Mavzu: sporalilar- odam parazitlari: toksoplazma, koksidiya, ichak parazitlari: ichburug' amyobasi, ichak balantidiyasi
Download 1.18 Mb.
|
dr.Islomov bio-5.pptm презентация
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali davolash-1 fakulteti 105-a guruh talabasi ISLOMOV OG'ABEKning tibbiy biologiya va genetika asoslari fanidan tayyorlagan 5-mustaqil talimiMAVZU: SPORALILAR- Odam parazitlari:toksoplazma, koksidiya, ichak parazitlari: ichburug' amyobasi, ichak balantidiyasi REJA: Morfologik tuzilishi Bezgak paraziti Koksidiylar Toksoplazma Sporalilar (Sporozoa) — bir hujayralilar kenja dunyosiga mansub gʻayvonlar tipi. Xivchinlilardan kelib chiqqan. S. turli hayvonlar va odamning hujayra, toʻqima va organlarida parazitlik qilib, ogʻir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Parazit hayot kechirish taʼsirida tana tuzilishi birmuncha soddalashgan. Harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat xazm qiluvchi vakuollari rivojlanmagan. Hayot sikli spora xrsil qilish bilan tugallanadi; spora qobigʻi parazitni noqulay muhit taʼsiridan himoya qiladi BEZGAK PARAZITI Bezgak (ital. malaria, mala aria — badboʻy havo) — bezgak plazmodiylari qoʻzgʻatadigan invazion kasallik; isitma tutishi, qonda jiddiy oʻzgarishlar sodir bulishi, kamqonlik, jigar va taloqning kattalashuvi bilan kechadi. B. plaz-modiysi toʻrt xil, shunga koʻra B.ning uch kunlik, toʻrt kunlik, tropik va Afrika xillari bor. B. plazmodiysi B. chivini va odam organizmida koʻpayib, rivojlanadi Kasallik manbai bemor va B. chivini (asosan urgʻochisi) hisoblanadi. B. plazmodiysi B. bilan ogʻrigan bemor organizmida jinssiz (shizogoniya), kasallikni tashib yuruvchi — anofeles chivini tanasida esa jinsiy yoʻl bilan rivojlanadi. Kasallik sogʻlom odamga chivin chaqqanda, odam organizmiga uning soʻlagi orqali qoʻzgʻatuvchilar tushganda yuqadi. Toksoplazma - Toxoplasma gondii. Toksoplazmalar ayrim issiq qonli hayvonlar (gomoyoterm) - kalamushlar, sichqonlar, yirtqich va barcha uy hayvonlari (sutemizuvchilar, qushlar) va odamning deyarli barcha a'zolari va tizimlarida parazitlik qiladi. Toksoplazmalar keltirib chiqaradigan kasallik toksoplazmoz deb ataladi. Bu kasallik O'rta Osiyo mamlakatlari va Qozog'istonda hayvon va odamlar orasida uchrab turadi. Birinchi marta fransuz olimlari Nikol va Manso 1908 -yilda Jazoirda Ctenodactyluc gondii turiga oid kalamushlarda mazkur parazitni topib, uning sodda hayvonlar tipiga mansub ekanligini isbot qiladilar. Keyinchalik toksoplazmalar odam va hayvonlarda parazitlik qilishi va toksoplazmoz kasalligiga sabab bo'lishi aniqlandi. Lekin faqat 1970-yillarga kelib ulami elektron mikroskopda tekshirib va rivojlanish sikliga (Koksidiyalarga xos) asoslanib, toksoplazmani sporalilar sinfi, koksidiyalar turkumiga kiritildi. Toksoplazmalar odam va hayvonlarning turli a'zolaridagi hujayralarida topilgan, masalan, bosh miyada, tana mushaklarida, ko'zda, bachadonda, homila pardasida va boshqa a'zolarda. Dizenteriya amyobasi (Entamoeba histolytica) — amyobalar turkumiga mansub bir hujayrali parazit hayvon. Rus olimi F. A. Lesh 1875-yil kashf etgan. Koʻp hollarda amyoba sistasi odam yoʻgʻon ichagidagi axlatda koʻpayadi, lekin ichak epiteliysiga ziyon yetkazmaydi. Bunday hollarda odam dizenteriya bilan ogʻrimasdan amyoba sistasini tashuvchi hisoblanadi. Bu amyobaning ichak boʻshligʻida yashaydigan shakli boʻlib, uz. 20 mkm ga yetadi. D. a.ning soxta oyoklari boshqa amyobalarnikiga nisbatan ancha kalta va yoʻgʻon; yadrosi yumaloq; endoplazmasida yutilgan bir necha bakteriya boʻlishi mumkin. Ichak boʻshligʻida D. a. qobiqqa oʻralib, sharsimon sistaga aylanadi. Yetilgan sistaning yadrosi 4 ta; yetilmaganlarida 1—2 yoki 3 ta boʻladi. Sistalar axlat bilan tashqi muhitga chiqadi; u yerdan oziq-ovqat yoki qaynatilmagan suv bilan yana odam ichagiga oʻtadi, rivojlanib metatsista (8 ta yosh amyobali) holatini oʻtib, ichak boʻshligʻida yashaydigan shaklini hosil qiladi. Ayrim hollarda ichak boʻshligʻidan uning epiteliysi hujayralariga kirib koʻpayib, yara hosil qiladi (amyobiaz). D. a.ning toʻqimada yashaydigan bu shaklining kattaligi 25 mkm ga yetadi; uning sitoplazmasida hech qanday kiritmalar boʻlmaydi. Balantidium (Balantidium) - teng kiprikli infuzoriyalar turkumining avlodi. Tanasi oval, loviyasimon, yumaloq shaklda, sirtdan mayda, bir xil uzunlikdagi kipriklar bilan qoplangan. Kipriklari harakatlanish va ozigʻini haydash vazifasini bajaradi. Tanasining uz. 40 — 150 mkm, eni 20 — 70 mkm, 30 dan ortiq turi bor. Bir qancha umurtqasizlar va koʻpchilik umurtqalilar (kalamush, choʻchqa, odamsimon maymunlar) hamda odamning yoʻgʻon ichagida parazitlik qiladi. Choʻchqa va odamlarning yoʻgʻon ichagida parazitlik qiladigan V. yugʻon ichak toʻqimalarini yemirib, eritrotsitlar bilan oziqlanadi, ichakni yalligʻlantirib, xavfli — qonli ichburugʻ kasalligini paydo qiladi. B. sistalari hayvonlar goʻngi orqali tashqariga chiqariladi. B. bilan zararlangan kishi bu parazitni boshqalarga ham yuqtirishi mumkin. Choʻchqalar va choʻchqaboqarlar orasida ayniqsa koʻp uchraydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMATDownload 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling