Mavzu: Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirish va uni takomillashtirish


Download 52.55 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi52.55 Kb.
#1520410
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
53808-industrial iqtisodiyot referat



Mavzu: Sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirish va uni takomillashtirish
Reja:
Kirish
1. Rejalashtirish va prognozlashning mohiyati, ahamiyati va vazifalari
2. Rejalashtirishning tamoyillari va usullari
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi
4. Ishlab chiqarish rejasini tuzib chiqish va tasdiqlashni tashkil etish
5. Rejalashtirishni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Texnikaviy, madaniy va iqtisodiy jihatdan rivojlangan jamiyatda rejalashtirish singari vosita boshqaruv jarayonining kengayishi, fan-texnika taraqqiyoti hamda ehtiyojlarning darajasi va hajmi jihatidan ortishi boshqaruv instansiyalari, ya’ni bir-biriga itoat qiladigan tashkilotlar oldiga siyosat, iqtisodiyot va alohida shaxslar, oilalar, mahallalar, korxonalar, hududiy jamoalar, mamlakatlar, shuningdek, butun insoniyat uchun muhim bo‘lgan muammolarni qo‘ymoqda. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, kelajakning murakkab masalalarini hal etish uchun odamlar jiddiy fikr yuritishlari va faol harakat qilishlari darkor. Bunda istalgan maqsadlarni o‘z vaqtida anglash va ularga erishish choralarini belgilashning ma’qul ko‘rinishida ko‘maklashadigan loyiha, konsepsiyalar, asosiy yo‘nalishlar ayniqsa zarur bo‘ladi. Ehtiyojlarni qondirish uchun mablag‘ qancha kam bo‘lsa, tegishli texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni oqilona boshqarishda ko‘maklashadigan vositalar shunchalik ta’sirchan bo‘lishi lozim. Muayyan orzu-umidlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv vositalaridan biri rejalashtirishdir. Rejalashtirish – loyiha ishlab chiqish bo‘yicha axborotni ishlashga asoslangan kelajakda maqsadga erishish uchun parameter-larni aniqlovchi tartibga solingan jarayondir. Milliy iqtisodiyot va uning sohalari hamda bo‘limlari iqtisodiyotida rejalashtirishning qator ta’riflari mavjud bo‘lib, ular yuqorida keltirilgan ta’riflardan turli darajada farq qiladi,
Rejalashtirish va prognozlashning mohiyati, ahamiyati va vazifalari
Rejalashtirish – «oldindan sezib qabul qilingan qaror», ya’ni rejalashtirish deganda shunday yechim tushuniladiki, u (qaror qabul qilishga muvofiq keluvchi axborot jarayoni bilan bir qatorda) vaqt jihatdan konyunkturali voqealar yuzaga kelishidan oldin ishlab chiqiladi. Rejalashtirishni «aslida tafakkurning aqliy bashorati va ta’kidlar kelajak faoliyatini ko‘zda tutadigan tafakkur jarayoni sifatida», - deb ta’riflash mumkin. Rejalashtirish – bu vazifani sifatli va sonli tasvirlash, natijaviy imkoniyatlarni belgilash va ularga erishish yo‘llarini aniqlashdir. Rejalashtirish – kelajak muammolarini bilish va hal etishning tizimli,
uslubiy (metodik) jarayoni. Nihoyat, rejalashtirish – iqtisodiyotga rahbarlik qilishning o‘zagidir. Rejalar esa davlat iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning asosiy qurolidir. Rejalashtirishning ahamiyati shundan iboratki, u iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim masalalariga oid davlat va hukumat ko‘rsatmalarini, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot rejalari yordamida aniq topshiriqlarga va amaliy ishlarga aylantiradi. Uzoq muddatli, ya’ni uch yillik, besh yillik va o‘n yillik rejalarda davlatning iqtisodiy strategiyasi jamlangan holda ifodalanadi. Yillik rejada, odatda, xo‘jalik vazifalarini hal etishning eng samarali taktikasi nazarda tutiladi. Rejalashtirish faoliyatlarda, ya’ni amalda muayyan uyg‘unlik va muvofiqlikni ta’minlaydi, ishlab chiqarish taraqqiyotining ustuvor
yo‘nalishlarini aniqlaydi, raqobat, bellashuv sharoitida umuman iqtisodiyotning, xususan sanoatning omon (sog‘) qolishiga imkoniyat, qulaylik yaratadi. Aynan rejalashtirish tufayli tarmoq idoralari mahsulotning u yoki bu turini ishlab chiqarish, o‘z vaqtida resurslar bilan ta’minlash vazifasini hal etadilar. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish kanallari va usullarini aniqlaydilar. Bundan tashqari, rejalashtirish ishlab chiqarish rezervlaridan, raqobatning afzalliklaridan, iqtisodiyotdagi yangi tendensiyalar ya’ni mayl va g‘oyalarni kuzatish imkoniyatini yaratib beradi, faoliyatning nozik va zaif tomonlari ta’sirini susaytirish, bo‘lishi mumkin xatolarning oldini olish va xavf-xatarni kamaytirish imkonini beradi. Rejalashtirish obyektiv iqtisodiy qonunlardan ongli ravishda foydalanishni taqozo etadi. Rejali xo‘jalik yuritish imkoniyati va zaruratining o‘zi har bir jamiyatda iqtisodiyotni rejali va mutanosib rivojlantirish qonunining amal qilishini taqozo etadi. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat rejali rivojlanish qonuni, balki bir qator boshqa qonunlar, jumladan, qiymat qonuni, talab va taklif qonuni, vaqtni tejash, mehnatga qarab taqsimlash qonunlari harakatda bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotining barcha imkoniyatlari erkin reja asosida amalga oshiriladi. Demak, rejalashtirish qanchalik erkin va mukammal bo‘lsa, mustaqillikning afzalliklari, istiqlolning samarasi shunchalik to‘liqroq ko‘zga tashlanadi, shundagina jamiyat o‘z ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini muvaffaqiyatli hal etadi. Ana shundagina rejalashtirish iqtisodiyotning barcha sohalarini, jumladan, sanoatni tashkiliy ravishda va tartibli rivojlanishiga imkon yaratadi. Rejalashtirish mutlaqo ilmiy asosda tuziladi va u jamiyat taraqqiyotini, jumladan, sanoat taraqqiyotining amaliyotini doimo umumlashtirib borishni, fan va texnikaning barcha yutuqlaridan foydalanishni talab qiladi. Sanoatga rejali rahbarlik qilish voqealarni oldindan ko‘rish demakdir. Voqealarni, hodisalarni, bo‘lajak faoliyatni oldindan ko‘rish jamiyat iqtisodiy qonunlarini bilib olishga asoslanadi va jamiyat moddiy va ma’naviy hayoti rivojining yetilgan talablariga suyanadi. Iqtisodiy qonunlarning mohiyati, mazmuni va boshqa tomonlarini bilib olish iqtisodiy jarayonlar mohiyatini o‘qib olishga, taraqqiyotning ilg‘or tendensiyalarini hali ular kurtak holida bo‘lganidayoq aniqlab olishga, iqtisodiy taraqqiyot jarayonini ilmiy asosda oldindan ko‘ra olishga, uni mustaqil, buyuk davlat qurish manfaatlari uchun reja asosida yo‘lga solishga yordam beradi. Rejalashtirish nazariyasida rejalashtirishning turlari, bosqichlari, maqsadlari, vazifalari, tizimlari degan tushunchalar mavjud. Rejalashtirishning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
- munosabatdor kattaliklar bo‘yicha rejalashtirish;
- muvofiqlashtirish shakllari bo‘yicha rejalashtirish;
- moslashuv (adaptatsiya) shakliga ko‘ra rejalashtirish.
Rejalashtirish turlarini bir qator belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin.
Masalan, rejalashtirishning birinchi eng muhim turi bo‘lgan munosabatdor
kattaliklar bo‘yicha rejalashtirish turining belgilariga quyidagilar kiradi: - zamon (vaqt) ko‘lami (qisqa muddatli, o‘rtacha muddatli, uzoq
muddatli rejalashtirish);
- funksional bo‘lim (ishlab chiqarishni, sotishni, saqlashni, ta’minotni,
moliyani, investitsiyani rejalashtirish);
- boshqaruv iyeraraxiyasi (rahbariyat iyerarxiyasi);
- rejalash iyeraraxiyasi (strategik, ya’ni oliy; taktik, ya’ni o‘rta;
operativ, ya’ni past darajadagi rejalashtirish). Agar rejalashtirish jarayonini boshdan oyoq ko‘rib chiqilsa, unda ayrim
bosqichlarni ajratish mumkin. Ularga quyidagilar kiradi:
- maqsadlarni ifodalash, ya’ni ishlab chiqish;
- muammolarni qo‘yish;
- muqobil variantlarni izlash va tanlash;
- taxmin qilish;
- baholash va qarorlar qabul qilish.
Sanoatni rejalashtirishdan ko‘zlangan oliy maqsad sanoat ishlab
chiqarishining faoliyati asosida avvaldan fikran o‘ylangan bo‘lg‘usi natijani
aniqlash va bu natijaga erishish uchun tegishli chora-tadbirlarni belgilashdan
iborat bo‘ladi. Shu sababli rejalashtirish jarayonining birinchi bosqichi
maqsadlarni ifoodalashdan iborat bo‘ladi.
Maqsadlarni ifodalashning alohida vazifalari quyidagilardan iborat:
maqsadlarni izlash, maqsadlarni aniqlash, maqsadlarni tarkiblash;
maqsadlarni amalga oshirish, maqsadlarni tanlash.
Ushbu nazariyadan kelib chiqib, sanoat ishlab chiqarishini
rejalashtirishning asosiy vazifalarini quyidagicha izohlash mumkin:
- eng avvalo, maqsadni qo‘yish;
- sanoat ishlab chiqarishining xilma-xil faoliyatini, ayniqsa iqtisodiyot
va aholi uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar
tayyorlashning ijtimoy-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslab
berish;
- zaruriy moddiy-texnik bazani shakllantirish;
- moliyalash manbalarini aniqlash va ijobiy pirovard natijaga erishish.


Download 52.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling