Mavzu: Ta’lim mazmunini shakllantirishning mohiyati va nazariyasi


Download 370.62 Kb.
Sana07.03.2023
Hajmi370.62 Kb.
#1247397
Bog'liq
ped mahorat 1

Mavzu: Ta’lim mazmunini shakllantirishning mohiyati va nazariyasi

Bajardi:301-MTPP guruh talabasi Raxmonova Diyora

Tekshirdi:Choriyeva Durdona Anvarovna

Reja: 1.Ta’lim mazmunini shakllantirishning mohiyati va nazariyasi. 2.Ta’lim mazmunini tanlash tamoyillari. 3.Ta’lim mazmuni belgilovchi me’yor hujjatlar.

Ta’limning mazmuni

Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.

Talimning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Talimning mazmuni deganda, o’quvchilarni o’qish jarayonida egallab olishi lozim bolgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko’nikmalarni aniq doirasi tushuniladi.

Talimning mazmuni uning maqsadidan kelib chiqadi. Talimning mazmuni deganda, o’quvchilarni o’qish jarayonida egallab olishi lozim bolgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko’nikmalarni aniq doirasi tushuniladi.

Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: ●umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; ●milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; ●o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; ●kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; ●ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; ●davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.


Ta’lim mazmunini shakllantirishning quyidagi bosqichlari mavjud
O’quv materialni o’zlashtirish bosqichi
Nazariy va o’quv bosqichi
Ta’limni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillaridan tashkil topgan tizim sifatida e’tirof etish mumkin:
Ta’limning mazmunli tamoyillari. Ular ta’lim mazmunini tanlash bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g’oyalarni ifodalaydi:
- fuqarolik;
- ilmiyligi;
- tarbiyalovchi ta’lim;
- fundamentalligi va amaliy yo’nalganligi (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi);
- tabiat bilan uyg’unligi;
- madaniyat bilan uyg’unligi;
- insonparvarligi.
Ta’limning tashkiliy–metodik tamoyillari. Ta’limni tashkil etish metodikasi ta’lim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu borada muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday talablar ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar mazmunida o’z ifodasini topgan.
Ta’limning tashkiliy-metodik tamoyili:
- ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;
- ta’limda onglilik va ijodiy faollik;
- ta’limda ko’rgazmalilik;
- ta’limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi);
- ta’limning tushunarliligi;
- guruhli va individual ta’lim birligi;
- ta’limning o’quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;
  • oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi;


Davlat ta’lim standartining tarkibi
O’quv daturi
Baholash mezonlari
O’quv reja
Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat bu Davlat Ta’lim standartlaridir.
Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Download 370.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling