Mavzu: shahar yo‘llarida bir sathda kesishgan chorrahalar mintaqasining xavflilik darajasini aniqlash. Ishdan maqsad
Download 157.12 Kb.
|
1-Амалий иш ЙМЛК
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ ziddiyatli nuqta ”
MAVZU: SHAHAR YO‘LLARIDA BIR SATHDA KESISHGAN CHORRAHALAR MINTAQASINING XAVFLILIK DARAJASINI ANIQLASH. Ishdan maqsad: shahar yo‘llarida bir sathda kesishgan chorrahalar mintaqasining xavflilik darajasini hisoblashni o’rganish. Tayanch so’zlari: halokatlilik ko‘rsatkichi, ziddiyatli nutuqlar, ajralish, qo‘shilish va kesib o‘tish nuqtalari. Shaharda va shahardan tashqaridagi bir sathdagi chorrahalarda harakat xavfsizligini va harakatni tashkil qilish samaradorligini oshirish uchun quyidagi ishlar bajarilishi lozim: 1. Kerakli bo‘lgan yo‘l belgilarini, yo‘l belgi chiziqlarini, yo‘l to‘siqlarini va yo‘naltiruvchi qurilmalarni o‘rnatish. 2. Svetofor ob’ektini va avtomatik boshqaruv tizimini joriy qilish. 3. Chorrahadagi ko‘rinishni yaxshilash, (daraxtlarni qirqish, turli to‘siqlarni olib tashlash, elektr tarmoqlari tayanchlarining joyini o‘zgartirish va h.k.). 4.Sekinlashish va tezlashish polosalarini qurish. 5. Aylanma harakatni tashkil etish. 6. Chorraha planirovkasini o‘zgartirish. 7. I-III darajali yo‘llarga barcha tutash yo‘llarda 100200 m masofada qattiq qoplama ko‘zda tutilishi kerak. IV darajali yo‘llarga tutashuvchi yo‘llarda 50100 m masofada qatnov qismi qoplama bilan qoplangan bo‘lishi shart. Ko‘pchilik bajarilgan tadqiqotlar ko‘rsatadiki, [III, IV] YTHning asosiy qismi harakat qatnashchilari traektoriyalarining kesishish joyida “ziddiyatli nuqta” vujudga kelar ekan. Ziddiyatli nuqtalarni
Ziddiyatli nuqtalarda harakat yo‘nalishidagi transport vositalarining o‘zaro yoki piyodalar bilan to‘qnashuv xavfigina emas, balki ularning ushlanib qolish ehtimoli ham mavjud. Chorrahadagi xavflilik vaziyati harakat miqdori va polosalar soni ortib borishi bilan murakkablashib boradi. Keltirilgan misoldagi chorrahada jami 32 ta ziddiyatli nuqta mavjud bo‘lib, ular 8 ta ajralish, 8 ta qo‘shilish va 16 ta kesishish nuqtalaridan iborat. Chorrahaning harakatlanish murakkablik darajasi quyidagicha baholanadi: agarda M40 bo‘lsa, chorraha oddiy, M=4080 o‘rta murakkab, M=80150 murakkab va M150 juda murakkab. Chorrahada harakatlanish murakkablik darajasini baholashda quyidagi formuladan foydalanish mumkin. ; (1.1) bu yerda: - ajralish ziddiyatli nuqtalar soni; - qo‘shilish ziddiyatli nuqtalar soni; - kesishish ziddiyatli nuqtalar soni. Keltirilgan (1.1) formuladan mavjud, ya’ni foydalanilayotgan avtomobil yo‘llaridagi chorrahalarda harakatlanishning murakkablik darajasini baholashda qo‘llaniladi. Loyihalanayotgan yo‘llardagi chorrahalarning yoki tutashmalarning xavflilik darajasini quyidagicha aniqlash tavsiya etiladi [4]. Chorrahalar va yo‘l birikmalarining xavfsizligi u yerdagi xavfli nuqtalar soniga, transport oqimlari kesishish burchagiga, kesishayotgan yo‘ldagi harakat miqdoriga, qo‘shilayotgan va ajralayotgan transport miqdoriga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Chorrahadagi yil davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisalar soni quyidagicha aniqlanadi. ; (1.2) bu yerda: - xavfli nuqtalar soni; - tekshirilayotgan nuqtaning xavflilik darajasi. ; (1.3) bu yerda: - ziddiyatli nuqtaning nisbiy halokatliligi (1.1; 1.2; 1.3 - jadval) tekshirilayotgan ziddiyatli nuqtadagi kesishayotgan transport oqimining harakat miqdori avt/sutka. - harakat miqdorining oylar bo‘yicha yillik notekislik koeffitsientini 1.4 - jadvaldan olish mumkin. Yangi loyihalanayotgan yo‘llar uchun -ning qiymati 1/12 ga teng deb qabul qilinishi mumkin. Chorrahadagi yoki tutashmadagi halokatlilik ko‘rsatkichi quyidagi formula bilan aniqlanadi: ; (1.4) bu yerda: va - asosiy va ikkinchi darajali yo‘llardagi harakat miqdori, avt/sut; 25 koeffitsienti formulaga bir oyda 25 ish kunini hisobga olish uchun kiritilgan. Chorrahadagi halokatlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha uning xavflilik darajasini aniqlash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish tavsiyalangan [4]:
Chorrahadagi aniqlangan ning qiymatiga ko‘ra harakat xavfsizligini aniqlash bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish darkor: yangi loyihalanayotgan chorrahadagi yoki tutashmadagi ning qiymati 8,0 dan katta bo‘lgan hollarda chorrahadagi elementlar va harakatni tashkil qilish sxemasini qayta loyihalash zarur; 1.1-jadval
Izoh: * bilan belgilangan - qiymatlarini quyidagi koeffitsientiga ko‘paytirish lozim:
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . 1.1-jadvalning davomi
1.2-jadval
1.3-jadval
Harakat miqdorining oylar bo‘yicha yillik notekislik koeffitsienti qiymatlarini 1.4-jadvaldan olinadi. 1.4-jadval
<8 bo‘lsa, chorrahadagi ko‘rinishni oshirish va kerakli yo‘l belgilarini o‘rnatish talab qilinadi; = 812 bo‘lsa, yuqorida keltirilgan ishlarga qo‘shimcha ravishda chorrahada yo‘l belgi chiziqlarini tushirish va chorrahani yoritish zarur; = 1216 bo‘lsa, yuqorida aytilganlardan tashqari chorrahadagi harakatni qisman kanallashtirilish lozim; 16 bo‘lsa, chorrahadagi harakatni to‘liq kanallashtirish, oddiy chorraha harakatini aylanma ko‘rinishga o‘tkazish yoki chorrahaga svetofor ob’ektini o‘rnatish kerak. Topshiriq: Talabalar ushbu amaliy ish bo‘yicha keltirilgan misoldan foydalanib o‘zlarini variatini hisoblaydilar va kerakli xulosa yozib tugallaydilar.8> Download 157.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling