Mavzu: Texnologik jihozlarning tuzilishi, ishlab chiqarish qobiliyati va texnologik jihozlarga qo’yiladigan asosiy talablar


Download 296.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi296.59 Kb.
#1640453
  1   2   3
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 2 (1)



2 - Amaliy mashg’ulot 
 
Mavzu: Texnologik jihozlarning tuzilishi, ishlab chiqarish qobiliyati va 
texnologik jihozlarga qo’yiladigan asosiy talablar. 
I. Ishdan maqsad:
1. Texnologik jihozlarni tashkil etuvchi qismlar bilan tanishish 
2. Jihozning ishlab chiqarish qobiliyatini hisoblash. 
II. Ishning mazmuni: Amaliy mashg’ulot ishi kafedraning maxsus jihozlangan 
xonalarida yoki ilg’or avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari 
(ATXKS) birida o’tkaziladi. Bunda talabalar texnologik jihozlarning tashkil 
etuvchilari, ishlatilishi, xavfsiz foydalanish qoidalari bilan tanishtiriladi. 
III. Jihozlar: Avtomobil, harxil turdagi texnologik jihozlar.
V. Umumiy ma’lumotlar: Avtotransport sohasida qo’llanib kelayotgan 
texnologik jihozlar tuzilishi bo’yicha, maruza darslarida ko’rib chiqilgan turlaridan 
kelib chiqadigan bo’lsak, oddiydan boshlab juda murakkabgacha mavjud ekan. 
Shu 
nuqtai 
nazardan 
mexanizatsiyalashgan 
texnologik 
jihozlarda 
ishlatiladigan tizimlarni ko’rib chiqamiz. 
Mexanizatsiyalashgan texnologik jihozlar umumiy holda olinganda yuritma, 
uzatuvchi mexanizm, bajaruvchi mexanizm, ishchi organ, boshqarish, rostlash va 
xavfsizlik elementlaridan tashkil topadi. 
Jihozlarda bir - biridan farq qiluvchi mexanik, elektromexanik, 
elektrogidravlik va elektropnevmatik yuritmalar keng ishlatiladi. 
Elektromexanik yuritmada elektr quvvati mexanik quvvatga aylantiriladi va 
ijro mexanizmiga uzatiladi. U elektrodvigatel, uzatish mexanizmi va ishga 
tushirish qurilmasidan iborat bo’ladi. Uzatish mexanizmi quvvatni har xil tezlikda 
uzatishga mo’ljallanadi. Ushbu mexanizmlar ko’rinishi va konstruktsiyasi bo’yicha 
xilma-xildir. Masalan, remenli va tishli uzatish mexanizmlari - reduktorlar, 
motorreduktorlar va variatorlar. 
Elektrogidravlik va elektropnevmatik yuritmalarda elektr quvvati ishchi jism 
(suyuqlik yoki gaz) ning potensial quvvatiga aylantiriladi. Ushbu quvvat aloqa 
trubalari tarmog’i bo’yicha ishchi mexanizmiga uzatiladi va u yerda mexanik 
quvvatga aylantiriladi. Bunday yuritmalar ancha ixcham va ishlatilishi qulay 
hamda bir yuritmadan bir hecha ishchi mashinalarni birdaniga ishlatishda qo’llash 
mumkin. 


Gidravlik yuritmada quvvatni o’zgatirgichi sifatida nasos (shesternyali 
plastinkali, plunjerli), pnevmatikda esa — odatda porshenli kompressor ishlatiladi. 
Texnologik jihozlarni boshqarish oddiy, qisman avtomatlashtirilgan yoki 
avtomatik bo'lishi mumkin. 
Oddiy jihozda faqat asosiy amallar mexanizatsiyalashgan bo’ladi. 
Yordamchi amallarning hammasi hamda ishchi organlarni boshqarish, ishlov 
sifatini nazorat qilish ham qo’lda bajariladi. 
Qisman avtomatlashtirilgan jihozda barcha asosiy vaqt, qisman yordamchi 
amallar hamda ishlov tugagandan keyingi jihozni to’xtashi avtomatik tarzda 
bajariladi. Bunda operatorning qatnashishi o’rnatish, echib olish, nazorat ishlarini 
bajarishda va jihozni qayta ishga tushirishda talab etiladi. Masalan, diagnostika 
qatorlari, stendlari. 
To’liq avtomatlashgan jihoz - jismga ishlov berishni insonning ishtirokisiz 
bajarilishini ta’minlaydi. Operator jihozni ishga tayyorlaydi va uning soz ishlashini 
kuzatadi. Masalan, avtomobillarni yuvish portallari va tunnellari. 
Texnologik jihozlarning tarkibi mashinasozlik mahsuloti bo’lganligi sababli 
yagona konstruktorlik hajjatlari standarti bo’yicha komplekslar, yig’ma birikmalar, 
detallar va komplektlar kabi guruhchalar sifatida rasmiylashtiriladi. 
Kompleks deganda ikki va undan ko’p jihozlarni yig’ma amallar bilan bir-
biri bilan bog’lanmagan, lekin qo’yilgan maqsadga erishish uchun yagona ishlab 
chiqarish jarayoniga birlashtirilgan jihozlar qatoriga aytiladi. Kompleksga miniaqa, 
ustaxona va postlarning jihozlari, texnologik va tashkiliy uskunalari hamda 
asboblari mujassamlangan bo’lishi mumkin. Masalan, shinomontaj bo’limining 
texnik ta’minot kompleksiga maxsus avtomobil ko’targichi, shinomontaj stanogi, 
muvozanatlash stanogi, kamera yamagich (vulkanizator), yuzalarga ishiov berish 
stanogi, verstak, maxsus kalitlar to’plami va boshqalar kiradi. 
Yig’ma birikma bir-biri bilan yig’ish amallar (burab qotirish, kovsharlash, 
payvandlash) yordamida bog’langan ikki va undan ortiq jismlar yig’indisidir. 
Masillan, reduktor, dvigatellar, ishchi kallaklar, mexanizatsiyalashgan asboblar va 
boshqalar. Yig’ma birikmaning asosiy konstruktorlik hujjatlari yig’ma chizma va 
detallar ro’yxatidir. 
Detal deb bir xil nomli va markali materialdan, yig’ish amallarisiz, yoki 
yuzasiga boshqa material qoplash, joyiga kovsharlash, payvandlash va kley bilan 
yopishtirish amallari bilan tayyorlangan eng kichik element tushiniladi. Detalning 
asosiy hujjati - chizma. 
Komplekt bir futlyarga jamlangan, bir necha yordamchi vazifalarni 
bajaruvchi buyumlar majmuasidir. Masalan, jihozning ehtiyot qismlar komplekti, 
kalitlar, ochgichlar yoki boshqa asboblar komplekti. Komplektga yig’ma 
birikmalar ham (manometr, domkrat va b.), detallar ham (ichkarisi kengaytirilgan 
kalitlar, aylantirgich) qo’shilishi mumkin. 
Uzel bajaradigan vazifasi bo’yicha belgilangan yig’ma birikmaning 
birlashgan holda ishlaydigan ajralmas qismidir. Ammo ma’lum vazifani bajara 
olmaydi. 


Agregatlarga texnologik mashinalarning ma’lam vazifani bajaruvchi yig’ma 
birikmalari, masalan, dvigatel, ijrochi mexanizmlar, nasoslar, uzatmalar qutisi
kiradi. 
Texnologik jihozlar konstruktsiyasi bo’yicha agregat-modul tamoyili 
bo’yicha butlanishi mumkin. 

Download 296.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling