Mavzu. Soliqqa tortish tamoyillari. (2 soat)
Download 1.46 Mb.
|
3-MAVZU. SOLIQQA TORTISH TAMOYILLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar.
- 3.2. Soliq siyosati modellari va turlari.
- 3.3. Soliq siyosatining elementlari.
3-MAVZU. Soliqqa tortish tamoyillari. (2 soat) Reja: 3.1. Soliq siyosatining mohiyati va asosiy tushunchalari. 3.2. Soliq siyosati modellari va turlari. 3.3. Soliq siyosatining elementlari. 3.4. Davlat soliq siyosatidan kо‘zlangan maqsadlar. Adabiyotlar: 8, 9, 10, 11, 12, 13, 20, 21, 22, 25, 26, 27, 28 Tayanch iboralar. Soliq siyosati, soliq siyosati modellari, soliq siyosati elementlari, soliq siyosati maqsadi. 3.1. Soliq siyosatining mohiyati va asosiy tushunchalari. 3.2. Soliq siyosati modellari va turlari. U yoki bu mamlakatda xo‘jalik yuritishning zamonaviy shakli yoki usuli sifatida bozor iqtisodiyotini shakllantirish (tarkib toptirish, vujudga keltirish) to‘g‘risida gap ketar ekan avvalo, uning dunyo amaliyotida umume’tirof etilgan quyidagi ikki modeli mavjudligi qayd etiladi: 1.Liberal model. 2.Sotsial (ijtimoiy) yo‘naltirilgan model. Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bu ikki modeli o‘ziga xos xususiyatlarga yoki xarakterli belgilarga ega. Buni 1-chizmadan yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 1-chizmada qayd etilgan holatlarni tahlil qilish va ularning xarakterli belgi yoki xususiyatlarini bir-birlari bilan qiyoslash natijasida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bu har ikki modeli bir-biridan tubdan farq qilishini aniqlashimiz mumkin. Ular deyarli barcha pozitsiyalar bo‘yicha, haqiqatdan ham bir-birining aksidir. Buning ustiga bir modelga tegishli bo‘lgan xarakterli belgi ikkinchi modelga xos emas. Shu o‘rinda har bir modelga tegishli bo‘lgan bu xarakterli belgilarni kimlarningdir ijod mahsuli sifatida emas, balki iqtisodiy hayot aksiomasi tarzida e’tirof etish lozimligini ham qayd etib o‘tish joiz. Bizning xoxish-irodamizga bog‘liq bo‘lmagan holda ular tabiiy ravishda o‘zini namoyon etib turibdi. Bu yerda sun’iy ravishda u yoki bu modelga “tiqishtirilgan” xarakterli belgi yo‘q. Shu bois ba’zi-birovlar tomonidan ular “reviziya” qilinmasligi yoki shubha ostiga olinmasligi kerak. Odatda, yaratilgan u yoki bu model ma’lum bir muallif(lar) tomonidan ishlab chiqiladi. Yaratilgan va amalda faoliyat ko‘rsatayotgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari ham bundan mustasno emas. Ularning ham muallif(lar)i bor. Lekin bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellarining muallif(lar)i Siz bilan biz ko‘nikib qolgan va nazarda tutadigan muallif(lar)dan farqlanadi. Ularning muallif(lar)i – HAYOT, deb ataladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotini shakllantirishning bu modellari alohida olingan shaxslar tomonidan ishlab chiqil(yaratil)maganligini yoki “ixtiro” qilinmaganligini yana bir marta qayd etib, ularning ana shunday ko‘rinishda tarkib topganligi o‘z navbatida, uzoq vaqt davom etgan tarixiy taraqqiyot va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojining natijasi ekanligini ta’kidlash joiz. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va ularning har biriga xos bo‘lgan xarakterli belgilarni inobatga olish barcha sohalarda (shu jumladan, byudjet-soliq siyosatiga nisbatan ham) oqilona qarorlarni qabul qilish uchun prinsipial ahamiyatga ega. Shuning uchun gap alohida olingan mamlakat xususida ketayotganda, eng avvalo, bu mamlakatning bozor munosabatlarini qaysi model asosida shakllantirayotganligiga aniqlik kiritish lozim. Undan so‘ng bu modelga tegishli bo‘lgan xarakterli belgilarni inobatga olgan holda qarorlar qabul qilishga chog‘lanmoq kerak. Aks holda qabul qilingan qaror Siz bilan bizni ko‘zlangan maqsad sari yetaklamaydi. 3.3. Soliq siyosatining elementlari. 3.4. Davlat soliq siyosatidan kо‘zlangan maqsadlar.
Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling