Mavzu. Talab va taklif nazariyasi. Reja Bozorlar va raqobat Talab va taklif
Download 0.73 Mb.
|
1 maruza makro taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot
MAVZU. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. Reja 1.Bozorlar va raqobat 2.Talab va taklif 3.Talab va taklif birgalikda
Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan mikroiqtisodiyot jamiyatdagi cheklangan resurslardan alohida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va alohida iste`molchilar qay darajada foydalanishini o`rganadi. Ko`pchilik jamiyatlarda, resurslar millionlab iste`molchilar va ishlab chiqaruvchilarning birgalikdagi harakatlari yordamida taqsimlanadi. Shuning uchun ham mikroiqtisodiyotning vazifasi alohida olingan sub`ektlar tomonidan qaror qabul qilish jarayoni va o`zaro xatti-harakatlarini o`rganishdir: ular qancha ishlaydilar, ular nima sotib oladilar, ular qancha tejab qoladilar va ular qancha sarmoyalarini investitsiya qiladilar. Resurslarni cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tanlov muammosini qo`yadi:
Aynan shuning uchun mikroiqtisodiyot fanining e’tibor markazida - ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning cheklanganlik muammolarini va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash yo`llarini o`rganish turadi. Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot
Mikroiqtisodiyot fani makroiqtisodiyot bilan juda ham bog’liqdir, chunki, butun dunyoda sodir bo`layotgan iqtisodiy o`zgarishlar o`sha alohida individual sub’ektlarning iqtisodiy munosabatlarining mahsulidir. Makroiqtisodiy o`sishni mikrodarajadagi munosabatlarning uyg’unlashuvisiz tasavvur qilish qiyin. Misol qilib olsak, makroiqtisodiyotchilar davlat miqyosida tovar va xizmatlardan olinadigan daromad solig’ining ta’sirini o`rganishlari uchun, ular har bir xo`jalik yurituvchilarning tovar va xizmatlarni ayirboshlashga bo`lgan salohiyatini bilishlari zarurdir. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot bir biriga aloqador bo`lib o`xshab ketsa-da, ammo ikkisi alohida fandir. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling