Mavzu: Soliq solish tamoyillarini


Download 0.69 Mb.
Sana30.03.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1308924
Bog'liq
Ulug\'bek soliq


Toshken kimyo texnologiya insituti Yangiyer filali
Fan:Soliq va soliqqa tortish
Mavzu: Soliq solish tamoyillarini
Qabul qildi: .
Tuzdi: Nusirov Ulug’bek
Reja:
Soliq nima
Soliqqa tortish
Soliq solish tamoyillarini
  • Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.Agar soliqlarni vaqtida tòlamasak jinoyiy javobgarlikga tortilamiz.Soliqlarni har yilda tòlashimiz lozim.Soliq uchun misollar: Yer soliği, Mol- Mulk soliği va hokazo.
  • Soliqning kelib chiqishi davlatning paydo boʻlishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, juda qadimiy tarixga ega. Tarixiy manbalarda bundan 3760-yil muqaddam Bobil davlatida Hammurapi qonunlari bilan soliqning joriy etilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar uchraydi. Hozirgi davrda ham davlat bajaradigan vazifalarni mablagʻ bilan taʼminlash muammosi soliqning obyektiv zarurligini keltirib chiqaradi.
  • Undirish usuliga koʻra, toʻgʻri va egri Soliqga boʻlinadi. Toʻgʻri Soliq molmulk va daromadga bevosita joriy qilinadi va soliq toʻlovchi tomonidan oraliq vositachilarsiz toʻlanadi. Keng tarqalgan turlari: qoʻshilgan qiymat soligʻi, daromad soligʻi, meros hamda hadya soligʻi, tovar aylanmasi soligʻi, savdo soligʻi, eksportimport soligʻi va boshqa Egri soliq (aksizlar) tovar (xizmat)lar narxlariga yoki tariflarga kiritish moʻljallangan va keyinchalik tovarlar isteʼmolchilariga yuklanadigan Soliq Davlat tuzumi xususiyatlariga koʻra, Soliq tizimi umumdavlat (markaziy) va mahalliy (maʼmuriy-hududiy birliklar) Soliq va yigʻimlardan tashkil topadi.
  • Oʻzbekiston Respublikasida Soliq tizimining huquqiy asoslari, uni toʻlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti 1997-yil 24 aprelda qabul qilingan va 1998-yil 1 yanvardan amalga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida joriy etilgan umumdavlat Soliqi: yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligi; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi; qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksiz soligʻi; yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; ekologiya soligʻi; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. Umumdavlat Soliqi har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar boʻyicha tegishli byudjetlar oʻrtasida taqsimlanadi. Mahalliy Soliq va yigʻiml a r — molmulk soliq; yer soligʻi; reklama soligʻi, avtotransport vositalarini sotganlik uchun soliq, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligi, savdosotiq huquqi uchun yigʻim; obodonchilik ishlari uchun yigʻim va boshqa Mahalliy soliq va yigʻimlar mahalliy byudjetga oʻtkaziladi.
  • Davlat tomonidan undirilgan Soliq byudjet vositasida qayta taqsimlanib, soliq toʻlovchilarga sogʻliqni saqlash, maorif, ilm-fanni rivojlantirish, mudofaa, xuquqni muhofaza qilish kabi ijtimoiy zarur davlat xizmatlari orkli bilvosita yoʻllar bilan qaytadi.
  • Oʻzbekistonda soliq nazariyasi va amaliyotiga oid materiallar, shu sohaga doir boshqa masalalar "Soliq toʻlovchining jurnali"da (1995-yildan oʻzbek va rus tillarida chiqadi) yoritiladi.
  • soliq solish tamoyillari - hech narsa emas, lekin asosiy qoida, g'oyalar kabi, qoidalari bo'lgan soliq solish sohasida amal. Shunday qilib, biz ular butun soliq tizimini qurish tamoyillari, deb aytish mumkin.
  • soliq solish Zamonaviy tamoyillari - bu soliq va har qanday davlatning huquqiy siyosatini shakllantirish uchun muhim hisoblanadi. soliq solish va sub-milliy mumtoz tamoyillari: soliq tizimini o'rnatish uchun barcha asosiy ikki kichik tizim, tabaqalashtirilgan. Birinchi guruhda, idealizm soliqqa tortish tamoyillari. Bu qurilish lozim, deb tushuniladi soliq tizimini faqat o'z foydalanish asosida, bu optimal hisoblanadi. soliq solish asosiy tamoyillari N. Turgenev, Rikardo, Adam Smit va boshqalar ko'p asarlarida tasvirlangan. Klassik tamoyillari o'xshashlik, adolat, ucuzluğu va qulaylik uchun qabul qilindi.
  • Soliqqa tortish tamoyillari
  • Soliqqa tortish tamoyillarini A.Smit o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab bergan:
  • 1. Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda o‘zlari hukumat muhofazasida foydalanayotgan daromadlariga muvofiq tarzda qatnashishlari lozim.
  • 2. Har bir odam to‘laydigan soliq aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lishi kerak, bunda o‘zboshimchalik ketmaydi. Soliq miqdori, to‘lanadigan vaqti va tartibi uni to‘lovchiga ham, boshqa har qanday odamga ham birday aniq va ma’lum bo‘lishi zarur.
  • 3. Har bir soliq to‘lovchiga har jihatdan qulay bo‘lgan vaqtda va tartibda undirilishi kerak.
  • 4. Har bir soliq shunday tarzda tuzilishi kerakki, bunda soliq to‘lovchining hamyonidan ketadigan pul davlat byudjetiga kelib tushadigan mablag‘ga nisbatan ortiq bo‘lishiga mumkin qadar yo‘l qo‘yilmasin.
  • Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish samarali tizimining quyidagi tamoyillarini ta’riflab o‘tish mumkin: Etarlilik tamoyili. Tadbirkorlik va investitsiyalarni rag‘batlantirish. Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili. Oddiylik va xolislik. Boshqarishga qulaylik. Soliqlarni yig‘ish jarayonini imkon qadar arzonlashtirish. Soliq stavkalarini qiyoslash.
  • Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni to‘liq hayotga tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.
  • O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida esa soliqqa tortish tomoyillari o‘rniga soliq qonunchiligi tamoyillari deb atalib, uning besh tamoyili (4-modda) belgilab berilgan.
  • Har bir shaxs Kodeksda belgilangan soliq va to‘lovlarni to‘lashga majburdir, ya’ni soliq to‘lash qonun bilan majbur qilib qo‘yiladi. Aslida majburiylik soliqlarning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqadi.

  • Huquqiy shaxslarni soliqqa tortish mulkchilik shaklidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar.
  • Beligilangan soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston hududida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yoki pul mablag‘larini erkin harakatini bevosita yoki bilvosita cheklamaydi yoki soliq to‘lovchilarning iqtisodiy faoliyatini cheklashga yoki to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘ymaydi.
  • Manbalaridan qat’iy nazar, hamma daromadlar majburiy ravishda soliqqa tortiladi.
  • Belgilangan soliq imtiyozlari ijtimoiy adolat tamoyiliga mos kelishi shart.
  • Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamoyillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni to‘liq hayotga tadbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifalaridan biridir.

Etiboringiz uchun rahmat
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling