Mavzu: Ta’lim maqsadi va o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’quv ishlarining turli shakillaridan foydalanish ta’limni tashkil etishning an’anaviy shaklining amaldagi xolatini o’rganish va taxlil qilish
Download 94.5 Kb.
|
Ta’lim maqsadi va o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’quv ishlarining turli shakillaridan foydalanish ta’limni tashkil etishning an’anaviy shaklining amaldagi xolatini o’rganish va taxlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. ta’limni tashkil etishning shakllari
Mavzu: Ta’lim maqsadi va o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’quv ishlarining turli shakillaridan foydalanish ta’limni tashkil etishning an’anaviy shaklining amaldagi xolatini o’rganish va taxlil qilish! Reja: Ta’limning maqsadi 2. o’quvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’quv ishlarining turli shakillaridan foydalanish 3. ta’limni tashkil etishning shakllari O’zbekiston Respublikasining 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilingani barchaga ma’lumdir. Juda boy ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy merosimizni qayta tiklanishi ularni zamon ruhi talabi bilan uygunlashtirib faqat shaxsiy, milliy manfaat kasb etib qolmasdan umumjahon ma’naviy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ulkan hissa bo’lib qo’shilmoqda. Prezidentimiz ma’naviyatni aql, axloq, ongli amaliy faoliyatda shakllanib rivojlanishi haqida gapirib: “Ma’naviyat- taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan aql va qo’l bilan mehnat qilishi kerak’’, degan edilar. Ma’naviyat insonda shakllanishi lozim bo’lgan aqliy, axloqiy, intellektual, amaliy, jismoniy sifatlar majmuasi bo’lishi bilan bir qatorda olamning ruhiy energetik, botiniy quvvati bilan ham uygundir. Buni Prezidentimiz o’zlarining “O’zbekiston - XXI asrga intilmoqda” nomli ma’ruzalarida quyidagicha juda yaqqol asoslab berdilar: “Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman”. Xuddi ana shu yangi, keng qamrovli, chuqur ilmiy g’oya, yangicha fikr, ta’lim-tarbiyani yangicha metodologik asosini boshlab beruvchi yo’nalishdir. Ta’lim jarayonining ilmiy, nazariy uslubiy va amaliy asoslarini, ya’ni ta’lim, bilim berish, o’qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil bo’limi didaktika shug’ullanadi. Ta’lim bilish faoliyatining turi sifatida pedagogika fanida bir necha asosiy ma’noni anglatadi. Ya’ni bu: o’quvchilarda bilim, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish; ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish; o’quvchilarning muayyan darajada o’qimishli, madaniyatli, tarbiyali chin inson bo’lishiga erishish; ularning qobiliyatlarini o’stirishdan iborat. Ta’lim – insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni o’quvchilar ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo’lishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir. Ta’lim jarayonining mazmunini bilim, ko’nikma va malakalar tashkil qiladi. Demak, o’quvchilar o’qish orqali bilim bilan qurollanadilar. Bunda bilimning o’zi kifoya qilmaydi. Uni hayotda ko’p unum beradigan qilib qo’llay bilish lozim. Buning uchun esa o’qituvchida ko’nikma va malaka hosil qilish lozim. Ko’nikma – mashq qilish natijasida beriladigan harakatlar yig’indisidir. Iqtidor va ko’nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakaga aylanadi. Bilim asosida ko’nikma, malaka hosil bo’ladi. Bilim bahsda kerak bo’lsa, ko’nikma mehnatda, dunyoni o’zlashtirishda zarur. Shu jihatdan o’quv yurtlarida, maktablarda o’quvchilar o’rtasida bahslar, bellashuvlar, o’tkir zehnlilar mushoirasi, quvnoqlar va zukkolar bellashuvini tashkil etish foydalidir. Ta’lim jarayoni o’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, ikki tomonlama xarakterga egadir. O’qituvchining faoliyati tufayli ta’lim puxta o’ylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, kutilgan natijalarni beradi. Bola maktabgacha tarbiya yoshidayoq o’quv ishi bilan shug’ullana boshlaydi. U sonlar, harflar bilan, matnli o’qish jarayoni bilan tanishadi, sodir bo’layotgan hodisalarning muhim xususiyatlarini ota-onasi va tarbiyachilari yordamida bilib oladi, hikoya va ertaklar tinglaydi hamda ularni boshqalarga aytib berishni o’rganadi. Ammo maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning asosiy faoliyati hamon o’yin bo’lib qoladi, shuning uchun ham uning fikrlash faoliyatida his qilib bilish ko’proq ahamiyatga egadir. Ta’limning boshlang’ich davrida o’qituvchi analiz-sintezdan ko’proq foydalanadi. Analiz narsa va hodisalarni tarkibiy qismlarga ajratishdir. Sintez jarayonida o’quvchilar o’rganilgan narsalar va hodisalarning ayrim qismlarini, elementlarini bir butun qilib birlashtiradilar. Sintez, analiz, taqqoslash, induksiya kabi usullar orqali o’quvchilar o’zlarida tushuncha hosil qilish imkoniga ega bo’lishadi. Didaktika ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi qismdir. Didaktika grekcha so’z bo’lib, “Didayko” – o’qitish, “Didaskol” – o’rgatuvchi degan so’zlardan kelib chiqqan. “Didaktika”ning so’zma-so’z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Ta’lim naza-riyasi ta’lim jarayonining tushunchasi va mohiyatini, ta’lim qoidalarini, uslublari hamda tashkiliy formalarini o’z ichiga oladi. Didaktika o’z oldiga o’qitishning o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasini qo’yadi. Ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat. Demak, didaktika pedagogikaning “nimaga o’qitish”, “nimani o’qitish” va “qanday o’qitish” kabi savollariga javob izlaydi. Umumiy didaktika esa, o’z navbatida, ayrim o’quv fanlariga oid usullar bilan juda mustahkam bog’lanadi. Shu usullar ma’lumotiga tayanib, o’qitishning umumiy qonuniyatlarini yechib boradi va ayni vaqtda har bir o’quv fanini o’qitish usullari uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi. Bu dunyoda ne-ne daholar yashab o’tmagan… Saboqlarga boy o’tmishimizda Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk alloma bobokalonlarimiz tibbiyot, mantiq, musiqa, adabiyot, geografiya, riyoziyot kabi ilmlarni o’qitish vositasida avlodlarni tarbiyalash g’oyasini olg’a surdilar. Kaykovusning “Qobusnoma”, Nosir xisravning “Saodatnoma”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq”, Alisher Navoiyning “Mahbubul-qulub” asarlarida ilg’or pedagogik qarashlar ham ifodalangan. Ular dunyoviy ta’limni keng rivojlantirishga katta hissa qo’shishdi. Sharq xalqlari pedagogikasining buyuk allomasi Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” asari orqali ilm-fan, ma’rifatning ahamiyati, ta’rifi va tavsifida odamlarni tinmay ilm olishga, bilim o’rganishga undadi. Dunyodagi barcha xayrli ishlar, ezgu amallar negizida ilm-ma’rifat yotadi, ilm ziyosi tufayli jaholat zulmati yoziladi, fikr ravshanlashadi, olamga ro’shnolik taraladi. Har bir sog’lom fikrli odam dunyoning borliq ishlaridan ogoh bo’lishi, buning uchun tinmay bilim olishi, ma’rifatga intilishi kerak. Mutafakkir Abu Rayhon Beruniy ilmning qadr-qimmatini yuksak baholagan holda, insonning chin fazilati ilmda ekanligini alohida ta’kidlaydi: “Ilm o’zi lazzat bag’ishlaydi. Odamlar ilm tufayli ezgulikka erishadilar. Ular ilm tufayli yovuzlikdan xalos bo’ladilar. Shuning o’zi eng aniq foyda, eng katta davlat emasmi, axir”. Bilimlar rivojida sharqning buyuk alllomasi Al Xorazmiyning salmoqli ulushi bor, albatta. Bu buyuk olim algebra, arifmetika, astronomiya, geografiya va musiqa sohalarida bir qancha asarlar yozgan. Uning “Aljabr va almuqobala hisobidan qisqacha kitob” asari asosida algebra paydo bo’ldi. O’zbek she’riyatining buyuk dahosi Alisher Navoiyning didaktik merosi uning bebaho “Xamsa” asarida, hikmatlarida, lirik durdonalarida o’z ifodasini topgan. Masalan, “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod ilmli, hunarli, ijodkor shaxs. Farhod – ilm-hunarni hayot bilan bog’laydi. “Saddi Iskandariy” dostonidagi Iskandar obrazi iste’dodli olim, ilm-ma’rifatning jarchisi va homiysi sifatida talqin etilgan. Iskandar ilm va aql kuchi vositasida davlatni boshqarganligi, bunda olimlar bilan hisoblashganligi tufayli mamlakat obod, xalqi farovon hayot kechiradi. Alisher Navoiy hayotining so’nggi davlarida bitgan “Mahbubul-qulub” chuqur tarbiyaviy ahamiyatga molik falsafiy asardir. Asarda donishmand allomaning o’gitlari, pand-nasihatlari mujassamlashgan. Asar shoirning kelajak avlod bilan xayolan muloqotlari tarzida yozilgan. “Mahbubul-qulub” bahonasida ulug’ adib Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari haqida so’z yuritilar ekan, bu noyob asar boshdan-oyoq hikmatu nasihat, ibratli hikoya va o’gitlarga serob bir bahr ekanligini har bir pedagog unutmasligi, ta’lim jarayonida bu pandu nasihatlardan unumli foydalanmog’i kerak. Zotan, “Mahbubul qulub” da shoirni o’ylantirgan muammolar bugungi kunimizga ham nihoyatda mos tushadi. Sharqu g’arb ma’naviy merosi asosida pedagogik jarayondan markaziy o’rin olgan didaktika doimo rivojlanib bordi, didaktika rivojiga buyuk chex pedagogi Yan Amos Kamenskiy ham katta hissa qo’shdi. Uning “Buyuk didaktika” asari o’qitishni rivojlantirishga g’oyat katta ta’sir ko’rsatdi va muallimlarning doimiy foydalanadigan kitobi bo’lib qoldi. O’zbekistonda didaktik ta’limning tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, Qori Niyoziy, O.Sharafiddinovkabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog’liq. Pedagogik faoliyatdagi formalizmning qat’iyan oldini olish, o’qitishdagi muqobil usul, shakl va vositalarni tanlash, pedagogika fani yutuqlarini amalga dadillik bilan joriy qilish vaqti yetdi. Usuliy ishlarni jonlantirish, o’qituvchilarning tashabbuslarini, ijodiy izlanishlarini har tomonlama rivojlantirish, ilg’or pedagogik tajribani chuqur o’rganish lozim. Lekin bu dasturni amalga oshirishda hech bir holda avvallari pedagogika hamda didaktikada yaratilgan asarlarni, xalq pedagogikasining nodir meroslarini chekkaga uloqtirib tashlash mumkin emas. Pedagoglar bir qancha avlodlarning mehnati bilan qo’lga kiritilgan, pedagogika fani erishgan barcha qimmatli yutuqlar, zamon sinovidan o’tgan jamiki ilg’or qarashlarni avaylab asrashi va o’sha merosdan faol ravishda foydalanishlari kerak. Ta’lim jarayoni o’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, ikki tomonlama xarakterga egadir. O’qituvchining faoliyati tufayli ta’lim puxta o’ylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, kutilgan natijalarni beradi. O’qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o’quvchi, talabaga ta’sir ko’rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o’quvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta’limdagi yutuqlar, avvalo o’qituvchiga bog’liq. Mutaxassis sifatida o’z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo’lishi, psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo’lishi, har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o’rganish va baholash, pedagogik ta’sir ko’rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Ta’limning asosiy vazifasi shazsni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi. Ya’ni: ta’lim oluvchilarda bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o’stirishdir. Ta’lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to’plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko’nikma va malakalar hamda e’tiqodlar shakllantiradi. Ta’lim o’qituvchi va o’quvchilar-ning birgalikdagi faoliyati bo’lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o’qituvchi va o’quvchi faol ishtirok etadi. O’quvchi aniq maqsadni ko’zlab, reja va dastur asosida bilim, ko’nikma va malakalarni singdiradi, o’quvchi esa uni faol o’zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o’ynaydi. Ta’lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko’nikma va malakalarni hosil qilish, yangi haqiqatlarni ocha olishga qodir bo’lgan ijodiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Ta’lim o’quvchi-talabalaning o’zlashtirish, o’zida bilish qobiliyatlarini hamda fikrlash operaciyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv jarayon emas, balki o’quvchiga noma’lum faol, ijodiy faoliyat, mehnat jarayonidir. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi bilmaslikdan bilishgacha, noto’gri va noaniq bilishdan tobora to’liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tadi. Bilimlarni o’zlashtirish jarayonida sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik jarayonlar faol ishtirok etadi va amliyotda sinab ko’riladi. O’qituvchi, o’quvchi va talabalardagi fikrlash jarayonni to’g’ri yo’lga solish uchun amaliyot har qanday bilishning negizidir, degan qoidani hisobga olishi zarur. O’quvchi va talabalarning erkin fikrlash qobiliyatini o’quv va amaliy mashg’ulotlar o’tkazish yo’li bilan o’stirish lozim. O’quvchi, talaba tafakkur jarayonida voqelikni tahlil qilishni va taqqoslashni, bilimlarning o’zlari uchun tushunarli sohalaridagi sabab-xulosalar chiqarishni o’rganadilar, ya’ni oddiy, so’ngra esa ancha murakkab tushuncha hamda fikr mulohazalar hosil qilishni bilib oladilar. Ta’limda o’qituvchi bilim berish bilan cheklanmaydi, u o’quvchilarning fikrlash faoliyatiga ham rahbarlik qiladi, o’quvchilarda ishdagi mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatlarini o’stiradi va shu tariqa o’rganilayotgan narsaning ongli ravishda o’zlashtirib olinishga erishiladi. Materialni idrok qilishlari va tushunib olishlari bilan birga, uni puxta esda saqlab qolishlari to’g’risida ham g’amxo’rlik qiladi. O’qituvchi o’quvchi-talabaning bilish faoliyatlarini tashkil qilish maqsadida o’quv ishlarini olib borar ekan, avvalo ta’lim jarayoni orqali uch vazifani, ya’ni bilim berish orqali uch maqsadni hal qilishi lozimligini unutmasligi kerak. Bu maqsadlar o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini birlashtiradi. Download 94.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling