Mavzu: Ta'lim maskani haqida taqdimot Kudashev Vladislav 104 guruh


Download 14.06 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi14.06 Kb.
#1249788
Bog'liq
Ta\'lim maskani haqida taqdimot


Mavzu: Ta'lim maskani haqida taqdimot


Kudashev Vladislav 104 guruh


Ta'lim maskani haqida taqdimot nutqi


Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti 1935 yil 14 sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Xalq maorifi komissarligining 1364-sonli qaroriga binoan O'rta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakulteti zaminida tashkil etilgan.
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti 1935 yil 14 sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasi Xalq maorifi komissarligining 1364-sonli qaroriga binoan O'rta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakulteti zaminida tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevralidagi 77-sonli qaroriga muvofiq Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutiga universitet maqomi berilib, u respublikadagi akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun pedagogik kadrlar - fan o'qituvchilari tayyorlaydigan yetakchi tayanch oliy o'quv yurti deb belgilandi. Universitetda xorijiy (Janubiy Koreya) va MDH (Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston) mamlakatlaridan ham talabalar tahsil olishmoqda. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Respublikamizdagi eng salohiyatli va salmoqli oliy o'quv yurtlaridan biridir. Uning umumiy maydoni 77074,25 m2, shu jumladan o'quv maydoni 24694 m2ni tashkil etadi. Universitetning 11 ta fakultetida 66 nafardan ortiq fan doktorlari, professorlar hamda akademiklar, 225 nafardan ortiq fan nomzodlari, dotsentlar, 400 dan ortiq o'qituvchilar talaba va magistrantlarga fanlar asoslaridan tahsil bermoqdalar. Universitetda 7 ta o'quv bino, 8 ta talabalar uyi mavjud. Toshkent viloyati Xumson qishlog'ida joylashgan o'quv dala amaliyoti va sog'lomlashtirish bazasi (maydoni 6,5 ga) hamda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Tuzel qishlog'ida joylashgan agrobiostansiyalar (maydoni 13,5 ga) talabalar va professor-o'qituvchilar xizmatida.
Download 14.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling