Mavzu: Rossiyada taʼlim tizimi. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism : Rossiyada maktabgacha taʼlim tizimi


Download 77.71 Kb.
bet1/9
Sana08.01.2022
Hajmi77.71 Kb.
#236143
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mustaqil ishi.


Mavzu:Rossiyada taʼlim tizimi .

Reja:

I.Kirish

II.Asosiy qism :

1.Rossiyada maktabgacha taʼlim tizimi .

2.Rossiyada umumiy taʼlim tizimi .

3.Rossiyada oliy taʼlim tizimi.

Xulosa .

Foydalanilgan adabiyotlar .

Kirish

Rossiyada taʼlimning barcha turlarini takomillashtirishning maqsad va vazifalari 2000 yilda kabul etilgan Rossiya Federatsiyasi Milliy taʼlim doktrinasi va 2010 yilgacha boʻlgan davrda taʼlimni modernizatsiyalash konsepsiyasida belgilangan. Kelgusida ham umumiy taʼlim maktabi yosh avlodga taʼlim va tarbiya berishning asosiy boʻgʻini boʻlib qoladi. 2000 yil mamlakatda 68804 maktab boʻlib, uning 635 tasi xususiy maktab edi. Ularda 1748 ming oʻqituvchi 20879 ming oʻquvchiga taʼlim beradi. Rossiyada hunartexnika taʼlimi beradigan texnika kollejlari, tijorat bilim yurtlari, markazlar, biznesmaktablar va b bor. 2000 yilda 2589 davlat oʻrta maxsus oʻquv yurtida 2312 ming oʻquvchi taʼlim oldi. Oliy oʻquv yurtlari tarkibiga unt, oʻquv akademiyalari, oliy bilim yurtlari, konservatoriya va intlar kiradi. 2000/2001 oʻquv yili Rossiyadagi 965 oliy oʻquv yurtida 4742 ming talaba oʻqidi, shu jumladan, 358 nodavlat oliy oʻquv yurtida 471 ming talaba taʼlim oldi. Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Yekaterinburg untlari eng qad. va yirik untlar hisoblanadi. Rossiya Fanlar akademiyasi mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlar ishlariga rahbarlik qiladi, uning intlari ilmfanning eng muhim sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Bundan tashkari, Rossiya tibbiyot Fanlar Akademiyasi, Rossiya taʼlim akademiyasi, qishloq xoʻjalik Fanlar Akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi (1992) ham faoliyat yuritadi.

Rossiyada 130 mingdan koʻproq kutubxona bor. Eng yiriklari: Rossiya davlat kutubxonasi (42 mln. asar), Rossiya milliy kutubxonasi (33 mln. asar), M.I.Rudomino nomidagi umumrossiya davlat chet el adabiyoti kutubxonasi (4,4 mln. asar), Davlat ommaviy tarix kutubxonasi (3,2 mln. asar), Davlat ijtimoiy-siyosiy kutubxonasi (2,2 mln. asar) va boshqa 2000 yil mamlakatda 1664 muzey ishladi. Mashhurlari: Ermitaj, Petergof, Kunstkamera, Moskva Kremli, Davlat tarix muzeyi, Tretyakov galereyasi, "Spassk Lutovinovo", "Tarxanlar" va boshqa


Download 77.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling