Mavzu: saf mashqlariga o’rgatishda mo’ljallash va muvozanat saqlashni takomillashtirish
Download 173.23 Kb.
|
ABBOSBEK11
MAVZU: SAF MASHQLARIGA O’RGATISHDA MO’LJALLASH VA MUVOZANAT SAQLASHNI TAKOMILLASHTIRISH REJA:
KIRISH I.BOB: SAF MASHQLARIGA O’RGATISHDA MO’LJALLASHGA TAVSIF 1.1.Saf mashqlariga tavsif 1.2.Saf mashqlari klassifikatsiyasi II.BOB SAF MASHQLARINI O’TKAZISH METODIKASI 2.1.Maktab dasturida saf mashqlari 2.2.Saf mashqlarini o’tkazish metodikasi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Respublikamizda jismoniy madaniyat sohasida zamonaviy mutaxassislar tayyorlash tizimi mukammal darajada tashkil etilgan. Sohada yetakchi va markaziy oliy o`quv yurti hisoblanmish O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya universitetida ko`plab oliy ma`lumotli jismoniy madaniyat mutaxassislari, sport murabbiylari tayyorlanadi. Mazkur oliy dargohda mamlakatimizning sohaning eng yetakchi olimlari va sport murabbiylari bo`lajak mutaxassislarga saboq beradilar. Undan tashqari Respublika viloyatlarining universitetlari, pedagogika institutlari qoshidagi mavjud jismoniy tarbiya fakul`tetlari ta`lim tizimini ko`plab oliy ma`lumotli jismoniy tarbiya o`qituvchilari bilan taminlaydi. Shuningdek, keyingi yillarda tashkil etilgan Olimpiya zahiralari kollejlarida sportchilar tayyorlash bilan birga o`rta maxsus ma`lumotli sport murabbiylari ham tayyorlanadi. Respublikada o`rta maxsus kasb ta`limi va Oliy ta`lim tizimida jismoniy madaniyat sohasi mutaxassislari tayyorlashning ilmiy – metodik ta`minoti to`la hozirgi zamon talablari asosida tashkil etilgan. Ya`ni ta`lim muassasalari puxta ishlangan DTS va o`quv dasturlari, darsliklar, turli xildagi o`quv qo`llanmalar bilan taminlangan O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng barcha sohalarda har tamonlama yuksalish yuz berayotganini ko’rishimiz mumkin. Jismoniysiyosiy va ma’naviy o’zgarishlar umuminsoniy qadriyatlar tizimida yangilanish, insonning barcha shaxsiy extiyojlari, talablari va ma’nfaatlari birinchi o’ringa ko’tarilayotganini, ayniqsa o’sib kelayotgan yosh avlodlarning ma’naviy- axloqiy va jismoniy imkoniyatlari yanada oshayotgani bugungi kunda sir emas. Jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlsh, jismonan sog’lom, ma’nan boy yosh avlodni tarbiyalash, aholini jismoniy tarbiya va sport bilan keng jalb etishni keng jalb etishni ta’minlashga yo’naltirishda yurtboshimiz tomonidan bir qancha qarorlar va farmonlar ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan yangi insonni tarbiyalashning murakkab va ko’p qirrali muommosining muxim yo’nalishi xar bir kishida o’z sog’lig’i to’g’risida o’zi qayg’urish madaniyatni singdirishdir. Uni tarkib topish uchun oila, maktabgacha muassasalar, maktab, o’rta maxsus kasb xunar ta’lim tizimi, maxalla, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport tizimlarining xodimlari butun kuch quvvatini, g’ayratini ishga solib, bolaning ongiga yoshlikdan jismoniy tarbiyaga bo’lgan muxabbatni singdirib qo’yishlari darkor. 2018 yil 28 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasida “…jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalshtirish dolzarb vazifadir.Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag’batlantirish va qo’llab quvvatlashga bundan buyon ham kata ahamiyat beramiz”.Oxirgi yillarda Respublikamizda eng asosiy, muhum vazifalardan biri ommoviy sportni rivojlantirish masalasi turadi. Mustaqil O’zbekistonning ma’naviy sog’lom avlodlarni, bo’lajak vatanparvarlarni tarbiyalash vazifasi pirovard o’qituvchilar, mutaxassislar zimmasiga tushadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, o’sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy va ma’naviy salomatligini 4 shakllantirishning, sog’lom turmush tarziga intilish va mehr muhabbatini singdirishining g’oyat muhim sharti ommoviy sportni rivojlantirishdir.” Bundan tashqari jismoniy tarbiya o’qituvchilari, sport mutaxassislarining, ustozmurabbiylarning chuqur bilim, yuksak malaka, boy tajriba va mahoratga ega bo’lishi har tamonlama yetuk,ma’naviy barkamol kadrlar tayyorlashning garovidir. Organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni bajarilayotgan ish darajasiga moslahsadi.Mustaqil O’zbekiston Respublikasining strategik vazifalaridan birikelajakdagi barcha ezgu ishlarni amalga oshirishga qodir bo’lgan jismoniy sog’lom va ma’naviy barkamol shahsni voyaga yetkazishdan iborat. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun nazariy bilimlarni chuqur o’rganishimiz, sog’lom turmush tarzini shakllantirish va takomillashtirishda yangi bilimlarni egallashimiz, zamon talablari darajasida ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, kelajak avlod vakillarini vatanparvar, o’z kasbining yetuk bilimdon egasi qilib tarbiyalamog’imiz darkordir. Saf mashqlari - bu shug‗ullanuvchilarning ma‘lum bir safda birgalikda yoki yakka harakatlaridan iborat. Saf mashqlari yordamida mashg‗ulotni tashkil etish marom va sur‘at hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi, jamoa bo‗lib mehnat qilish malakalari shakllantiriladi. Bu mashqlar kishi qaddi-qomatini to‗g‗ri shakllantirish vositasi hamdir. Saf mashqlari aniq ijro etilishiga bo‗lgan talabchanlik, intizomlilik va uyushqoqlikni tarbiyalaydi. Saf mashqlari to‗rtta guruhga bo‗linadi: 1. Saf usullari. 2. Saflanish va qayta saflanish. 3. Joydan - joyga ko‗chish. 4. Orani ochish va yaqinlashtirish. Saf - shug‗ullanuvchilaming birgalikda harakatlanishi uchun belgilangan qoidaga ko‗ra joylanishidir. Mashg‗ulotda safni o‗qituvchi va talabalar gumh xalfasi, o‗quv bo‗linmalarining boshliqlari va navbatchilar odatda yoki belgilangan signal bilan beriladigan bevosita buyruq va topshiriqlar orqali boshqaradilar. Saflarning asosiy nomlari va uning joylanishi Zich saf - shug‗ullanuvchilaming qatorda bir-biridan kaft kengligida (tirsaklar o‗rtasi) oralig‗ida yoki ketma-ket qatorda bir-biridan oldinga uzatilgan qo‗l uzunligidagi masofada joylashgan safdan iborat. Orasi ochiq saf - shug‗ullanuvchilaming qatorda bir qadam yoki o‗qituvchi belgilagan oraliqda joylanishidan iborat safdir. 1.2. Saf usullari Saf usullari - turgan joyda ijro etiladigan saf harakatlardan iborat. Bu mashqlaming ahamiyati eng avvalo shundan iboratki, ular yordamida intizomlilik va uyushqoqlik tarbiyalanadi. Download 173.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling