etgan Yunon madaniyati bilan to`qnash kelishi yuz beradi. Natijada Rim va Yunoniston madaniyati elementlarining bir-biriga munosabati masalasida ikki yo`nalish tarkib topadi: 1. ellinlashtirishni yoqlovchilar. 2. ellinlashtirishga qarshilar.


Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling