Mavzu: taqdimotlar ishlab chiqishning instrumental


Download 407 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.12.2022
Hajmi407 Kb.
#999142
Bog'liq
6 laboratoriya ishi




LABORATORIYA ISHI №6. 
MAVZU: TAQDIMOTLAR ISHLAB CHIQISHNING INSTRUMENTAL 
VOSITALARI
Ishning maqsadi. Talabalarga taqdimotlar yaratish dasturi bilan ishlashni o‘rgatish. 
Masalaning qo‘yilishi. MS PowerPointda taqdimotlar tayyorlashni o‘rganish. 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Power Point dasturi MICROSOFT OFFICE firmasining
Windows operatsion sistemasi dasturi asosida yaratilgan bo‘lib, dastur prezentatsiyalar uchun 
qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biri hisoblanadi. Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali 
qurollarni yaratish va ayrim hollarrda ma`lumotlar bazasi sifatida foydalanish imkoniyati mavjud. 
Ushbu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi 
qurilmalarga yuborish vazifalari bajariladi. 
Davlat ta`lim standartlari asosida, yangi pedagogik texnologiya elementlaridan dars 
jarayonida foydalanish, masofali o‘qitishning namunasi sifatida Power Point dasturi yordamida 
turli dars mavzulariga oid ko‘rgazmali dars ishlanmasini tayyorlab namoyish etish mumkin. 
Windows OT ning multimedia imkoniyatidan foydalanib, Power Point dasturidan o‘quv 
jarayonida unumli foydalanilsa yuqori samaralar beradi. 
Dasturning asosiy tushunchalaridan biri slayd va prezentatsiya tushunchalari hisoblanadi.
Slayd-ma`lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Prezentatsiya - 
yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi.
Masalan: Prezentatsiya1 - Power Point dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo‘lib, unda 
yaratilgan va yaratilayotgan prezentatsiyaning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni
xoxlagan tarzda almashtirish imkoniyati mavjud. 
Topshiriqlar 
1. MS PowerPoint dasturini ishga tushirish.
Asosiy menyu orqali [Пуск]

[Программы]

[Microsoft PowerPoint] buyruqlar 
ketma 

ketligi amalga oshiriladi. Agar mavjud bo‘lsa, ish stolidagi dastur yorlig‘iga murojaat 
qilish ham mumkin. Natijada MS PowerPoint dasturi hosil bo‘ladi. 
 
2. PowerPoint dasturida taqdimot yaratish turi va fonini belgilash.
Taqdimot yaratish turini tanlash uchun menyuning Формат bo‘limiga kirib Разметка 
слайда bandi tanlanadi. Bu yerda bir qancha ko‘rinishlar hosil bo‘ladi, ulardan birini tanlab 
olamiz(1-rasm).
1-rasm. 2-rasm. 
Taqdimot yaratish turlari Taqdimot yaratish foni
Taqdimot yaratish fonini hosil qilish uchun ham menyuning Формат bo‘limiga kiramiz 



va Оформление слайда bandi tanlanadi, ulardan birini tanlab olamiz(2-rasm). 
3. Slayd hosil qilish.
Kerakli ko‘rinish tanlangandan so‘ng ma’lumotlar kiritiladi. Ma’lumot bilan birgalikda 
rasm yoki rasmli fayllarni joylashtirishimiz mumkin. Qarshi Davlat Universiteti haqida slayd 
hosil qilamiz(3-rasm). 
3-rasm. 
Qarshi Davlat Universiteti haqidagi slaydning ko‘rinishi 
4. Animatsiya hosil qilish. 
Buning uchun menyuning Показ слайдов bo‘limiga kirib Настройка анимации 
qismini tanlab olamiz. Natijada ekranning o‘ng tomonida Настройка анимации qismi paydo 
bo‘ladi(4a-rasm). Animatsiyaning ko‘rinishlaridan birini tanlab olamiz(4b-rasm).
4a-rasm. 4b-rasm.
Animatsiya hosil qilish jarayonlarining umumiy korinishi 
5. Animatsiyaning turlari. 
Animatsiya hosil qilishda har bir bo‘limlar yoki temalar uchun animatsiyaning turlarini tanlab 
olishimiz lozim. Animatsiya oddiy, o‘rta darajada hamda murakkab darajadagi turlari mavjud(5a, 



5b-rasmlar).

5a-rasm 5b-rasm 


Animatsiya turlarining umumiy ko‘rinishi 
6. PowerPointda slaydlarni ko‘paytirish. 
PowerPointda tayyorlangan slaydlarni ko‘paytirish uchun Вставка→Дублировать слайд 
amallari ketma-ket bajariladi. Natijada PowerPointda bir nechta slaydlar hosil bo‘ladi. 2-slayddan 
boshlab kerakli o‘zgartirishlar amalga oshirishimiz mumkin(6-rasm). 
6-rasm. Slaydlarni ko‘paytirish 
7. PowerPoint dasturidan chiqib ketish. 
PowerPointdan chiqish uchun: 1) «Файл» menyusiga kirib, «Выход»ni tanlash; 2) 
sarlavha satridagi
belgiga murojaat qilish; 3) masalalar panelidagi PowerPointga tegishli 
tugma ustida kontekst menyuni ochib, undagi Закрыть bandi ustida sichqoncha chap tugmasini 
bosish mumkin. 
 
 
 
 
 

Download 407 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling