Mavzu: Sertifikatlashtirish tartibi. Sertifikatlashtirish sxemalari


Download 33.63 Kb.
bet1/6
Sana21.06.2023
Hajmi33.63 Kb.
#1639897
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sertifikatlashtirish sxemalari


Mavzu: Sertifikatlashtirish tartibi. Sertifikatlashtirish sxemalari.
Reja:

  1. Sertifikatlashtirishning me’yoriy va qonuniy asoslari

  2. Sertifikatlashtirish sxemalari

  3. Sertifikatlashtirishning tartibi va qoidalari

  4. Sertifikatlashtirish natijalarini rasmiylashtirish



1.Sertifikatlashtirishning me’yoriy va qonuniy asoslari
Sertifikatlashtirish jarayoni deganda, mahsulot (buyum, mol) yoki xizmat muayyan standart yoki texnikaviy shart talablariga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o ‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, mol)ga o ‘rnatilgan talablarga iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat — sertifikat beriladi. Yana bir zarur atamalardan biri «sertifikatlashtirish tizimi» bo‘lib, u quyidagicha ta’riflanadi.
Sertifikatlashtirish tizimi — muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini
o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalari va boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir. «Sertifikatlashtirish tizimi» atamasidan tashqari sertifikatlashtirish sxemasi atamasi mavjud bo‘lib, ushbu faoliyat muvofiqlikni sertifikatlashtirishda uchinchi tomon faoliyatining olib boradigan ish hajmi, ketma-ketligi, tartibi va sertifikatlashtirish subyekti bilan o ‘zaro munosabatini belgilaydi. Sertifikatlashtirish faoliyatida qo‘llaniladigan uchta tushuncha to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish — guvohnoma talabgoriga sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi — ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatuvchi, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sertifikatlashtirish qatnashuvchisi. Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi — ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat ko‘rsatuvchi va tizimni boshqarishda ma’lum darajada ishtirok eta oluvchi sertifikatlashtirish qatnashuvchisi.
Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi: majburiy va ixtiyoriy. Ishlab chiqarilgan yoki iste’mol etiladigan mahsulot uchun uning tashqi muhit, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Tashqi muhit, inson salomatligi va uning xavfsizligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar majburiy sertifikatlashtirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, bunday mahsulotlar ro‘yxati davlat tomonidan tasdiqlanib, bu ro‘yxatga kiritilmagan mahsulotlarning sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir. Majburiy sertifikatlashtirish deganda, sertifikatlashtirish huquqiga ega bo‘lgan idora tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda, ishlab chiqaruvchi (bajaruvchi), sotuvchi (ta’minlovchi) yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o ‘tkaziladigan mahsulot sertifikatlashtirilishi tushuniladi.
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdo, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalar, fan va texnikaning rivojlanishi hamda chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash, ularning raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish uchun muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni ko‘pincha uchinchi tomon deb ataluvchi tashkilot amalga oshiradi. Uchinchi tomon olib boradigan sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l keng qo‘llanilib, samarali olib borilmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon bajarayotgan sertifikatlashtirish tizimini tashkil etish amalda shuni ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan.
Sertifikatlashtirish tarixini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, bu faoliyat bilan ishlab chiqaruvchi uyushmalar, yirik iste’molchilar, standartlashtirish milliy tashkilotlari shug‘ullanib, turli tizimlarni yaratganlar. Masalan, Fransiya va Angliyada XX asrning 60-yillari boshida iste’molchilar tomonidan harbiy maqsadlar uchun ishlatiladigan elektronika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tizimi yaratildi. Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon o ‘tkazadigan texnikaviy me’yor, ish uslubi, qoidaga muvofiqligini qamrab olgan har qanday tekshiruvdir.
Shuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb hisoblab, bosim ostidagi idishlar, portlash xavfidan himoyalangan qurilmalar, kemalar, suzish vositalari, samolyotlar, aviatsiya qurilmalari, atom reaktorlari va tog‘ texnikasining ishlatilishidagi xavfsizligini ta’minlash maqsadida texnikaviy nazorat o ‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi. Akkreditatsiya — nufuzli idora tomonidan boshqa bir tashkilot yoki shaxsni rasmiy ravishda aniq ishlarni bajarishga to‘la huquqli vakolat berilganligini e’tirof etishidir. Mahsulot — ma’lum faoliyat yoki jarayon natijasidir. Mahsulot tushunchasiga quyidagicha izohlar keltirilgan:

  1. Mahsulotning to‘rtta toifasi bor:

— xizmatlar (yuk tashish, bank xizmati, sug‘urta faoliyati va h.k.); — dasturiy vositalar (kompyuter dasturi, lug‘at, o ‘quv dasturlari); — texnik vositalar (motorning qismi);
— qayta ishlanadigan materiallar.
Mahsulotning turlari uning turli umumiy toifalariga kiradigan vazifalar yoki shu vazifani bajarish uchun qo‘llanilayotgan element156 larning o ‘z tarkibida mujassam qilinishi bilan belgilanadi. Mahsulotni xizmatlar, dasturiy, texnik vositalar yoki qayta ishlanadigan materiallar qatoriga kiritish shu mahsulot uchun belgilangan vazifaning ustunlik qiladigan elementiga bog‘liq. Masalan, yetkazib beriladigan mahsulot — «avtomobil» texnik vositalar (masalan, shinalar), qayta ishlanadigan materiallar (yonilg‘i, sovitish suyuqligi), dasturiy vositalar (motorni dasturli boshqarish, haydovchi uchun qo‘llanma) va xizmatlar (avtomobildan foydalanish to‘g‘risidagi sotuvchi tomonidan beriladigan tushuntirishlar)dan iborat.
2. Xizmat — yetkazib beruvchi va iste’molchining o ‘zaro hamkorligida amalga oshirilgan kamida bitta harakat natijasidir. Xizmatlar, odatda, nomoddiy bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish quyidagilarni o ‘z ichiga olishi mumkin:
— iste’molchi yetkazib bergan moddiy mahsulot ustida bajarilgan faoliyat (masalan, ta’mir talab avtomobil);
— iste’molchi yetkazib bergan nomoddiy mahsulot ustida bajarilgan faoliyat (masalan, soliq miqdorini aniqlash uchun zarur bo‘lgan daromad to‘g‘risida ariza);
— nomoddiy mahsulotni berish (masalan, bilimlarni berish ma’nosidagi axborot);
— iste’molchilar uchun qulay sharoitlarni yaratib berish (masalan, mehmonxonalarda va oshxonalarda).
3. Dasturiy vosita axborotga ega bo‘ladi va u nomoddiy bo‘ladi, shuningdek, yondashuvlar, operatsiyalar yoki tartibotlar shaklida ham bo‘lishi mumkin.
4. Texnik vosita, odatda, moddiy bo‘ladi va uning miqdori hisoblab topiladigan tavsif bilan ifodalanadi. Qayta ishlanadigan materiallar, odatda, moddiy bo‘ladi va ularning miqdori uzluksiz tavsif bilan ifodalanadi. Texnik vositalar va qayta ishlanadigan materiallar ko‘pincha tovarlar (mahsulotlar) deb ataladi. Uslubiyat (metodika) — faoliyatni rasmiy amalga oshirish yo‘lidir. Uslublar, odatda, hujjatlashtiriladi. Hujjatlashtirilgan uslublar o ‘zida quyidagilarni ifoda etadi:
— faoliyatning maqsadi va doirasini;
— kim tomonidan va nima bajarilishi kerakligini;
— qachon, qayerda va qay tarzda amalga oshirilishi kerakligini;
— qanday manbalar, hujjatlar va qanday jihozlar ishlatilishi kerakligini;
— ular qay yo‘sinda nazorat qilinishi va qayd etilishi kerakligini.
Uslublar, odatda, bir necha xodimlarning javobgarlik va vakolatini aniqlaydi.

Download 33.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling