Mavzu: Ta'lim muassasasining ichki nazorati


Download 11.58 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi11.58 Kb.
#1764224
Bog'liq
Maqola


Mavzu:Ta'lim muassasasining ichki nazorati.
Annotatsiya:Ushbu maqolada bugungi iqtisodiy islohotlar davrida ta'lim tizimini takomillashtirish,maktab ta'lim muassasasi tizimining ichki nazorati va uni to'g'ri yo'lga qo'yish bo'yicha bo'lajak rahbarlarga ko'plab tavsiyalar berilgan.
Kalit so'z:kadrlar tayyorlash milliy dasturi,maktab boshqaruvi,ichki nazorat,rejalashtirish.
Tanqidiy tahlil ,qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi lozim.SH.Mirziyoyev.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tasdiqlangan uzluksiz ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda ko'p jihatdan o'qituvchining faoliyatiga,uning kasbiy nufuzini oshirishga juda katta etibor berilmoqda.Bugungi rivojlangan davrda ayniqsa o'qituvchilar faoliyatini yaxshilash,yoshlarga bilim, ta'lim va tarbiya berish nihoyatda ko'p qirrali va murakkab jarayondir.Ayniqsa bugungi kunda umumta'lim maktablarining oldida ma'suliyatli vazifa turadi.Bu maktabni rivojlantirish va unga munosib bo'lgan kelajak avlodni tarbiyalashdir.Bunda juda katta mas'uliyat maktab rahbari zimmasiga yuklatiladi.Eng katta vazifa esa maktabning ichki nazorati va uni samarali boshqarib borish.Quyida maktabning ichki nazorati bo'yicha qilinishi lozim bo'lgan rejalarni keltirib o'taman.
-jamoaning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga muvofiq o'quv jarayonini ishlab chiqish,jamoa bilan birgalikda tahlil qilish.
-doimiy puxta o'ylab qilngan reja va ishlar kelajakda jamoaning kamchilik va xatosiz ishlash tizimiga sharoit yaratadi
-nafaqat maktab rahbari balki butun jamoaga taaluqli bo'lgan jarayondir.Bunda barcha pedagoglar hamjihatlikda,rejali va intizomli bo'lishga o'rganadilar.
Maktab ichki nazoratini rejalashtirib va tashkil qila turib ,maktab rahbarilari nazoratning barcha obektlari,yo'nalishlari, to'g'risida aniq va chuqur bilimga,puxta tasavvurga ega bo'lishlari lozim.Maktabni ichki nazoratida taxminan quyidagi masalalar bo'yicha olib borilayotgan ishlar o'quv rejasida o'tilayotgan ayrim fanlarning ahvoli,o'quvchilarning va o'qituvchilarning bilimi DTS talablariga mos ekanligi,pedagogik jamoaning iqtidorli va qobiliyatli o'quvchilar bilan ishlash tizimi,ixtiyoriy va fakultativ,qo'shimcha kurslarning samarali tashkil etilayotganligi,o'qituvchilarning metodik ishlarining to'g'ri tashkil etilayotganligi,tarbiyaviy ishlar,maktab xujjatlarini yuritish,kuni uzaytirilgan sinflar bo'lsa o'quv tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqa holatlar nazoratda bo'lishi lozim.Bundan tashqari maktabning o'z rejasi asosida maktabda faoliyat yuritayotgan o'qituvchilarning o'z ustida ishlashlari uchun ham sharoit yaratish,o'qituvchilarning davlat attestatsiyasiga puxta tayyorgarlik ko'rishlari maqsadida ta'lim muassasasida o'z-o'zini attestatsiyadan o'tkazish uchun manbalar tayyorlash ham maqsadga muvofiq.Bunda maktabda faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar bilimlari mustahkamlanadi.Bulardan tashqari maktabda faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlarning nazorati ham muhim masalalardan hisoblanadi. Har chorakda fanlarni o'zlashtirish bo'yicha o'quvchilardan test nazoratini olish,fan o'qituvchilari darslarini tahlil qilish,darslarda qo'llanilayotgan dars turlari,metodlar almashinuvini tashkil qilish,ma'naviy ma'rifiy tadbirlar o'tkazish ham zarur.Bunda o'qituvchilarda o'zaro fikrlar almashuvi bir biriga munosabatlar shakllanadi.Bugungi islohotlar davrida xalq ta'limi sohasida ta'lim to'grisidagi qarorlar va konsepsiyalarga asoslangan boshqaruv tizimini tashkil etish ta'lim va tarbiya samaradorligini oshirishda ijobiy natijalarga erishishda asos bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


1.SH.Mirziyoyev.Jamiyatda o'qituvchi kasbi eng nufuzli va obro'li kasb bo'lishi lozim.29.12.2020.
2.Ta'lim menejmenti.R.X.Jo'rayev,S.T.Turgunov.2006. 3.Menejment nazariyasi.Qosimova Dilorom Sobirovna.
Jizzax Davlat Pedagogika Instituti.Pedagogika nazariyasi va tarixi yo'nalishi 2-bosqich magistri Hatamova Ma'rifat Yorqin qizi.

Topic: Internal control of the educational institution.


Abstract: This article presents many recommendations to future leaders on improving the education system, internal control of the school educational institution system and its proper implementation in today's era of economic reforms.
Key words: national personnel training program, school management, internal control, planning.
Critical analysis, strict order, discipline and personal responsibility should be the daily rules of every leader's activity. SH. Mirziyoyev.
In our country, in order to increase the quality and efficiency of continuous education approved in accordance with the national program of personnel training, great attention is paid to the activity of the teacher, to increase his professional prestige. Education is an extremely multifaceted and complex process. Especially today, general education schools face a responsible task. This is to develop the school and educate the future generation worthy of it. In this, a great responsibility is placed on the head of the school. the main task is the internal control of the school and its effective management.
- development of the educational process in accordance with the goal of the team, analysis together with the team.
-Constantly thought out plans and work will create conditions for the team's flawless and error-free work system in the future
- is a process that affects not only the head of the school, but also the whole team. In this, all pedagogues learn to be coordinated, planned and disciplined.
While planning and organizing the internal control of the school, school leaders should have clear and deep knowledge and a thorough idea of ​​all the objects and directions of the control. "the condition of some subjects in the curriculum, whether the knowledge of students and teachers meets the requirements of DTS, the system of working with talented and talented students of the pedagogical team, the effective organization of optional and optional additional courses, the teachers' the correct organization of methodical work, educational work, keeping school documents, organizing the educational process in case of extended classes, and other situations should be under control. It is also appropriate to create conditions for teachers to work on themselves, to prepare resources for self-certification in an educational institution in order for teachers to thoroughly prepare for the state certification. teachers' knowledge will be strengthened. In addition to these, the control of the management staff working in the school is also an important issue. Every quarter, it is necessary to take test control from students on mastering subjects, analyze the lessons of science teachers, organize the exchange of lesson types and methods used in the lessons, and conduct spiritual educational events. mutual exchange of opinions among teachers forms relationships with each other. In the period of today's reforms in the field of public education, the organization of a management system based on decisions and concepts of education is the basis for achieving positive results in increasing the effectiveness of education and training.

REFERENCES.


1. SH. Mirziyoyev. Teaching profession should be the most prestigious and prestigious profession in society. 12.29.2020.
2. Educational management. R.Kh. Jorayev, S.T. Turgunov. 2006. 3. Management theory. Kasimova Dilorom Sobirovna.
Jizzakh State Pedagogical Institute. Theory and history of pedagogy, 2nd stage master's degree Hatamova Marifat Yorkin.
Download 11.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling