Mavzu: Sugʻooriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash


Download 239.45 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.11.2023
Hajmi239.45 Kb.
#1736806
Bog'liq
sxm



Mavzu: Sugʻooriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash 
Yerlarning meliorativ holati — yer maydonlarini q.x.da 
foydalanishga yaroqliligi nuqtai nazaridan baholash. Meliorativ holati 
qonikarli yerlarga tuproq unumdorligini tubdan yaxshilash talab 
kilinmaydigan, dehqonchilik qilishga monelik kiladigan nuksonlari 
boʻlmagan yerlar kiradi. Meliorativ noqulaylik toifasi yoki turi 
birinchi navbatda, tabiiy — geografik sharoitlarga, shuningdek, dala 
meliorativ sharoitlarining dehqonchilik yuritishga mos kelmasligiga 
bogʻliq. Meliorativ jihatdan noqulay yerlarga qatʼiy aniktuproqiqlim 
va gidrogeologik sharoitlarda joylashgan botqoqlashgan, jarliklar 
bilan oʻyilgan, toshloq, tuprogʻi yuvilib ketgan, shoʻrlangan, 
shoʻrtoblar va shoʻrxok yerlar kiradi. Meliorativ holatiga koʻra 
noqulay suv rejimiga ega boʻlgan yerlar sugʻorish, zax qochirish, suv 
chiqarish; noqulay fizik va kimyoviy xossali yerlar tekislash, shoʻr 
yuvish, kimyoviy meliorantlar qoʻllash, ohaklash, gipslash, suv va 
shamol taʼsirida eroziyaga uchragan yerlarda ihota oʻrmonzorlari 
tashkil etish, ilmiy asoslangan sugʻorish usullari va meʼyorlarini 
qoʻllash kabi tadbirlarni talab qiladi Melioratsiya (lotincha: melioraio 
— yaxshilash), qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi — yerlarning 
unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratilgan tashkiliyxoʻjalik, 
muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi. M. tabiiy sharoitlar 
(tuproq, gidrologik, iqlimiy va boshqalar) majmuini kerakli 
yoʻnalishda oʻzgartirish; tuproqda ekinlarni yetishtirish uchun qulay 
boʻlgan suvhavo, harorat va oziq rejimini, atmosferaning yer yuzasiga 
yaqin qatlamida havoning harorati va harakatini oʻzgartirish 
imkoniyatini beradi. M. katta xalq xoʻjaligi ahamiyatiga ega: yangi 
yerlar oʻzlashtirilib, ekin maydonlari kengayadi, yerlarning 
unumdorligi, hosildorligi oshadi, mahsulot sifati yaxshilanib, uning 
tannar-xi kamayadi. M. iqtisodiy-ijtimoiy masalalar bilan birga 
ekologik vazifani ham hal etadi.M. maqsadlariga koʻra, 3 asosiy 
turkumga boʻlinadi. Noqulay suv rejimiga ega boʻlgan yerlar M.si 
(qurgʻoqchil dehqonchiliklarini sugʻorish, ortiqcha zax bosgan 


yerlarda zax qochirish, chorvachilik rivojlangan choʻl va yarim choʻl 
hududlardagi yaylovlarga suv chiqarish va h.k.); noqulay fizik va 
kimyoviy xossali yerlar M.si (shoʻrxok, qumli, ogʻir, berchlashgan, 
zichlashgan tuproqlar va boshqalar); suv va shamol taʼsirida 
eroziyaga uchragan yerlar M.si Noqulay tabiiy sharo-itlarga taʼsir 
koʻrsatish vositalari va usullari boʻyicha M. quyidagi turlarga 
boʻlinadi: gidrotexnik M. (suv resurslarini sugʻorish maqsadlarida 
kanallar, suv omborlari va boshqalar) gidrotexnik inshootlar 
tarmoqlari orqali boshqarish; drenaj va shoʻr yuvish yoʻl



 bilan grunt suvlari sathini tartibga solish va tuproqdan oʻsimliklar 
uchun zararli tuzdarni chiqarib tashlash; terassalar, sel toʻsgich 
inshootlar, suv tutgich tuproq koʻtarmalar, suv yigʻgich kanallar va 
boshqa yordamida yer usti oqar suvlar bilan tuproq yuvilishi va oqib 
ketishini bartaraf etish); agrotexnik M. (irrigatsiya eroziyasiga yoʻl 
qoʻymaslik maqsadida yerni haydash va sugʻorishda yoʻnalishlarni 
oʻzgartirib turish; shoʻrlangan yerlarni oʻzlashtirishda koʻp yillik 
oʻsimliklardan koʻproq foydalangan holda almashlab ekishni qoʻllash; 
qumli tuproklarga sideratlar ekish; qumli tuproqlarni gillash va 
boshqalar); oʻrmon xoʻjaligi M.si (ihota oʻrmonzorlari tashkil qilish 
va eroziyaga qarshi maxsus daraxtzorlar barpo etish singari tadbirlar 
bilan shamol va suv taʼsirida yuz beradigan tuproq eroziyasini 
bartaraf etish). 
M. usullari yerni tubdan yoki kapital yaxshilash ishlaridan 
iborat. Sugorish tizimlari esa yerlarga zarur miqdorda va kerakli 
muddatlarda suv berishni taʼminlovchi, uzok, muddatga moʻljallangan 
inshootlardir. Kollektor-drenaj tarmogʻi ortiqcha grunt suvlarini 
muntazam chikarib tashlashni taʼminlaydi. M.ning barcha turlarini 
birgalikda qoʻllash yaxshi samara beradi. Yer maydonlari M.si, 
ayniqsa quruq iqlimli mintaqalarda, iqlimni oʻzgartirishga ham olib 
keladi, sugʻorish havoning yerga yaqin qatlamida namlikni oshiradi 
(tuproq va oʻsimlik qoplamidan bugʻlangan namlik tufayli), natijada 
harorat pasayib, qurgʻoqchilik taʼsiri kamayadi. 
M. kup kapital mablagʻ talab qiladi, ammo u 
melioratsiyalanadigan yerlar mahsuldorligining yil sayin oshib borishi 
hisobiga bir necha yil ichida oʻzini qoplaydi. Mac, gʻalla ekinlari 
sugʻorilmaydigan maydonlardagiga nisbatan sugʻoriladigan yerlarda 
4—5-marta ortiq hosil beradi, sugorma dehqonchilik hududlarida 
ayrim ekinlarni sugʻormasdan yetishtirish amalda mumkin emas.M. 
tarixi. Oʻrta Osiyo hududida M. qadimiy davrlardan qoʻllanila 


boshlangan. Markaziy Osiyoda, xususan, Oʻzbekiston hududlarida 
olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan sugʻorish 
tarmoqlari qoldiklari qadimiy Sugʻdiyona, Shim. Baqtriya, Xorazm, 
Fargʻona, Margʻiyona kabi davlatlarda dehqonchilik madaniyati 
yuqori boʻlganligini koʻrsatadi. Miloddan avvalgi 6—5ming 
yilliklarda togʻ oldi hududlarda liman va qayir usulida dehqonchilik 
qilingan. Sugʻorib dehqonchilik qilish miloddan avvalgi 2-ming 
yillikda Surxondaryoda, Zaraf-shon, Fargʻona vodiylarida, Amudaryo 
deltasida yuzaga kelgan. Sirdaryo va Amudaryo etaklarida sugʻorish 
asosida yerlarni oʻzlashtirish ishlari miloddan avvalgi 8—7-asrlarda 
olib borilgan. 
20-asrning 20-yillaridan Oʻrta Osiyoda M. tadbirlari keng 
miqyosda amalga oshirila boshlandi, ayniqsa, eski sugʻorish 
tarmoqdarini tiklash va yangilarini qurishga katta eʼtibor berildi. 
Grunt suvlari sathini tartibga solish, yerlarni shoʻrsizlantirish 
boʻyicha ham katta ishlar amalga oshirildi. Bu ishlarda drenajning eng 
samarali turlari — yopiq gorizontal va vertikal drenajlar qoʻllanildi. 
M. miqyosi, ayniqsa, Oʻzbekistonda katga boʻldi: 
Mirzachoʻlni oʻzlashtirish misolida yalpi meliorativ qurilishning 
prinsipial yangi texnologiyasi barpo qilindi, texnik jihatdan 
mukammal meliorativ tadbirlar ishlab chiqildi. Suv resurslarini sersuv 
manbalardan kam suv havzalarga oʻtkazish katta miqyosda amalga 
oshirildi, mashinalashgan sugʻorish tobora rivojlandi.Umuman, 
Oʻzbekiston qudratli suv xoʻjaligi majmuiga ega: sugʻoriladigan 
dehqonchilik koʻlami 4,3 mln. ga; umumiy suv sarfi 2500 m³/sek 
boʻlgan 75 ta yirik kanal, 32,4 ming km uzunlikda xoʻjaliklararo va 
176,4 ming km xoʻjalik sugʻorish tarmoqlari, 31 ming km 
xoʻjaliklararo va 106,3 ming km xoʻjalik kollektor-drenaj tarmoqlari 


mavjud. Xoʻjaliklarda 12,8 mingtaga yaqin nasos st-yalari yordamida 
1050 ming ga atrofida ekinzorlar sugʻorilmoqda. 4800 dan ortiq 
vertikal drenajlar, 24,6 mingdan ortiq kuzatuv va 2000 ga yaqin 
sugʻorish quduqlaridan foydalanilmoqda 
ADABIYOTLAR 
Axmedov X. A., Sugʻorish melioratsiyasi, T., 1977;
Muhammadjonov A., Quyi Zarafshon vodiysining sugʻorilish 
tarixi, T., 1972;
Reshetov G. G., Melioratsiya novoosvaivayemix pochv 
Oʻzbekistana, T., 1986;
Melioratsiya zemel v Oʻzbekistane, T., 1986. Sobirjon 
Azimboyev, Ziyomiddin Artukmetov 
TAYYORLADI 
:SXM 
201-GURUH 
TALABASI 
NE’MATOV GʻOLIBJON 

Download 239.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling